Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash


Qayta aloqaning usul va vositalari



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə38/105
tarix28.11.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#168835
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash. fanidan o\'qitish materiallari

Qayta aloqaning usul va vositalari

Aqliy hujum, savol-javob, B/BX/B topshiriqlarini baholash



8-Mavzu: Quyosh energetika qurilmalari va elektr stansiyalari
Reja:

  1. Quyosh elektr stansiyalari.

  2. Quyosh nuri energiyasini suvning issiqlik energiyasiga o‘zgartirish

  3. Quyosh nuri energiyasi asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish

  4. Quyosh nuri energiyasini fotoelementlar asosida elektr energiyasiga aylantirish. Fotovoltik elektr stansiyalar

Insoniyat mavjud bo‘lganidan buyon quyosh energiyasidan foydalanib keladi. Odamlar Quyoshga yerning asosiy energiya manbasi


– yorug‘lik, issiqlik, oziq-ovqat va hayotning asosi deb qaraydi. Sayyoramizga bir soat davomida tushayotgan quyosh nuri energiyasi yer kurrasi aholisining energiyaga bo‘lgan bir yillik ehtiyojiga teng ekan. Agar quyosh nuridan samarali tarzda foydalanish usulini topa olganimizda edi, barcha ehtiyojlarimiz uchun quyosh energiyasining o‘zi kifoya qilgan bo‘lardi. Biroq insoniyat bu tuganmas energiya manbaidan unumli foydalanish imkoniyatlarini endi-endi o‘rgana boshladi. Hozirgi zamon texnologiyalari quyosh energiyasini ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan issiqlik va elektr energiyasiga aylantirishga imkon beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2003-yilda quyosh energiyasidan foydalanib, ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyasini oluvchi quyosh kollektorlarining umumiy maydoni dunyoning rivojlangan mamlakat-laridan hisoblangan AQSHda 10 million kvadrat metrga, Yaponiyada 8 million kvadrat metrga yetgan. Yevropa mamlakatlarida ham bu borada namunali ishlar olib borilmoqda.


Ma’lumki, bizga quyosh taratadigan issiqlik oqimi juda katta, hatto o‘rta mintaqada u bir kvadrat metrga yoz paytida bir kilovattgacha yetadi.
Quyosh – Yer kurrasiga eng yaqin yulduz hisoblanib, usiz sayyoramizda hayot bo‘lishi mumkin emas. Kishilar o‘zining kundalik hayotida quyosh energiyasidan u yoki bu usul bilan (asosan, isitish va quritish maqsadlarida) bu haqda o‘ylab o‘tirmay foydalanadilar.
Bugungi kunda Quyosh nurining energiyasini sanoatda va maishiy hayotda zarur bo‘lgan issiqlik va elektr energiyalariga aylantirish texnologiyalari yaratilgan bo‘lib, ularni yanada rivojlantirish, sama-radorligini oshirish yo‘nalishida katta ishlar olib borilmoqda. Hozirgi davrda, ayniqsa, Quyosh energiyasidan foydalanib, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish texnologiyalari nisbatan ildamroq hisoblanadi. Quyosh nurining energiyasini jamlab, uni suyuqlikning issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilma Quyosh kollektori deb yuritiladi.

Quyosh nurining energiyasidan foydalanib, elektr energiyasi ishlab chiqarishning fotoelementlar, parabolasimon quyosh kollektorlari, geliostatlar va Sterling tizimidan foydalanishga asoslangan texnolo-giyalari mavjud.


Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi stansiya Quyosh elektr stansiyasi deb yuritiladi. Bunday stansiyaning an’anaviy IESdan prinsipial farqi ularda birlamchi issiqlik energiyasini organik yoqilg‘ini yoqish orqali emas, balki muayyan maydonga tushuvchi Quyosh nurlarining energiyasini yig‘ish hisobiga olishdan iboratdir.


Qo‘yida Quyosh energiyasidan foydalanib, issiqlik va elektr energiyalarini ishlab chiqarishning mavjud texnologiyalari bilan tanishamiz.



Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin