Mavzu : “Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar Reja



Yüklə 37,36 Kb.
səhifə1/4
tarix15.04.2023
ölçüsü37,36 Kb.
#98585
  1   2   3   4
“Servis xizmati” yo„nalishi mazmuni, o„quvchilar egallashlari lo


Mavzu : “Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni, o’quvchilar egallashlari
lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar
Reja:

  1. Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni

  2. Servis xizmati” yo`nalishi ishlab chiqarish asoslari bo`limi

  3. Pazandachilik asoslari (oziq-ovqat mahsulotlari, asbobuskunalar va moslamalar, taom tayyorlash texnologiyasi)

  4. Foydalanilgan adabiyotlar


1.“Servis xizmati” yo’nalishi mazmuni
Mehnat ta`limi fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanishni, turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlashni, duradgorlik, temirchilik asboblari haqidagi ma`lumotni, qog`ozdan turli buyumlar maketi: savat, xo`roz, qaldirg`och, kabutar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applikasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni bilish;
Gilamdagi naqsh elementlarini, kulolchilik kasbi haqida ma`lumot, pape-mashedan kosa yasashni, oddiy xamir tayyorlashni, yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikishni, to`qish usullarini, kichik hajmda buyumlar to`qish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlashni, ipdan o`yinchoq yasashni, uchuvchi, suzuvchi, harakatlanuvchi modellar, plastilindan ertak qahramonlarini yasashni, oshxona jihozlari haqidagi ma`lumotni, plastilindan oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasashni bilish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasashni bilish; gullarni parvarish qilishni bilish.
Kasbga yo`naltirish asoslari bo`limi:

  • o`quvchilar kasblar tasnifi, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi;

  • qo`l mehnatidan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan kasblar;

  • kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yiladigan talablar;

  • O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari, ularning bir-biridan farqini bilish.

  • O`quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi; kasb tanlashga doir reja tuzish; kasb tanlashdagi xatolar, qiyinchiliklarning asosiy xususiyatlari;

  • kasb tanlashda shaxs qiziqish va moyilliklari, qobiliyatlarini e`tiborga olish; kasb tanlashda onglilik va mustaqillik;

  • o`z-o`zini tarbiyalash, kasb tanlashning mohiyati;

  • kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish;

  • o`zi xohlagan kasbga yaroqli ekanligini aniqlash, o`z ruhiyatidagi kasbga moyillikni tarbiyalash usullari;

  • kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja ishlab chiqish bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.


Yüklə 37,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin