Elektr energetikasi


Transformatorlarda quvvat va energiya isroflarini hisoblash



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə18/31
tarix20.06.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#133255
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Elektr energetikasi

Transformatorlarda quvvat va energiya isroflarini hisoblash
Transformatorlarda isroflar umumiy holatda liniyalardagidan farqla o’laroq ikkita tashkil etuvchidan – chulg’amlardagi va o’zakdagi isroflar yig’indisidan iborat bo’ladi. Transformatorning chug’ami asosan misdan, o’zagi esa po’latdan yasalganligi sababli isrofning bu tashkil etuvchilari mos ravishda transformatorning misida va po’latida isrof bo’luvchi quvvatlar deb ham yuritiladi.

Liniya uchun yuqoridagilardan kelib chiqib, ∆ti vaqt davomida yuklama o’zgarmas bo’lgan holatda transformatordagi quvvat va energiya isroflari qo’yidagicha hisoblanadi:


(14)
(15)

Bu yerda ∆Pê , ∆PS - mos ravishda transformatorning misi va po’latida isrof bo’luvchi quvvatlar; S2i - transformatorning ikkilamchi tomonida yuklama grafigining i - pag’onasiga mos keluvchi yuklama; Snom - transformatorning nominal quvvati.


ta transformator parallel ishlaganda N ta pag’onali yuklama grafigining i -pag’onasida isrof bo’luvchi quvvat va yillik energiya isrofi mos ravishda qo’yidagi formulalar bo’yicha topiladi:




(16)
(17)

Yillik yuklama grafigi N ta pag’onadan iborat bo’lganda yil davomida transformatorda isrof bo’luvchi energiya qo’yidagi formula bo’yicha hisoblanadi:


(18)

Transformator chulg’amlarining umumiy qashiligi RT dan foydalanilganda (18) formula qo’yidagi ko’rinishga ega bo’ladi:


(18a)

Ushbu formulardan transformatorning o’zagida isrof bo’luvchi quvvatning yuklamaga bog’liq emasligini ko’ramiz. Bu tasdiq 220 kVdan oshmagan nominal kuchlanishdagi tarmoqlardagi transformatorlarning normal ish sharitlari uchun o’rinlidir. Shuningdek, taqsimlovchi elektr tarmoqlarini hisoblashda transformatorlardagi isrofning bu tashkil etuvchisi juda kichikligi sababli, odatda, hisobga olinmaydi. Bunday holatda (18)-(18a) formulalardagi ikkinchi tashkil etuvchilar nulga aylanib, transformatorlardagi isroflar liniyalardagi isroflar bilan bir xil tartibda hisoblanadi.





Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin