shart. Ushbu talablarga rioya qilinmagan boisa, kassir hujjatlami belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradL, Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlarini qayd etish daftari”da va “Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov vedomostlari, pul berish to‘g‘risidagi arizalar, to‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi boMishi lozim. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteming yoki ular vakolat bergan shaxslaming imzosi bo‘lishi kerak. Kassa inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o‘tkazilib, unda haqiqatda bo‘lgan pul mablag‘lari sanaladi. Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar naqd pul qoldig‘iga kiritilmaydi. Hisoblab chiqish albatta kassir hozirligida amalga oshiriladi. Kassiming kassada mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklarning borligi to‘g‘risida bayonotlari e’tiborga olinmaydi. Inventarizatsiyalash paytida nafaqat seyfdagi, balki umuman butun kassa xonasidagi qimmatliklaming hisobi yuritilishi sababli ushbu joyda o‘zining shaxsiy pullarini saqlashga ruxsat etilmaydi. Kassa daftaridagi yozuvlarning hujjatlar bilan asoslanganligi ham tekshiriladi. Ular to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kirim va chiqim kassa orderlari bilan tasdiqlanishi kerak. Kassa daftarini elektron (dasturiy) uslubda yuritiladigan tashkilotlarda hujjatlarga ishlov berish tizimining to‘g‘ri yuritilishi tekshiriladi. Kassa inventarizatsiyasini o‘tkazish muddatlari kompaniyaning •25