Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə24/105
tarix28.11.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#168835
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105
Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash. fanidan o\'qitish materiallari

O‘qitish metodlari:

Kichik axborotli ma’ruza, hikoya, tushuntirish, kitob bilan ishlash, aqliy hujum, B/BX/B

O‘qitish vositalari

Darslik, yozuv taxtasi, slaydlar, noutbuk, ko’rgazmali qurollar, test kartochkalari.

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhiy va jamoaviy, yakka tartibdagi, juftlikdagi

O‘qitish sharoiti

Texnik vositalardan foydalanishga mo’ljallangan auditoriya

Qayta aloqaning usul va vositalari

Aqliy hujum, savol-javob, B/BX/B topshiriqlarini baholash



DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI





DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI

1

Tashkiliy qism

___daqiqa

2

O’qituvchining kirish so’zi

___daqiqa

3

O’quvchilarning bilimini tekshirish

___daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

___daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

___daqiqa

6

Darsning yakuni

___daqiqa

7

Uyga vazifa

___daqiqa

Jami

80 daqiqa


MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI



Faoliyat bosqichlari

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba



I. Kirish:
(15 minut)

1.1. Mavzu nomi, mаqsadi, o’quv mashg’ulotining natijalari e’lon qilinadi.
1.2. Mavzu rejasi bilan tanishtiriladi.

Eshitiladi.

Yozib oladilar.



II. Asosiy bosqich:
(55 minut)

2.1. Tezkor so’rov texnikasidan foydalanib, o’tilgan mavzu eslatiladi, talabalar
faollashtiriladi.
2.2. Yangi mavzuga tushuncha beriladi.
2.3. Yangi mavzuning maqsadi va vazifalari tushuntirildi.
2.4. Faollashtirish maqsadida savollar beriladi.
2.5. Yаngi mavzuning tarkibiy qismlariga ta’rif beriladi.

Savol-javobda faol qatnashadilar.
Eshitiladi.

Savolga-javob beradilar


Mustaqil fikrlaydilar.
Yozib oladilar.

III. Yakuniy bosqich:
(10 minut)

3.1. Mavzuni reja asosida xulosa qilib, eng muhim mashg’ulotlarga talablar diqqatini jalb qiladi.
3.2. Muhokamada faol qatnashgan talabalarni rag’batlantiradi, baholaydi, yozib oladi.
3.3. Mavzuning qolgan ikkita rejasini mustaqil keyingi darsga o’rganib kelishlari aytiladi.

Eshitiladi.
Yozib oladilar.



5-Mavzu: Gidroakkumulatsiyalovchi elektr stansiyalar


Reja:

  1. Gidroakkumulatsiyalovchi elektr stansiyasi

  2. Gidroakkumulatsiyalovchi elektr stansiyasining prinsipial sxemasi.

Gidroakkumulatsiyalovchi elektr stansiyasi (GAES) – boshqa elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qabul qilib, uni suvning potensial energiyasiga va zarur vaqtda bu potensial energiyani qayta elektr energiyasiga aylantirishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar majmuyidir.


Shunday qilib, GAES odatdagi nasos va gidroelektr stansiyalari rejimlarida ishlovchi inshoot hisoblanadi.


GAES turli balandliklarda joylashib, bir-biri bilan quvurlar orqali bog‘langan ikkita suv havzasidan iborat bo‘lgan gidrotexnik inshootlarga ega. Yuqorida joylashgan suv havzasi sun’iy yoki tabiiy (masalan, ko‘l holida), quyi suv havzasi esa to‘g‘on yordamida to‘silgan suv havzasi holida bo‘lishi mumkin. GAES binosi quvurining quyi qismida joylashtiriladi. GAESning prinsipial sxemasi 3.5-rasmda tasvirlangan.


Energotizimning sutkalik yuklama grafigini keskin o‘zga-ruvchanligi, odatda, uni qoplash uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Bu xarajatlar, birinchi navbatda, issiqlik elektr stansiyalarining yuklamalarini o‘zgarishi, katta yuklamalarda solishtirma yoqilg‘i sarfining nisbatan kattaligi, zaruriy zaxirani saqlab turish zarurligi bilan bog‘liqdir. Bunday xarajatlarni kamaytirishning samarali yo‘llaridan biri yuklama grafigini tekislash, ya’ni grafikning o‘zgarishidagi keskinlikni bartaraf etishdir. GAES energotizimda aynan shunday vazifani bajaradi.


Energotizimning yuklamasi kam bo‘lgan soatlarda (odatda, sutka davomida 7-12 soat) GAES nasos stansiyasi rejimida ishlaydi. Natijada energotizimning yuklamasi GAESning quvvatiga teng bo‘lgan miqdorga ortadi. Bunda GAES tarmoqdan oluvchi elektr energiyasi hisobiga suvni quyi havzasidan yuqori havzaga haydaydi. Shu tariqa bunday rejimda tarmoqdan olingan elektr energiyasi suvning potensial energiyasiga o‘zgartiriladi.


Energotizimning yuklamasi katta bo‘lgan soatlarda (odatda, 2-6 soat) GAES odatdagi GES rejimida ishlaydi. Natijada u energotizim yuklamasining bir qismini qoplaydi va tizimdagi boshqa stansiyalarning umumiy yuklamasini GAESning quvvatiga teng bo‘lgan miqdorga kamaytiradi. Bunda u yuqori havzadagi suvning potensial energiyasini elektr energiyasiga aylantirib, tarmoqqa elektr energiyasini uzatadi.
Gidroagregatlarni ishga tushirish va ish rejimini o‘zgartirish jarayonlari bir necha daqiqa vaqtni oladi. Bu esa GAESni yuqori darajada manevrlanganlik xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.


Yuqori
akkumulatsiyalovchi


basseyn

Quvur
Stansiya binosi

Quyi
ta’minlovchi


suv ombori


3.5- rasm. Gidroakkumulatsiyalovchi elektr stansiyasining prinsipial sxemasi.
GAESlarda alohida generator va nasoslar to‘plamidan ham generator, ham nasos rejimida ishlay oladigan qaytar rejimli gidroelektragregatlardan foydalaniladi.

Har ikkala rejimda ham GAESning foydali ish koeffitsiyenti 100%dan kam bo‘lganligi sababli, sutka davomida olib qaralganda u elektr energiyasini iste’mol qiladi, ya’ni rasmiy jihatdan foyda keltirmaydi. Biroq bu vaqt davomida energotizimning yuklama grafigini tekislanishi hisobiga yuqorida qayd etilgan xarajatlarning bartaraf etilishi natijasida tizim miqyosida salmoqli darajadagi texnik-iqtisodiy samaraga erishiladi.






Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin