Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi


Qo‘zg‘almas panjarali elaklar



Yüklə 48,01 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü48,01 Kb.
#195448
1   2   3   4   5
1es met

Qo‘zg‘almas panjarali elaklar

Qo‘zg‘almas panjarali elaklar alohida orasi ochiq panjaralardan tashkil topib, gorizontga nisbatan 40-450 burchak ostida rudani elash uchun, 30-350 burchak ostida ko‘mirni elash uchun o‘rnatiladi. Mahsulot panjaraning yuqori qismiga berilib o‘z oqimi bilan harakatlanadi, bunda mayda mahsulot panjara orasidan o‘tib, yirik mahsulot esa panjara ustidan ajratiladi. Bunday elaklar yirik mahsulotni elash uchun ishlatiladi. Ikkita panjara orasidagi masofa 50 mm va undan ortiq bo‘lishi kerak.


Elakning kengligi dastlabki mahsulotdagi eng katta bo‘lak o‘lchamidan kamida 2-3 marta katta, uzunligi esa kengligidan 2 marta katta bo‘lishi kerak. Elovchi panjaralarning panjaralari turli xil ko‘rinishga (profil) ega bo‘lishi mumkin: trapetsiadal, dumaloq, kvadrat, "T" xarfi (tavroviy) ko‘rinishida va h.k. Panjara sifatida oddiy temir yo‘l relslari ham ishlatilishi mumkin. Panjaralar birbiridan ma’lum masofada parallel holda joylashtiriladi va bir-biri bilan boltlar orqali mahkamlanadi.
Elovchi panjaralarda elash samaradorligi 60-70% ni tashkil qiladi.
Elovchi panjaralarning ishlab chiqarish quvvati elakning o‘lchamiga, mahsulotning xossasiga va panjaralar orasidagi masofaga bog‘liq.
Elovchi panjaraning ishlab chiqarish quvvati quyidagi empirik formula bilan hisoblanadi:
Q = 2,4 Fa
bu erda: F - panjaraning yuzasi, m2
a - panjaralar orasidagi masofa, mm.

3-rasm. Qo‘zg‘almas panjarali elaklar.


1-panjara; 2-siquvchi boltlar; 3-tirgak trubkalar.
Boyitish fabrikalarida elovchi panjaralar asosan yirik va o‘rta maydalash maydalagichlaridan oldin o‘rnatiladi.
Elovchi panjaralarning afzalligi: sodda tuzilishga egaligi va xizmat ko‘rsatishning qulayligi; elektroenergiya sarflanmasligi, korxonada uni xilma-xil materiallardan (eski rels, balka) tayyorlash mumkinligi, ularga mahsulotni avtomashina, temir yo‘l vagonlari va h.k. dan bevosita tushirib olish mumkinligi.
Biroq elovchi panjaralar o‘rnatish uchun binoning baland bo‘lishi talab qilinadi va ularda elash samaradorligi past.

Yüklə 48,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin