3-mavzu: mexanik ishlov berilgan yuza sifati


Yuza qatlamini fizik-mexanik xossalari



Yüklə 173,68 Kb.
səhifə5/9
tarix26.10.2023
ölçüsü173,68 Kb.
#161670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-4 MARUZA PSMT

3.3. Yuza qatlamini fizik-mexanik xossalari


Mashina detallari yuza qatlamini fizik-mexanik xossalari ishlov berish jarayonida kuch va issiqlik omillarini yig’ma ta’siri natijasida o’zgaradi. Tig’li asboblar bilan ishlov berishda nisbatan kuch omillari ko’proq ta’sir ko’rsatadi, buning natijasida metall tuzilishi buziladi, kristallar buriladi va siljiydi hamda yuza qatlamida mikroqattiqlikni o’sishi va qovushqoqlikni pasayishini ifodalovchi naklyop hosil bo’ladi.
Naklyoplash chuqurligi va qoldiq kuchlanish ishlov berilayotgan materlal sifati va mexanik ishlov berish sharoitlariga bog’liq bo’ladi, ularga shuningdek metall yuza qatlamlarini mahalliy qizishi katta ta’sir ko’rsatadi.
Yuza qatlamda ishlov berish tartiblariga bog’liq bo’lgan musbat yoki manfiy qoldiq kuchlanishlar paydo bo’ladi. Tayyorlamalarga mexanik ishlov berishda yuza qatlamda qoldiq kuchlanishlarni paydo bo’lishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
-ishlov berilayotgan materlal yuzasiga kesuvchi asbobni ta’siri natijasida, uni yuza qatlamida plastik deformatsiya boradi va u metalni ba’zi bir fizik xossallarini o’zgarishiga va metallni mustahkamlanishiga olib keladi.
Plastik deformatsiyalangan metallni yuza qatlamida zichligini kamayishi tufayli xajmini oshishiga, u bilan bog’liq bo’lgan va deformatsiyalashmagan quyi qatlamlari to’sqinlik qiladi, buning natijasida tashqi qatlamda siquvchi, quyi qatlamlarda esa – cho’ziluvchi qoldiq kuchlanishlar hosil bo’ladi;
-kesish joyida hosil bo’layotgan issiqlik metallni ingichka yuza qatlamlarini bir zumda yuqori temperaturalargacha qizitadi va natijada uni nisbiy hajmi ortadi.
Kesuvchi asbobni ta’siri to’xtatilgandan so’ng, metall yuza qatlami tezda soviydi va u yuzani siqilishiga olib keladi, bunga sovuq holda qolgan quyi qatlamlar to’sqinlik qiladi. Buning natijasida metallni yuza qatlamlarida cho’ziluvchan qoldiq kuchlanishlar, a quyi qatlamlarda esa – ularni muvozanatlovchi siqiluvchan kuchlanishlari rivojlanadi [7].
Kesish tartiblarini va ishlov berish sharoitlarini o’zgarishi metallni qizish xaroratlarini ortishiga, issiqlik omillarini oshishiga va cho’zilish – siqilish qoldiq kuchlanishlarini o’sishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, asbobni yeyilishi va o’tmaslashib qolishi uni orqa yuzasini ishlov berilgan yuzaga ishqalanishini oshiradi, bu esa nisbatan katta chuqurlikka tarqaluvchi cho’ziluvchan qoldiq kuchlanishlarni shakllanishiga olib keladi.
Qoldiq kuchlanishlarini shakllanishi uchun metallarni kimyoviy tarkibi, uni mustahkamligi, issiq o’tkazuvchanligi va boshqa fizika va mexanik xossalari katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 173,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin