Elektr energetikasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə8/31
tarix18.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#116217
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Elektr energetikasi

AMALIY MASHG’ULOT № 5.
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA REAKTIV QUVVAT KOMPENSATSIYASI ORQALI ENERGIYA BOSHQARUVNI HISOBLASH


Ishning maqsadi: kundalik issiqlik va elektr energiyalarining tejalish masalalarini o`rganish.

Energonazorat ishchilari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasiga muvofiq holda shu narsa aniqlanganki,iste`molchilarning sovuqqonlik va e`tiborsizliklari tufayli kundalik ehtiyojda foydalaniladigan elektro energiya taxminan 10 – 20 % ga ko`proq.


Qayerda kundalik ehtiyojga sarflanadigan elektroenergiyani tejash sezilarli darajada?
Elektr plitalarining komforalari bir necha qizdiruvchi elementlardan tashkil topgan (yoqish diapazoni).
Elektr plitalarini yoqishda birinchi bo`lib barcha qizdiruvchi elementlar(komforaning bor quvvatida)yoqiladi, so`ng suv qaynagandan keyin quvvatni kamaytirish kerak. Chunki ortiqcha issiqlik ovqat pishishini tezlashtirmaydi va suvning harorati 100◦C dan oshmaydi. Qizigan Duxovkada bir necha taom tayyorlansa elektr energiyasi tejalishiga erishiladi. Ovqat pishirish yoki isitishga mo`ljallangan idish alyuminiy yoki emallangan tekis qalin tubli bo`lishi va qopqoq bilan yopilgan bo`lishi kerak.
Uzoq vaqt issiqlik bilan tayyorlanadigan mahsulotlarni tovalarda tayyorlash talab etiladi. Qaynaganidan so`ng suvni kanalizatsiyaga to`kmaslik uchun ovqat pishirilgan suv miqdori minimal bo`lishi kerak. Yoqilgan duxovkani behudaga ochmaslik kerak,bu kamera ichidagi haroratni pasaytiradi.
Elektr plitani choynak qaynaguncha o`cherish maqsadga muvofiq bo`ladi:issiqlik enersiyasi hisobiga choynak baribir qaynaydi, bu esa energiyani 20 % gacha tejaydi.
Konforkali plitalardan (FIK 50-60%) ko`ra elektr choynaklarida foydalanish afzalroq(FIK 90%). Samaradorligi bo`yicha “rekordchi ” – oddiy qaynatgich – FIK 92% gacha .
Choynakni qaynatish uchun sovuyotgan elektrokonforalardan foydalanish elektr energiyani 10-30% gacha tejaydi.
Undan tashqari suv turib qoladi va sog`liq uchun zarur bo`lgan zararsizlantirish(xlor) uchun foydalaniladigan elementlar unit ark etadi.
Kechasi yormani suvga ivitib qo`ysa, undan bo`tqani suvning haroratiga bog`liq bo`lgan holda 2-4 marta tez tayyorlash mumkin .
Muzlatgichdan foydalanilganda xonadondagi 30- 40% elektro energiya sarflanadi.
Muzlatgich elektr tarmog`iga uzluksiz ulanganligi sababli quvvati kata bo`lmasa ham elektr plitalaridan kam energiya iste`mol qilmaydi.
Aholi 2 xil elektr muzlatgichdan foydalanadi: kompressorli (elektr dvigatel va compressor bilan) va absorbsion(isituvchi bilan).
Kompressorli muzlatgichlar absorbsionlarga qaraganda 3-4 marta tejamliroq. So`nggi paytlarda sanoat o`ta muzlatuvchi elektr muzlatgichlarini ishlab chiqaryapti.Kompressorli muzlatgichlar bilan taqqoslanganda ular elektro energiyani 2 marta ko`p iste`mol qiladi. Elektro energiyani tejashda va ularning normal ish rejasini ta`minlashda muzlatgichning o`rnatiladigan joyi va atrof- muhitning harorati katta ahamiyatga ega. Muzlatgichni xonaning quyosh nuri tushadigan joyi,isitish batareyalari va plitalar yaqiniga o`rnatish mumkin emas. Muzlatgich atrofida havo sirkulyatsiyasi uchun kerak bo`lgan oraliq bo`lishi kerak. Muzlatgichda xona haroratigacha sovitilgan va yopiq idishdagi taom saqlanadi. Muzlatgichda mahsulotlar shunday joylashtirilishi kerakki,ularga sovuq havo yetib borishi kerak. Termoregulyatorni shunday o`rnatish kerakki,sovituchi kamerada harorat keragidan pastga tushib ketmasligi kerak. Muzlatuvchi kamera devorlarida qalinligi 5-10 mm bo`lgan muz hosil bo`lganda eritish kerak. Doimiy eritish 3-5% tejaydi.
Elektr energiyani tejash mahalliy yoritish orqali amalga oshiriladi: stol ustida ishlashda stol lampalaridan foydalanish kerak. Ish stoli oyna oldida joylashgan bo`lishi kerak, bu elektr lampaning kun yorig`ida yonish vaqtini kamaytiradi.
Lyuminisent lampalar eng tejamkor yorug`lik manbalariga kiradi. Lyuminisent yoritish dam olish uchun qulay sharoitlar yaratadi,charchoqni kamaytiradi,ishlash qobiliyatini oshiradi.
Lyuminitsent lampalar nurlanish rangi bo`yicha quyidagilarga bo`linadi:
Oq nur lampalari (LB);
Kunduzgi nur lampalari (LD);
To`g`irlangan rangli kunduzgi nur lampalari (LDTs);
Sovuq – oq nur lampalari (LXD);
Aniq pushti jiloli issiq oq nur lampalari (LTB).
Eng tejamkor va universal lampa – bu oq nur lampalari.
30 Vtli lampochkali stol lampalari 3-5 lampochkali quvvati 180- 300 Vt bo`lgan qandildan ko`ra yaxshiroq yoritadi. Intensive nur oqimi bilan harakatlanuvchi elektro energiya quvvati 20 Vt bo`lgan galogen lampalardan foydalanish hisobiga elektro energiya iste`molini kamaytirish mumkin.
Ayni damda biz energiya resurslarining iste`molini o`rtacha ko`esatgichidan kelib chiqqan holda taxminan davlat bo`yicha jon boshiga to`g`ri keluchi real sarflarning 35 %ini to`laymiz.
Hisoblashda energiya resurslar sarfining yuqori ko`rsatgichi olingan hisoblagich o`rnatilgan kvartirada yashovchilar suv va issiqlik uchun odatdagidan kam to`lashdi. Bu shuni bildiradiki,bugun aholining katta qismi energoresurslar uchun kamida 3-4 marta ko`p to`laydi.
Mutaxassislarning baholashi bo`yicha ommaviy hisoblagichlarning o`rnatilishi issiqlikni 1,5 marta, sovuq suvni 2 marta, issiq suvni 2.5 marta tejash imkonini beradi.
Davlat masshtabi bo`yicha bu katta mablag`.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin