3-mavzu: mexanik ishlov berilgan yuza sifati



Yüklə 173,68 Kb.
səhifə2/9
tarix26.10.2023
ölçüsü173,68 Kb.
#161670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-4 MARUZA PSMT

Baholash uzunligi L– g’adir-budurlik ko’rsatkichlarining qiymatlari baholanadigan uzunlik. Uning tarkibida bir yoki bir nechta asos uzunlik 𝑙 bo’lishi
mumkin. Asos uzunlik 𝑙 ning qiymatlari quyidagi qatordan tanlanadi 0,01; 0,03; 0,08; 0,25; 0,80; 2,5; 8; 25 mm.
O’zbekiston Respublikasi Standartiga (O’zRST 646-95) binoan buyumlarning qanday ashyodan va usulda tayyorlanganligidan qat’i nazar ular yuzasining g’adir- budurligini miqdoriy ravishda bitta yoki bir nechta ko’rsatkichlar orqali baholash mumkin:
-profilning o’rtacha arifmetigi -Ra;
-profil notekisliklarining o’nta nuqtasi bo’yicha aniqlangan balandiigi -Rz;

-profil notekisliklarining o’rtacha qadami -Sm;
-profil mahalliy chiqiqlarining o’rtacha qadami S, profilning nisbiy tayanch uzunligi lp (3.1 rasm).
Ra ko’rsatkichi afzal hisoblanadi.
Standart tuk bilan qoplangan va shunga o’xshash yuzalar uchun qo’llanilmaydi. Standartga, shuningdek, materlallardagi nuqsonlar (g’ovaklar, kavaklar, darzlar) yoki tasodifiy paydo bo’lgan shikastlar (tirnalgan, ezilgan va shunga o’xshash joylar) uchun ham amal qilinmaydi.
Ra ko’rsatkichi hamma profil notekisliklarining balandiigini, Rz ko’rsatkichi eng baland profil notekisliklarining o’rtacha balandiigini, Rmax ko’rsatkichi profilning eng katta balandiigini ta’riflaydi. Sm, S va tp qadam ko’rsatkichlari notekisliklar ajralib turadigan nuqtalarning shakli va joylashishini hisobga olish uchun kiritilgan, bu ko’rsatkichlar profilning spektral tasnifini ta’riflaydi va ularni me’yorlash imkonini beradi.

3.1-rasm.Yuzaning profilogrammasi va g’adir-budurlikning asosiy


ko’rsatkichlari.

Notekisliklar balandiiklari bilan bog’liq g’adir-budurliklarning ko’rsatkichlari.


Profilning o’rtacha arifmetik og’ishi Ra – asos uzunlik( 𝑙 ) chegarasida profil og’ishlari mutlaq o’lchamlarining o’rtacha arifmetik qiymati, ya’ni:



Ra = 1

Yüklə 173,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin