Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
709
6-10 KV LI HAVO ELEKTR UZATISH LINIYALARDA QUVVAT VA
ENERGIYA ISROFLARINI HISOBLASH
Abdishukurov Jo’rabek Absamat o’g’li
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti magistranti
Annotatsiya: Elektr energiyani stansiyalardan iste‘molchilarga uzatish jarayonida
o’tkazgichlarni qizishi, elektromagnit maydonning hosil bo’lishi va boshqa effektlarga
quvvat va energiyaning bir qismi isrof bo’ladi. Bunday isroflar havo va kabel liniyalarida,
kuchaytiruvchi
va
pasaytiruvchi
podstansiyalarning
transformator
va
avtotransformatorlarida yuz beradi.
Kalit so’zlar: uch fazali,yuklama grafigi, isrof,almashtirish sxemasi.
Uch fazali elektr tarmoqning R qarshilikka ega bo’lgan uchastkasida aktiv quvvat
isrofi quyidagicha aniqlanadi:
(1)
Bu yerda I- yuklama toki.
Bu tokning qiymati qo’yidagi to’la quvvatning uzatilishi bilan belgilanadi:
√
(2)
Bu yerda I- yuklama toki. Bu tokning qiymati qo’yidagi to’la quvvatning uzatilishi
bilan belgilanadi:
(
√
)
(3)
Bu yerda U- liniya kuchlanishi.
(3) formulaga muvofiq liniyadagi reaktiv quvvat isrofining formulasini yozish
mumkin:
(4)
Elektr tarmoqning har qanday elementida, jumladan
liniyada aktiv elektr
energiya isrofi yuklamaning xarakteri va ko’rilayotgan vaqt jarayonida uning
o’zgarishiga bog’liq. O’zgarmas yuklama bilan ishlab,
P
aktiv quvvat isrofiga ega
bo’lgan liniyada t vaqt davomida isrof bo’luvchi energiya quyidagicha aniqlanadi:
(5)
Agar yuklama yil davomida o’zgarib tursa, u holda liniyadagi elektr energiya
isrofini bir nechta usullar yordamida hisoblash mumkin. Mavjud barcha usullarni
foydalaniluvchi matematik modelga bog’liq ravishda ikkita katta gruppaga bo’lish
mumkin. Bular – aniq va ehtimoliy-statistik usullardir.
Elektr energiya isrofini hisoblashning eng aniq usuli –bu shoxobchalarning
yuklama grafiklari bo’yicha aniqlashdir. Bunda hisoblash yuklama grafigining har bir
darajasi uchun quvvat isroflarini aniqlash va ularning yig’indisini topishni ko’zda
tutadi. Bu usul ba‘zan grafik interpolyasiyalash usuli deb yuritiladi.
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
710
Yuklama grafiklari sutkalik va yillik yuklama grafiklariga bo’linadi.
Sutkalik
grafiklar yuklama quvvatlarini sutka davomida yillik grafiklar esa yil davomida
o’zgarishini ifodalaydi. Yillik grafik bahorgi-yozgi va kuzgi-qishki davrlar uchun
xarakterli sutkalik grafiklar asosida quriladi. Yillik energiya
isrofini hisoblashda
davomiylik bo’yicha yuklama grafiklaridan foydalaniladi. Bunday grafikni hosil qilish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Grafikning boshlang’ich ordinatasi maksimal
yuklamaga teng qilib qabul qilinadi. Sutkalik grafiklar bo’yicha
turli tipdagi sutkalar
sonini hisobga olib (shanba, yakshanba, dushanba, ish kuni) yuklama quvvatining har
bir qiymati uchun yil davomidagi soatlar soni aniqlanadi. Avvalo, maksimal yuklama
o’rinli bo’lgan vaqt, so’ngra yuklama quvvatining boshqa qiymatlari uchun (kamayib
borish tartibida) vaqt oraliqlari aniqlanadi.
Yillik yuklama grafigi bo’yicha yillik energiya isrofini aniqlash mumkin. Buning
uchun har bir holat uchun quvvat va energiya isroflari aniqlanadi. So’ngra, bu isroflar
qo’shish orqali yillik elektr energiya isrofi aniqlanadi.
Misol tariqasida uch pag’onali yuklama grafigini (3,b- rasm) olamiz. Yuklama P
1
bo’lgan holat uchun 3,a- rasmdagi liniyada quvvat isrofi quyidagicha hisoblanadi:
(6)
Elektr energiya isrofini ushbu holat uchun quvvat
isrofini shu holatning
davomiylik vaqtiga ko’paytirish orqali topamiz:
(7)
Qolgan holatlar uchun ham elektr energiya isrofi shu tartibda topiladi. Yuklama
P
2
bo’lgan holat uchun:
(8)
(9)
Yuklama P
3
bo’lgan holat uchun:
(10)
(11)
Yuqoridagilardan kelib chiqib, N ta pag’onaga ega bo’lgan ko’p pag’onali yuklama
grafigining i -pag’onasi uchun quvvat va yil davomidagi energiya isroflari quyidagi
formulalar bo’yicha aniqlanadi:
(12)
∑
(13)
Bu yerda
t -yuklama grafigining i -pag’onasi davomiyligi.
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
711
3-rasm. Elektr energiya isrofini yuklama grafigi va maksimal isroflar vaqti
bo’yicha topish: a – liniyaning almashtirish sxemasi; b – uch pag’onali yuklama grafigi;
v – uch pag’onali S
2
grafigi
Xulosa qilib aytganda isroflarni yuklama grafigi bo‘yicha
aniqlash usulining
afzalligi – katta aniqlikdadir. Ammo barcha uchastkalarning yuklamalari haqida
ma‘lumotning etarli emasligi ushbu usulning qo’llanilishini cheklaydi.