3-mavzu: mexanik ishlov berilgan yuza sifati



Yüklə 173,68 Kb.
səhifə1/9
tarix26.10.2023
ölçüsü173,68 Kb.
#161670
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-4 MARUZA PSMT

3-MAVZU: MEXANIK ISHLOV BERILGAN YUZA SIFATI

REJA:


        1. Yuza g’adir-budurligini me’yorlash va belgilash tizimi

Standartga binoan yuzaning g’adir-budurligiyuzaning, masalan, asos uzunlik 𝑙 yordamida ajratib ko’rsatilgan nisbatan kichik qadamli notekisliklarning majmui.
Asos uzunlik 𝑙 – yuzaning g’adir-budurligini tasniflovchi notekisliklarni ajratish uchun foydalaniladigan asos chiziq uzunligi.
Asos chiziq (yuza) – berilgan geometrik shaklning chizig’i (yuzasi) bo’lib, profil (yuza)ga nisbatan ma’lum tartibda o’tkaziladi va yuzaning geometrik ko’rsatkichlarini baholash uchun xizmat qiladi.
G’adir-budurlik detal yuzaki qatlamlarining qirindisi hosil bo’lish natijasida paydo bo’lgan plastik deformatsiyasi, kesuvchi qirralarning notekisliklari detal yuzasida aks etishi, ishqalanishi, yuzadan materlal parchalari yulib olinishi va boshqa sabablar tufayli paydo bo’ladi, g’adir-budurlikning sonli qiymatlari yagona asos deb qabul qilingan profilning o’rta chizig’idan o’lchanadi.
Profilning o’rta chizig’i – nominal profil shakliga ega bo’lgan asos chiziq, u shunday o’tkazilganki, asos uzunlik chegarasida profilning shu chiziqdan o’rtacha kvadratiga eng kam bo’ladi. G’adir-budurlikni profilning o’rta chizig’idan boshlab sanashni o’rta chiziq sanoq tizimi deb atashadi, bunda o’rta chiziq m harfi bilan belgilanadi. Agar g’adir-budurlikni o’lchash uchun yuzaning 𝑙 uzunligiga teng bo’lgan qismi tanlangan bo’lsa, qadami 𝑙 dan ortiq bo’lgan notekisliklar (masalan, to’lqinsimonlik) hisobga olinmaydi. Pribor ko’rsatkichlari yoyilishini va notekisliklar tuzilishi bir xil bo’lmasligini hisobga olib, g’adir-budurlikni ishonchli baholash uchun o’lchashni yuzaning har xil joylarida bir necha marta qaytarish, o’lchash natijasi sifatida bir nechta baholash uzunliklarida o’lchangan g’adir-budurliklarning o’rtacha arifmetik qiymatini qabul qilish lozim.

Yüklə 173,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin