Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash


Energiya manbalarining tasnifi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə30/105
tarix28.11.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#168835
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash. fanidan o\'qitish materiallari

Energiya manbalarining tasnifi


Energetika – energetik resurslarni, har xil energiya turlarini о‘zgartirish, uzatish va foydalanishning iqtisodiyotga oid sohasini о‘z ichiga oladi.


Energiya manbai – ma’lum turdagi energiyani chiqaruvchi yoki uning zaxira potensialidagi imkoniyatini о‘zgartiruvchi obyektdir.

Energiya manbalari haqida kо‘plab tasniflari mavjud.


Yerdagi barcha energetik resurslar, ya’ni Quyoshning uzluksiz faoliyati oqibatida hosil bо‘lgan mahsulotlar, ikkita asosiy guruhga bо‘linadi: tabiatda akkumulyatsiyalangan (qayta tiklanmaydigan) va akkumulsiyalanmaydigan (doimo qayta tiklanadigan).


Birinchi guruhga yoqilg‘i qazilma zaxiralari: neft, tosh va qо‘ng‘ir kо‘mir, slanets, torf va yerosti gazlari, hamda yadro va termoyadro energiyalari kiradi.


Ikkinchi guruhga quyidagi energiya manbalari kiradi: quyosh, shamol, daryo oqimlari, okean va dengizlardagi tо‘lqinlar va suvning qalqib kо‘tarilishi, Yerning ichki issiqlikgi.




Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari (QTmEM) - energiyani ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiatdagi modda va materiallar zaxiralaridir. Masalan, yadroviy yoqilg‘i, kо‘mir, neft, gaz va h-zo. Qayta tiqlanmaydigan energiya manbalari tabiatda bog‘langan holatda turadi va odamning maqsadli faoliyati natijasida ajratiladi.


Qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) - atrof muhitda doimo mavjud yoki vaqti-vaqti bilan vujudga keladigan energiya oqimlari asosidagi energiya manbalaridir. Qayta tiklanadigan energiya odamning maqsadli faoliyati oqibatida emas, balki atrof muhitda doim hosil bо‘ladigan energiyadir. Ushbu narsa uning ajratib turuvchi alomatidir. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining resurslari vaqt о‘tishi bilan atrof muhitda qayta tiklanadi.

Xalqaro energetika agentligining (XEA) uslubiyoti bо‘yicha, qayta tiklanadigan energiya manbalari ularni qо‘llash texnologiyasiga qarab, an’anaviy va noan’anaviy energiya manbalariga bо‘linadi.





Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin