Mustaqil yechish uchun masalalar
1. Masala
Qaysi biri tejamli: 1 litr suvni kamforkada kastryulkada qaynatishmi yoki elektr choynakda?
2. Masala
Cho`g`lanma lampalarni lyuminitsentlarga almashtirilganda bir qancha elektr energiya tejaladi. Kuniga 9 soat ishlaganda 1 yillik tejamini hisoblang. Lampalar soni 8 ta. Qancha vaqtdan keyin lyuminitsent lampalar o`zini oqlaydi?
AMALIY MASHG’ULOT № 6.
SANOAT KORXONALARINING ENERGETIK BALANSI KURSATKICHLARINI HISOBLASH.
Ishning maqsadi: Sifatsiz energiyaning salbiy tomonlarini hamda elektr ta’minoti tizimini uzilishidan iste’molchilar ko’radigan zararni o`rganish.
Sanoat korxonalari yoki alohida sexlar uzluksiz elektro energiya bilan ta`minlanmasa zarar kelib chiqadi. Bunday holatlardan qochish maqsadida zaxiralangan elektr energiya ta`minotidan foydalaniladi, lekin bu doim ham yordam bermaydi, chunki avariyalar elektr ta`minoti tizimlarida sodir bo`lishi mumkin. Biz elektr energiya ta`minoti buzilganda ro`y beradigan asosiy zarar turlarini ko`rib chiqamiz, shuningdek, zahiralangan ta`minotda iste`molchilarga ta`sir qiladigan zararlar qiymatini ham ko`rib chiqamiz.
Ta`minot buzilishining ehtimoliy sabablari.
Bunday sabablar bir nechta bo`lishi mumkin:
Energo sistemada yoki korxonaning elektr ta`minoti tizimidagi avariya yoki shikastlar. Avariya rejimidan so`ng elektro energiya ta`minoti butunlay yoki qisman yo`qolishi bilan kuzatiladi. Elektr energiya ta`minoti tizimlari shunday bo`lishi kerakki, asosiy ishlab chiqarish ishlari birinchi navbatda ta`minlanishi kerak.
Elektr ta`minotida uzulishlar (Qisman yoki butunlay) sutkaning ixtiyoriy vaqtida, ixtiyoriy davomiylikda energosistemada quvvat tanqisligi sababli kelib chiqishi mumkin. Qoida bo`yicha, ko`p hollarda bunday ko`rinishdagi uzilishlar ishlab chiqarish dasturida oldindan hisobga olinadi va ko`rib chiqiladi. Javobgarligi kam bolgan iste`molchilarning elektr ta`minotining tizimi uchun rejali o`chirishdan boshqa hech qanday qo`shimcha choralar ko`rinmaydi (odatda 3- toifa). Elektr ta`minoti uzulishlaridan kelib chiqadigan zararlar elektr ta`minotining ishonchlilik darajasini tanlashda asosiy negizidir. ehtimoliy zararni U hisobga oluvchi yillik sarflar Z ning minimum bo`yicha aniqlanadi. U bir yil ichidagi elektr ta`minotining buzilishlariga bog`liq va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Z= Rn*K+I+ Zk+U
Bu yerda , Zk- reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishdagi sarflar, I – qurilma ekspluatatsiyasi sarflari, Rn- 0.12 ga teng bo`lgan normalovchi koeffisent;
K- birlik vaqtdagi capital jamlanma.
Elektr ta`minotining ishonchlilik darajasini oshirish
Elektr ta`minotining ishonchlilik darajasini oshirish uchun mustahkamlik zahirasi katta bo`lgan qimmat qurilmalar o`rnatiladi. Bunday variant capital xarajatlar K ning qimmatlashishiga olib keladi, lekin kutilayotgan zararni kamaytiradi. Keltirilgan summa sarflar Z ga ta`sir qilishi hisobga olish uchun K va U tahlili o`tkaziladi.
Agar zararni oldini olish tejami U , qimmatroq bo`lgan uskunaga qilingan xarajatlar K dan katta bo`lsa agar, u holda yuqori mustahkamlik zaxirasiga ega bo`lgan uskuna o`rnatiladi. Ta`minot uzilishlaridan kelib chiqgan zararni tahlil qilinsa, iste`molchi ta`minoti bo`lmagan vaqtidagi te dan amaliy jihatdan iste`molchinng ishdan to`xtab qolgan vaqti tn katta bo`lishiga e`tabor qaratish kerak. Bu ishlochi mexanizmni normal ish sikliga kiritishuchun zarur bo`lgan ttexn vaqtiga ta`minot bo`lmagan vaqt qo`shilishi bilan izohlanadi. to`xtab turish vaqti quyidagicha aniqlanadi.
