NARZULLAYEV BEHZOD IM-90/21
9-VARYANT
SAVOLLAR
1.Yalpi talabning bahodan boshqa omillariga izoh bering
2.Iste’mol va jamg‘arish funktsiyalari
3. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining shartlari qanday
JAVOBLAR
Baholar darajasi va yalpi talab o„rtasidagi teskari bog„liqlikni , shuningdek quyidagi baho omillari bilan izohlanadi: 1. Foiz stavkasi samarasi; 2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 3. Import xaridlar samarasi. Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o„zgarishining foiz stavkasiga bo„lgan ta‟siriga bog„liq.Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste‟molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi
xarajatlarni to„lashga katta miqdorda pul zarur bo„ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar
bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo„lgan talabni oshiradi.
Pul taklifi hajmi o„zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini
ko„rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo„lgan sharoitda
ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo„lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo„lganligi tufayli bu yalpi talab
hajmining pasayishiga olib keladi.
2)
Bobning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funktsiyasini yozamiz:
C = a + b x Yd , bu erda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliqlar; b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi
koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.
ΔS
b = --------- x 100 Δ Yd
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.
Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
S = -a + (1 -b) x Yd
Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:
1. Uy xo’jaliklari daromadlari.
2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
3. Narxlar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funktsiyasini aniqlash borasidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek aholining daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda aholining soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi.
3)
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan (ya‘ni davlat ishtiroki mavjud bo lmagan) yopiq Iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo jaliklari o rtasida amalga oshiriladi
Uy xo jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo lgan barcha Iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda ―resurslar - tovarlar va xizmatlar‖ oqimiga qarama qarshi yo nalishda ―daromadlar - xarajatlar‖ ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya‘ni, uy xo jaliklari o zlari yetkazib bergan Iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste‘mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.