Elektr energetikasi



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə21/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

AMALIY ISH №1

Mavzu: Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish.

Ishning maqsadi: Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish. Transformatorlarni asosiy va qushimcha qismlari bilan tanishish.
E lektromagnit induktsiyasi hodisasi transformatorlar nazariyasining asosini tashkil qiladi. Faradey buni quyidagicha ta’riflagan. «Vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lgan magnit maydon kuch chiziqlarini biror tezlik bilan kesib o’tayotgan o’tkazgichda hosil bo’lgan EYuK ning qiymati magnit induktsiya V ga, o’tkazgich uzunligi l ga va uning harakat tezligi v ga to’g’ri proportsional bo’ladi, ya’ni Ye Vlv». Va buning aksi - elektromagnit induktsiyasi qo’zg’olmas o’tkazgich va harakatdagi magnit maydoni (o’zgaruvchan magnit maydoni) bo’lganda ham sodir bo’lishi mumkin. Bu hodisani Maksvell ta’riflagan - «Magnit oqimi bilan ilashgan berk o’tkazgichdagi EYuK ning qiymati magnit oqimi o’zgarish tezligining kattaligiga teng, ya’ni ye  – dFdt».
1-rasmda oddiy bir fazali ikki chulg’amli kuchlanishni pasaytiruvchi transformator magnit o’tkazgich va uning o’zaklariga joylashtirilgan o’ramlar soni w1 bo’lgan YuK (birlamchi) va o’ramlar soni w2 bo’lgan PK chulg’amlarni tasvirlash oson bo’lishi uchun ular har xil o’zakda joylashtirilgan holda ko’rsa-tilgan. Real transformatorlarda magnit bog’lanishni yaxshi ta’minlash uchun PK va YuK chulg’amlar bitta o’zakda joylashtiriladi.
Ikkilamchi chulg’ami yuklamadan uzilgan transformator birlamchi chulg’ami o’zgaruvchan tok manbaiga ulansa, birlamchi chulg’amdan yuksiz ishlash toki I1  I0 oqib o’tadi. Uning reaktiv tashkil etuvchisi I0.r  I0 shu chulg’amda magnit yurituvchi kuch (MYuK) I0.rw1 ni vujudga keltirib, u esa o’z navbatida, asosiy (F) va tarqoq (Fσ1) magnit oqimni hosil qiladi (Fσ1 to’la magnit oqimning taxminan 0,1  0,25 foizini tashkil qiladi).



Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin