Jism ichki energiyasining tashqi shakllarga aylanish jarayonlari – bu uning energiyani tashqariga chiqarishidir. Kimyoviy reaksiyalarda jismning umumiy energiyasi zahirasidan 5×10-9% energiya chiqadi, bu kо‘rsatkich yadro reaksiyalarida – 0,09%, termoyadro reaksiyalarida esa – 0,65 % ni tashkil etadi.
Turli xil energiya turlarining о‘zaro aylanish qonunlarini termodinamika о‘rganadi, u esa ikkita qonunga asoslanadi:
Termodinamikaning 1-chi qonuni jism chiqaradigan energiyani uzatishdagi ikki yо‘lni kо‘rsatadi:
bu yerda U – jism ichki energiyasining о‘zgarishi; Q – issiqlik miqdori; W – ish miqdori.
Bu yerda Q va W kattaliklari – energiyani uzatishdagi ikkita shakldir. Termodinamikaning 2-chi qonuni о‘zligicha bо‘ladigan jarayonlarning yо‘nalishini
aniqlaydi. Uning oqibatida yakkalangan tizim eng ehtimollik holatiga keladi. Tartibli harakatlar tartibsiz harakatlarga о‘tadi, konsentratsiyalangan energiya esa energiyaning sochilish yо‘li bilan uning barcha turlari issiqlikka aylanadi.
Issiqlikning foydali (tartibli) energiya turlariga aylanishi qaytar sikllarning foydali ish
koeffitsiyenti (FIK) bilan chegaralanadi:
|
|
η=1–Q2/Q1;
|
(2.3)
|
bu yerda Q1 – ishchi jismga keltiriladigan issiqlik, J;
|
|
Q2 – jismdan atrof muhitga uzatiladigan issiqlik, J.
Iste’molchilar turli xil energiya turlaridan foydalanadi: elektr, mexanik, issiqlik, yorug‘lik, tovush, kimyoviy, yadro va boshqalar.
Dunyoda energiyani iste’mol qilishning zamonaviy darajasi quyidagi omillar bilan ta’riflanadi:
Energiyani iste’mol qilish asosan an’anaviy tabiiy energiya manbalaridan foydalanish hisobiga qoplanadi: organik yonilg‘i ( kо‘mir, neft, gaz va hk. ), gidroenergiya va atom energiyasi.
Tabiiy energiya manbalarining zaxiralari chegeralangan va notekis meyorda taqsimlangan; bu esa tabiiy energiya tashuvchilarining narxlari ortib borishiga, dunyoda energiyani iste’mol qilishdagi ularning ulushlari kamayishiga olib keladi.
Yoqilg‘i-energetik majmuasining atrof muhitga salbiy ta’sir etishi (atmosferaga, suvli obyektlarga, yer boyliklariga).
Noan’anaviy energiya manbalaridan keng foydalanish: qayta tiklanadigan an’anaviy va noan’anaviy energiya manbalari.
Dunyodagi energiya iste’molini va Yerning energetik balansi tahlili yil mobaynida
Yerda ishlab chiqariladigan energiyaning ruxsat etilgan chegara miqdorini belgilaydi: u Yerga kelib tushadigan quyosh energiyasining 3-5% dan oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |