Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash. fanidan o\'qitish materiallari
Q1
Ustki oyna
QА
G1G2
G0
Metall plastinkalar
Quvurchalar
Q2 4.4- rasm. Quyosh kollektorining prinsipial sxemasi va unda quyosh nuri energiyasining taqsimlanishi.
50
Hozirgi paytda quyosh kollektorlarining oynali va oynasiz turlari mavjud. O‘z navbatida oynali quyosh kollektorlarining standart yassi sirtli, cheklangan konveksiyali, shaffof issiqlik izolatsiyali, vakuumli yassi sirtli va havoli turlari mavjud. 4.4-rasmda tipik quyosh kollektorining prinsipial sxemasi va unda energiya oqimining taqsimlanishi tasvirlangan. Undan ko‘rinadiki, kollektroning asosiy konstruktiv elementlari bo‘lib, uning korpusi, issiqlik izolatsiyasi, ishchi massa (suyuqlik) harakatlanuvchi quvurchalar, uzunligi davomida quvurchalar payvandlab mahkamlangan quyosh nuri issiqligini yutuvchi metall plastinkalar va ustki sirt oyna hisoblanadi. Kollektorga tushuvchi quyosh nuri energiyasi G0 ning G1 qismi ustki sirt oynadan va G2 qismi quyosh nuri issiqligini yutuvchi metall plastinkalardan qaytadi. Metall plastinkalar orqali qabul qilingan issiqlikning Q1 qismi oyna sirt orqali tashqariga va Q2 qismi issiqlik izolatsiyasi orqali chiqib ketishi natijasida muayyan isrof sodir bo‘ladi. Birlamchi quyosh nuri energiyasining qolgan qismi QA ishchi massaning issiqlik energiyasiga aylanadi. Bunga mos holda kollektorning foydali ish koeffitsiyenti QA/G0nisbatga tengdir.