Zararni, zarur bo`lgan ishonchlilik darajasi shuningdek, ta`minotni zaxiralash usullaini aniqlashda, elektr ta`minotida yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan uzilishlarni aniqlash uchun ishlab chiqarishning xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Uzilish vaqti te manba ta`minotidagi uzulishlar vaqti te1 va elektr energiya uzatilishi tiklangandan so`ng iste`molchining elektr ta`minotini tiklash vaqtidan tashkil topgan. Bundan tashqari texnologik siklning o`ziga xos xususiyatlariga yoki mexanizmning ishlashida ularning turg`unliligiga ta`sir ko`rsatmaydigan, ta`minotning uzulishiga yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan minimal t0 vaqt mavjud. T0 yoki undan kichik bo`lgan uzulishlar ishlab chiqarish jarayonlarining buzilishiga olib kelmaydi. t0 ning qiymati ishlab chiqarishning yo`nalishiga bog`liq. Ushbu qiymat yetarli darajadagi katta chegaralarda tebranadi(1 sekunddan 30 minutgacha va undan ko`p). korxonaning elektr ta`minot tizimi loyihalashtirilganda, energo sistemaning ishonchliligini aniqlash uchun, elektrik va texnologik qismda zahiralashdagi xarajatlarni aniqlash uchun, shuningdek, elektr ta`minotidagi uzilishlarni baholashda t0 ni aniqlash zarur.
Elektr energiya uzatilishidagi uzilishlardagi zararlarning ko`rinishlari
Zararlar 2 ko`rinishda bo`ladi: to`gridan – to`g`ri(bevosita) va qo`shimcha (bilvosita).
To`gridan – to`g`ri(bevosita):
-ishchi kuchining to`xtab qolgaandagi narxi,Agarda boshqa ishlarda foydalanish imkoni bo`lmasa.
-buzilishlar, xizmat muddatining qisqarilishi, asboblar va uskunalarning shikastlanishi va h.k.
-energetik zarar – (metallurgiyada)pechkalar va quymalarning qizdirilishidagi yo`qotishlar,bug` va gazlar chiqib ketishi va h.k.
Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo buzilishi, mahsulotlarning yaroqsizlanishidagi zarar.
-iqtisodiy-texnik ko`rsatgichlarning yomonlashuvi yoki texnologik siklning buzilishidagi zarar.
Zarardan 4 – punkt bo`yicha yaroqsiz xomashyo,material, mahsulotning narxini olib tashlash kerak, shuningdek,buzilgan xomashyo va mahsulotning utilizatsiya narxini ham hisobga olish kerak.
Umumiy ko`rinishda bevosita zararning U t to`la kattaligini quyidagi formula bo`yicha hisoblash mumkin.
Bu yerda, Upo – ta`minot uzilishining davomiyligidan bog`liq bo`lmagan bevosita zararning tashkil etuvchisi;
- ta`minot uzilishining davomiyligidan bog`liq bo`lgan bevosita zararning tashkil etuvchisi;
- texnologik siklni tiklashdagi sarflarni hisobga oluvchi bevosita zararning bir qismi bo`lganda bu yerda te va t0 yuqoriga qarang.
Qo`shimcha zararlar deb Elektr energiya ta`minoti uzilishlar sababli mahsulotlarning to`la ishlab chiqarmasligi sababli ro`y bergan zararga aytiladi.
Uni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin.
Bu yerda, n0- zavod, fabrikaning normal ish rejimidagi soatbay ishlab chiqarishi;
- mahsulot ishlab chiqarish n0dan kam bo`lganda, avariyadan so`ng keltirilgan ishga tushirishning vaqti.
Ppusk- elektr ta`minotining avariyaviy uzilishidan so`ng ishlab chiqarishning normal siklga tez qaytarilganda ishlab chiqarilgan mahsulot.
Yillik ishlab chiqarilmagan quyidagicha aniqlanadi.
bu yerda, - ishlab chiqarishni to`la tiklash uchun zarur bo`lgan vaqt; m – elektr energiya uzatilishidagi uzilishlarning kutiladigan soni.
Agar korxona bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarsa, u holda har bir tur uchun alohida mahsulotning to`la ishlab chiqarilmaganligi aniqlanadi. Elektr ta`minoti uzilganda, 1 soat davomidagi mahsulot ishlab chiqarish grafigi quyida keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |