Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə26/105
tarix28.11.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#168835
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash. fanidan o\'qitish materiallari

O‘qitish metodlari:

Kichik axborotli ma’ruza, hikoya, tushuntirish, kitob bilan ishlash, aqliy hujum, B/BX/B

O‘qitish vositalari

Darslik, yozuv taxtasi, slaydlar, noutbuk, ko’rgazmali qurollar, test kartochkalari.

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhiy va jamoaviy, yakka tartibdagi, juftlikdagi

O‘qitish sharoiti

Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya

Qayta aloqaning usul va vositalari

Aqliy hujum, savol-javob, B/BX/B topshiriqlarini baholash



DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI





DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI

1

Tashkiliy qism

___daqiqa

2

O’qituvchining kirish so’zi

___daqiqa

3

O’quvchilarning bilimini tekshirish

___daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

___daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

___daqiqa

6

Darsning yakuni

___daqiqa

7

Uyga vazifa

___daqiqa

Jami

80 daqiqa


MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI



Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba



I. Kirish:
(15 minut)

1.1. Mavzu nomi, mаqsadi, o’quv mashg’ulotining natijalari e’lon qilinadi.
1.2. Mavzu rejasi bilan tanishtiriladi.

Eshitiladi.

Yozib oladilar.



II. Asosiy bosqich:
(55 minut)

2.1. Tezkor so’rov texnikasidan foydalanib, o’tilgan mavzu eslatiladi, talabalar
faollashtiriladi.
2.2. Yangi mavzuga tushuncha beriladi.
2.3. Yangi mavzuning maqsadi va vazifalari tushuntirildi.
2.4. Faollashtirish maqsadida savollar beriladi.
2.5. Yаngi mavzuning tarkibiy qismlariga ta’rif beriladi.

Savol-javobda faol qatnashadilar.
Eshitiladi.

Savolga-javob beradilar


Mustaqil fikrlaydilar.
Yozib oladilar.

III. Yakuniy bosqich:
(10 minut)

3.1. Mavzuni reja asosida xulosa qilib, eng muhim mashg’ulotlarga talablar diqqatini jalb qiladi.
3.2. Muhokamada faol qatnashgan talabalarni rag’batlantiradi, baholaydi, yozib oladi.
3.3. Mavzuning qolgan ikkita rejasini mustaqil keyingi darsga o’rganib kelishlari aytiladi.

Eshitiladi.
Yozib oladilar.



6-Mavzu: Kichik gidroelektr stansiyalari


Reja:



  1. Elektr energiya ishlab chiqaruvchi kichik gidroenergetika obyektlari

  2. Kichik GESlarni iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik afzallikla

Noan’anaviy energetikani rivojlantirishning samarali yo‘na-lishlaridan biri, bu kichik quvvatli GES yordamida katta bo‘lmagan suv oqimlari energiyasidan foydalanishdir.


Bu yo‘nalishning muhimligi shu bilan belgilanadiki, bir tomondan salmoqli potensialga ega bo‘lgan suv oqimlaridan foydalanish oson bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yirik daryolarning gidroenergetik


potensiallaridan foydalanish potensiallarining amaliy jihatdan juda kam qolganligidir.

Elektr energiya ishlab chiqaruvchi kichik gidroenergetika obyektlari shartli ravishda uchta guruhga: 5000 kVt gacha quvvatli «mini» GES, 3÷100 kVt quvvatli «mikro» GES va o‘rnatilgan quvvati 25 MVt gacha bo‘lgan kichik GESlarga bo‘linadi.


Mikro va mini GESlar qishloqlar, fermerlik xo‘jaliklari, shuningdek, tegirmonlar, chekka hududlardagi katta bo‘lmagan ishlab chiqarishlar, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan joylar, yaqin o‘rtada elektr uzatish tarmog‘i bo‘lmagan hududlar uchun ishonchli, ekologik toza, ixcham, o‘zini xarajatlarini tez oqlovchi energiya manbalaridir. Chunki ushbu hududlarda hozirda va keyinchalik ham elektr uzatish tarmoqlarini qurish mikro GESlarni qurishga nisbatan qimmatdir.

Katta bo‘lmagan elektr stansiyalar tabiat landshaftini, atrof-muhitni nafaqat ishlatish jarayonida, balki qurilish jarayonida ham saqlab qolish imkonini beradi. Kichik GESlarni ishlatish jarayonida suvning sifatiga salbiy ta’siri yuk bo‘lib, suvning dastlabki tabiiy tarkibi saqlanib qoladi.


Boshqa ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘lmish quyosh, shamol energetikasiga qaraganda, kichik gidroenergetika ob-havo sharoitlariga deyarli bog‘liq bo‘lmay, arzon va uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlab bera olish imkoniyatiga ega.

3.6-rasm : Mikro-GES: 1 - suv havzasi, 2 - suv quvuri, 3 - turbina,


4 - suv chiqaruvchi quvur, 5 - generator, 6 - o‘zgartirgich.


Mikro-GESni deyarli barcha joylarda o‘rnatish mumkin. Gidroagregat energobloklardan, suv olish va chiqarish qurilmalardan hamda avtomatik boshqaruv qurilmalaridan iborat.


Energiya ishlab chiqarishning boshqa usullari kabi kichik GESlarning ham o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari bor.



Kichik GESlarni iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik afzalliklariga quyidagilar kiradi: kichik GESlarni qurish hududning energetik mustahkamligini ta’minlaydi, birlamchi yoqilg‘i manbasiga (ko‘mir, gaz, mazut) bog‘lanib qolmaydi, organik yoqilg‘i tanqisligini kamaytiradi, qurish jarayonida katta kapital mablag‘ni talab qilmaydi, elektr energiyani ishlab chiqarishda yonish jarayonidan hosil bo‘luvchi issiq gazlarni va atrof-muhitni ifloslantiruvchi zaharli chiqindilarni ishlab chiqarmaydi.


Kichik gidroenergetikaning yana bir muhim afzalliklaridan biri, bu tejamkorligidir. Hozirgi vaqtda tabiiy energiya manbalari neft, ko‘mir, gaz kamayib hamda qimmatlashib borayotgan bir vaqtda, kichik-kichik anhor va daryolarning energiyalaridan foydalanish arzon narxdagi elektr energiya bilan ta’minlash imkonini beradi. Kichik GESlarni qurish va montaj qilish ishlari ham ancha yengil bo‘lib, ularni qurilish boshlangan kundan boshlab 15-18 oyda to‘liq ishga tushirish mumkin.








Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin