ELEKTR YUKLAMA (NAGRUZKA) VA ELEKTR ENERGIYA SARFINI HISOBLASH Elektr energiya iste’moli ko‘pincha «elektr yuklama» yoki «yuklama» tushunchasi bilan yuritiladi. Sanoat korxonalarini loyihalashda yuklamani hisoblash katta ahamiyatga ega, chunki aynan shu kattalik asosida barcha elektrotexnik asbobuskunalar, EUL (elektr uzatish liniyasi) podstansiyalar transformatorlarining quvvati, kommutatsion qurilmalar va hokazolar tanlanadi, demak, kapital mablag‘4.ning qiymati aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda hisobiy yuklamani aniqlash usullari ko‘p. Hisobiy yuklamani aniqlashning qator usullarini ko‘rib chiqamiz. Yuklamaning solishtirma quvvat zichligi usuli. Elektr ta’minotini loyihalashning dastlabki bosqichida, yuklamaning taxminiy qimmatini aniqlashda bu usuldan foydalaniladi.
Bu usul bo‘yicha har bir sexning yuzasini F (m2) bilgan holda, har bir sohaning solishtirma quvvatini ma’lumotnomalardan olib, butun korxona sexlarining taxminiy quvvatini aniqlaymiz.
Ishlab chiqariladigan mahsulotga sarflanadigan quvvat asosida ham butun korxona yoki sexning umumiy quvvatini aniqlash mumkin. Masalan, bir juft poyabzal (ko‘rinishiga qarab) ishlab chiqarish uchun A = A0 – My elektr energiya sarflandi deylik, bu raqam ma’lumotnomalarda beriladi. Shunga asoslanib, bir yil davomida sarflanadigan elektr energiya hisoblanadi. Bu formulada: My – bir yilda ishlab chiqariladigan mahsulot. Agar korxona ikki-uch xil mahsulot ishlab chiqarsa, ularning yig‘indisi olinadi. Butun korxonaning elektr energiya iste’moli:
Bu ifodaning ikkinchi tashkil qiluvchisi elektr ta’minlash tarmog‘i isrofini hisobga oladi. Bu ham taxminiy hisoblash usulidir va faqat loyihalashtirishning dastlabki bosqichlarida qo‘llaniladi.
Bir fazali iste’molchilar asosan yoritish asboblari bo‘lib, tok fazalararo taqsimlanadi. Taqsimlashda har bir fazadagi yuklamaning bir-biridan farqi 15 % dan oshmasligi shart. Sanoat korxonalarida yoritish yuklamasi umumiy yuklamaning 7–15% ini tashkil etadi.