1. «Prinsipal» va «agent» o`zaro munosabatlari muammosi
Ish beruvchida o`zining vijdonliligi to`g`risida shubha uyg`otmagan holda, u qanday sekin ishlashi mumkinligini aniqlash uchun o`z vaqtining katta qismini yo`qotmagan bilimdon xodimni topish amri mahol.
F. Teylor - mehnatni ilmiy tashkil qilish asoschisi Tashkilot o`lchamlarining o`sishi soni ortgan «agentlar» harakati ustidan nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini belgilab beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik o`rtasidagi tanlovdan iborat bo`lgan «prinsipal» dilemmasini o`yinlar nazariyasidan quyidagi model yordamida ko`rsatamiz. «Prinsipal»ning nazorat qilish uchun xarajatlari 1 ga teng deylik, «agent» tomonidan o`z majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va vijdonsizlik bilan bajarganlik holatlardagi yo`qotishlar esa –2 ga teng, deylik.
2. «Prinsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
«Agent»ning opportunistik xatti-harakatini cheklashga yo`naltirilgan rag`batlar tizimini qidirish bilan optimal shartnoma nazariyasi, yoki, «prinsipal-agent» nazariyasi shug`ullanadi. Ko`pincha ushbu muammoni hal etishning quyidagi variantlari ko`rsatiladi.
«Agentlar» raqobati. «Prinsipal-agent» muammosini hal etishning birinchi varianti agentlar o`rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab qiladi. Bunda odatiy shartnomadan farqli o`laroq «agent» tomonidan nafaqat «prinsipal» belgilagan (masalan, ishlab chiqarish) darajasiga erishilishi, balki qolgan «agentlar»ga nisbatan eng yuqori darajaga erishilishi (qo`shimcha ravishda) rag`batlantiriladi.
3. Firmaning ichki tuzilmasi
«Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to`rtta varianti keng tarqalgan:
unitar (U-tuzilma),
xolding (X-tuzilma),
multidivizional (M-tuzilma)
aralash (A-tuzilma).
1. Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining maksimal darajada markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan qabul qilinadi, uning o`zi nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar» faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o`tkazilsa, u holda funksional belgi bo`yicha – funksional bo`linmalar boshliqlariga: sotish bo`limi boshlig`i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi.
4. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo`lishi va tarqalishini faqat ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi bilan izohlab bo`lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan ehtiyoj paydo bo`lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo`lib turishi tabiiy. Alfred Chandler elektrotexnika sanoatida asr boshida yuzaga kelgan vaziyatni misol tariqasida keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya va AQShda dastlabki elektrotexnika korxonalari deyarli bir vaqtda paydo bo`lganiga qaramay, jahon bozorida yetakchilik mavqeini faqat Germaniya (AEG) va Amerika (“General Elektrik”) elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari egallashdi.
5. Firmalarning asosiy xillari
Tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini belgilab beruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: