3-mavzu: mexanik ishlov berilgan yuza sifati



Yüklə 173,68 Kb.
səhifə3/9
tarix26.10.2023
ölçüsü173,68 Kb.
#161670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-4 MARUZA PSMT

𝑙


y( x ) d x
yoki



1 n

Ra =
yi ,

n
i 1

bu yerda; 𝑙 – asos uzunlik; n – asos uzunlik chegarasida tanlangan profil nuqtalarining soni; yi – profilning tanlangan nuqtasi bilan o’rta chiziq orasidagi masofaning mutloq qiymati.
Profil notekisliklarining o’nta nuqtasi bo’yicha aniqlangan balandiigi Rz – asos uzunlik( 𝑙 ) chegarasida profilning eng katta beshta cho’qqi balandiigi va beshta chuqurchasi chuqurligi o’rtacha mutloq qiymatlarining yig’indisi,

R = 1 5

5

z 5 ypi y

vi


i 1 i 1
bu yerda; ypi -profilning eng katta i cho’qqining balandiigi; yvi - profilning eng katta i chuqurchasining chuqurligi.

3.2 G’adir-budurlik ko’rsatkichlari va uning sonli qiymatlarini tanlash. Detallar yuzalarining g’adir-budurligiga bo’lgan talablar buyumning sifatini ta’minlash uchun yuza vazifasiga qarab joriy qilinishi lozim. Agar bunga zaruriyat bo’lmasa, yuzaning g’adir-budurligi nazorat qilinmaydi. Ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlar majmui har xil vazifali yuzalar uchun asoslangan g’adir-budurliklarini
belgilash imkonini tug’diradi.
Masalan, ma’suliyatli detallarning ishqalanuvchi yuzalari uchun Ra (yoki Rz), Rmax va tp ning joiz qiymatlari hamda notekisliklarning yo’nalishi, davriy yuklangan ma’suliyatli detallarning yuzalari uchun Rmax, Sm, S va boshqalar tayinlanadi. Ra yoki Rz ko’rsatkichlarini tanlashda shuni ko’zda tutish kerakki, Ra ko’rsatkichi g’adir- budurlikni to’laroq baholaydi, chunki uni aniqlash uchun haqiqiy profilning ko’p nuqtalaridan uning o’rta chizig’igacha bo’lgan masofalar o’lchanadi va jamlanadi. Rz ko’rsatkichini aniqlash uchun esa notekisliklarning faqat beshta chiqiq va chuqurcha orasidagi masofa o’lchanadi xolos [7].
Ra ko’rsatkichi bo’yicha detalning foydalanish ko’rsatkichlariga notekisliklar shaklining ta’siri bo’lmaydi, chunki notekisliklar shakli har xil bo’lsada Ra ning qiymati bir xil bo’lishi mumkin. Masalan, 3.2- rasmda ko’rsatilgan notekisliklar har xil shaklga ega, lekin Ra ning qiymatlari bir xil. G’adir-budurlik xususiyatlarini yaxshiroq baholash uchun uning balandiik, qadam hamda shakl ko’rsatkichi tp ni bilish lozim.
Tarangli o’tqizmalarning yeyilishga chidamliligi, kontakt bikrligi, mustahkamligi va biriktirilgan detallar yuzalarining boshqa foydalanish xususiyatlari kontaktning haqiqiy maydoniga bog’liq. Ishchi yuklanish ostida hosil bo’ladigan tayanch maydonini aniqlash uchun profil nisbiy tayanch uzunligi tp ning egri chiziqlari ko’rinadi. Buning uchun chiqiqlar va chuqurchalar chiziqlari orasidagi masofa t ning tegishili qiymatlari bo’yicha bir nechta profil kesimining satxlariga bo’linadi, har bir kesim uchun tp qiymati aniqlanadi va tayanch uzunligi o’zgarishining egri chizig’i ko’riladi tp qiymatini tanlashda shuni ko’zda tutish kerakki, uning kattalashishi bilan ishlov berish borgan sari ko’proq mehnat talab
qiladigan jarayonlar qo’llanadi; masalan, tp = 25 % bo’lsa tokar dastgohida toza ishlov berish, tp=40% bo’lsa xonlash (inglizcha honing – charxlash, ya’ni abraziv chorqirra doiralar bilan ishlov berish, doiralar ham aylanadi ham oldi-orqaga harakat qiladi) zarur.
Ma’suliyatsiz yuzalar uchun g’adir-budurlik texnikaviy estetika, korrozion chidamlik va ishlash texnologiyasiga qarab belgilanadi. Yuza g’adir-budurligiga bo’lgan talablar ko’rsatkichining (bitta yoki bir nechtasini) sonli qiymati (eng katta, eng kichik, va nominal qiymatlar oralig’i) hamda me’yorlanishi lozim bo’lgan asos uzunligini ko’rsatish bilan joriy qilinadi. Umumiy holda 𝑙 ning qiymati Ra, Rz, va Rmax ko’rsatkichlarining joiz qiymatlari bo’yicha 3.1 jadvalga binoan tanlanadi.

Yüklə 173,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin