Elektr yuklama (nagruzka) va elektr energiya sarfini hisoblash elektr energiya iste’moli ko‘pincha «elektr yuklama»



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#188662
1   2   3
Elektr-yuklama-nagruzka-va-elektr-energiya-sarfini-hisoblash.

Elektr ta’minoti sxemalari

Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti sxemasi shartli ravishda ichki elektr ta’minot va tashqi elektr ta’minot sxemalariga bo‘linadi. Taqsimlash yoki mahalliy elektr tarmoqlariga sanoat korxonalarining tashqi elektr t a’minoti sxemasi sifatida qaraladi.



10-rasm.
Sanoat korxonasi quriladigan joy ma’lum bo‘lgandan keyin uning tashqi ta’minot sxemasi tanlanadi. Tashqi elektr ta’minot sxemalarining uch k o‘rinishi mavjud:

  1. Korxona hududida 35/6 yoki 35/10 kVli pasaytiruvchi podstansiya qurish va korxonaning ichki hududida elektr energiyasini sexlar va bo‘limlarga 6 yoki 10 kV li kuchlanishda taqsimlash.

  2. Korxona hududida 6 yoki 10 kV li taqsimlash uskunasini qurish, sexlar va bo‘linmalarga elektr energiyasini 6 yoki 10 kV li kuchlanishda uzatish.

  3. Tarmoq 35/6 yoki 35/10 kV li pasaytiruvchi podstansiyadan kabel EULni bevosita sex 6/0,4 yoki 10/0,4 kV li pasaytiruvchi podstansiyalar bilan bog‘lash. Ana shu elektr t a’minot sxemasini ko‘rib chiqamiz.

Faraz qilaylik, 10-rasmda sanoat korxonasi va tarmoq podstansiyasi, ya’ni elektr tarmoqlar boshqarmasiga qarashli 35/10 yoki 35/6 kV kuchlanishli podstansiya berilgan. Korxonaning elektr ta’minoti tizimini (ETT) loyihalashtirish kerak. Har bir sex yoki bo‘linma va butun korxonaning elektr yuklamasi ( yuklamasi) jadvaldan aniqlanadi.
Loyihalashtirishning birinchi bosqichida tashqi elektr ta’minoti tanlanadi. Yuqorida ko‘rsatganimizdek, bu masala uch variantda yechilishi mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, transformatorlarning isrofi uning pasport kattaliklariga bog‘liq bo‘lsa, havo yoki kabel EULning isrofi uning masofasiga va kuchlanishiga bog‘liq:


11-rasm.
Faraz qilaylik, tarmoq podstansiyadan BPPgacha birinchi variant sifatida 35 kV li EUL, ikkinchi variantda 10 kV li EUL qurishni mo‘ljallasak, birinchi variantda ikkinchi variantga nisbatan isrof keskin kamayadi, chunki yuqoridagi formula maxrajida IP–H = 352= 1225, ikkinchi variant maxrajida LPh = 102= 100. Demak, isrof 1,225 marotaba kam bo‘ladi. Lekin kapital xarajat ko‘payadi, chunki 35 kV li EUL transformatorlari va kommutatsion apparatlari 10 kV liga nisbatan ancha qimmat. Shuning uchun tarmoq podstansiyasi va BPP orasidagi masofa, korxonaning umumiy quvvati va hokazolarni nazarga olib ikkala variant hisoblanadi hamda elektr tarmoqlarda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida istalgan variant qabul qilinadi.
Agar birinchi variant qabul qilinsa, yuklamalar markazida 35/0 yoki 36/6 kV li pasaytiruvchi podstansiya qurilishi lozim. Sex va bo‘linmalargacha kabel EUL 10 yoki 5 kV li bo‘ladi.
Agar ikkinchi variant qabul qilinsa, korxonaning ichki sxemasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  1. Yuklanmalar markazida 10/0,4 yoki 6/0,4 kV li podstansiya quriladi. Barcha sex va bo‘limlar 0,4 kV kabel EUL orqali elektr bilan ta’minlanadi. Ushbu variant arzon bo‘lsa ham korxonaning ichki EULda isrof ancha katta bo‘ladi.

  2. Yuklanmalar markazida 10 kV li taqsimlash uskunasi quriladi.

Barcha sex va bo‘limlar 10 yoki 6 kV li EUL orqali elektr bilan ta’minlanadi. Har ikki yoki uchta sex yoki bo‘linma uchun bitta 10/0,4 yoki 10/0,6 kV li podstansiya quriladi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin