Muayyan vaziyatining ta’riflovchi ahamiyati
Har qanday qayta tiklanadigan energiya manbai universal va har qanday vaziyatda foydalanish uchun etarlicha samaraga ega emas. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi, muayyan tabiiy va iqlimiy shart-sharoitlar hamda jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari asosidagi energetikaning rivojlanishi quyidagi tadbirlarni o‘tkazishni talab etadi:
Muntazam ravishda atrof muhitni tadqiq qilish: iqlimiy, meteorologik, ekologik tadqiqotlar; atrof muhitning monitoringi.
Energiya iste’molchilarining tarkibi, iste’mol qilinadigan energiyaning turi va quvvati; sanoat, qishloq va kommunal xo‘jaliklar uchun zarur bo‘lgan energiya ehtiyojlarini aniqlash lozim.
Noan’anaviy energiya manbalari o‘zining quyidagi musbat va manfiy sifatlariga
egadir:
1) Ular qayta tiklanadi va amalda bepul bo‘ladi, ulardan foydalanish oqibatida ekologiya o‘zgarmaydi va atrof muhitda ifloslanish bo‘lmaydi.
2) Past konsentrasiyaga ega, fazoda va vaqt bo‘yicha o‘zgaradi; geografik, iqlimiy va ob-havo sharoitlariga bog‘liqdir.
3) Noan’anaviy qayta tiklanadigan energiya manbalardan foydalanish samaradorligi energiyani konsentrasiyalash, akkumulyatsiyalash va saqlash tizimlarini yaratish bilan bog‘liqdir.
O‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bilan, noan’anaviy energetikaning rivojlanishi, mintaqaviy va mahalliy tavsiflarga ega: quyosh nurlanish energiyasi eng ko‘p konsentrasiyaga ega, suv resuslariga, geotermal manbalarga yaqin bo‘lgan mintaqalar; okeanning issiq suvli qirg‘oq bo‘yidagi, biomassani ishlab chiqarish mintaqalari.
Noan’anaviy energetikaning energiyasidan asosan mintaqaviy va avtonom iste’molchilar foydalanadi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar hamda isitish, issik suv ta’minoti va maishiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |