Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi


Elash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 48,01 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü48,01 Kb.
#195448
1   2   3   4   5
1es met

Elash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

Elash samaradorligi har xil kattalikdagi dastlabki zarrachalar aralashmasini elovchi yuzada qay darajada ajralishini xarakterlovchi kattalikdir. Umumiy holda, elash samaradorligi ma’lum sinfning elak osti mahsulotidagi miqdorini shu sinfning dastlabki mahsulotdagi miqdoriga nisbatini ko‘rsatadi.



Elak osti mahsuloti deb, dastlabki mahsulotdagi elovchi yuza teshiklaridan kichik o‘lchamli mahsulotga aytiladi. Agar dastlabki mahsulotdagi elak osti mahsulotining umumiy miqdori (QЭ.О ) shu mahsulot uchun granulometrik tarkib egri chizig‘idan) va uning og‘irligi (QD) ma’lum bo‘lsa, elash samaradorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:

bu erda α – dastlabki mahsulotdagi mayda sinfning miqdori.
Real sharoitda uzluksiz ishlaydigan boyitish fabrikalaridagi elak osti mahsulotining og‘irligini (massasini) aniqlash qiyin, shuning uchun elash samaradorligi elak usti mahsuloti tarkibidagi elak osti mahsulotining miqdori, ya’ni elak osti mahsulotining dastlabki va elak usti mahsuloti Q ning miqdori bilan hisoblanadi. Bu holda elash samaradorligini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

Shunday qilib, elashga tushayotgan mahsulot tarkibidagi ostki (quyi) sinf miqdorini bilgan holda, shu sinfning elak usti mahsulotidagi miqdorini aniqlab, elash samaradorligini hisoblab topish mumkin.
Elash samaradorligi elak ishining mexanik, texnologik parametrlariga va
elanayotgan mahsulot xossasiga, elakning ish tartibiga, elash vaqtiga, elovchi yuzaning ko‘rinishi va holatiga,elakning ishlab chiqarish quvvatiga, mahsulotning namligiga va h.k. larga bog‘liq.
Elaklarning turlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari

Elaklar geometrik shakli, elovchi yuzaning hususiyati,uning gorizontal tekislikka nisbatan joylashishi bilan bir-biridan farq qiladi.Elovchi yuzaning shakliga qarab yassi, silindrik (barabanli) yoki yoysimon shakldagi elaklar mavjud. Elovchi yuzaning joylashishiga qarab gorizontal va qiya, ba’zi hollarda vertikal elaklarga bo‘linadi.


Mahsulotning elovchi yuza bo‘ylab harakatlanishi xususiyatiga qarab qo‘zg‘almas (ba’zi hollarda elovchi yuza ba’zi elementlarining harakatlanishi), aylanma harakatli qo‘zg‘aluvchi va to‘g‘ri chiziqli harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi elaklarga bo‘linadi.
Foydali qazilmalarni elashda ishlatiladigan elaklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: qo‘zg‘almas panjaralar, valokli aylanuvchi barabanli, yassi tebranuvchi; yarim vibratsion; vibratsion aylanma vibratsiyali; vibratsion to‘g‘ri chiziqli vibratsiyali; yoysimon va h.k.
Hamma elaklar engil, o‘rta va og‘ir turdagi elaklarga bo‘linadi.
Ular sochma zichligi 1,16 va 2,7 t/m3 bo‘lgan mahsulotni elash uchun ishlatiladi. Elaklar xarflar va sonlar bilan belgilanadi. G-groxot; I-inersion; Ssamobalansniy; R-rezonansniy; L-legkogo tipa; xarflardan keyingi birinchi son elakning enini ko‘rsatadi: 1-750 mm; 2-1000 mm; 3-1250mm; 4-1500 mm; 5-1750 mm; 6-2000 mm; 7-2500 mm; 8-3000 mm; 9-3500 mm; 10-1000 mm; undan keyingi son -elak to‘rlarining soni.
GIT41- groxot inersionniy tyajelogo tipa, shirina groxota 1500 mm 1odnositniy. GIL -32-groxot inersionniy legkogo tipa, shirina groxota-1250 mm, dvuxsitniy.

Yüklə 48,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin