Экстракция усули билан ёғ олиш технологияси



Yüklə 379,5 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü379,5 Kb.
#130240
Ekstraksiya

  • O‘simlik moylarini ekstraksiyalash uchun ma’lum talablarga javob beruvchi organik erituvchilardan foydalaniladi. Bu talablar, birinchi navbatda ekstraksiyalash mahsulotlari - moy va shrotni biologik qiymatini saqlab qolgan holda moyni maksimal darajada ajralishini ta’minlashi kerak.
  • Sanoat miqyosida qo‘llaniladigan erituvchilarni quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiqdir:
  • - moyni tez va yaxshi eritishi va ekstraksiyalanayotgan materialdagi boshqa moddalarni eritmasligi kerak;
  • - qaynash harorati past bo‘lgan kimyoviy jihatdan bir xil modda bo‘lishi, kichik issiqlik sig‘imiga ega bo‘lishi va bug‘ hosil qilish issiqligi past bo‘lishi kerak. Bu talab bir tarafdan energoharajatlar tomonidan jarayonni iqtisodiy tejamkorligini belgilasa, ikkinchi tomondan havo harorati tomonidan moy sifatini kafolatlaydi;
  • saqlash va texnologik jarayon davomida kimyoviy tarkibi va xossalarini o‘zgartirmasligi kerak;
  • - moy va shrot tarkibidan to‘liq ajralishi, ularga begona hid va ta’m bermasligi, inson va hayvonlar uchun xavfli bo‘lgan moddalar hosil qilmasligi kerak;
  • - texnologik uskunalarga zararli ta’sir ko‘rsatmasligi kerak;
  • - yong‘in va portlash jihatdan xavfsiz bo‘lishi kerak;
  • - sanoat miqyosida katta hajmlarda qo‘llash uchun arzon va tanqis bo‘lmasligi kerak.
  • Yuqoridagi barcha talablarga javob beruvchi erituvchini eng ideal deb baholash mumkin. Lekin tabiatda barcha talablarga javob beruvchi erituvchi mavjud emas, sanoatda qo‘llanilayotgan ekstragentlar esa talablarning bir qismiga javob beradi xolos.

Ekstraktorlarni sinflarga bo'linishi. Uch turli ekstraktorlar farqlanadi:

  • Ekstraktorlarni sinflarga bo'linishi. Uch turli ekstraktorlar farqlanadi:
  • I. Cho’ktirish usuli bilan ishlaydigan turlari (ND 1000, 1250, 1250M).
  • 2. Ko'p marta purkash usuli bilan ishlovchi ekstraktorlar:
  • a) «MEZ», «De-Smet», «Lurgi»
  • b) chomichli va vasavatli «French» «Janassa», «Okrim»;
  • c) kamerali-rotatsion (aylanuvchi) ekstraktor, «French», «Speyshim» (Fransiya), «Blaunoks» (AQSH), «Rotosell», «Ekstexnik».
  • 3. Aralash usul bilan ishlaydigan ekstraktorlar: «Filtreks» ekstraktor uskunasi.

Yüklə 379,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin