Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash


Energetika tizimining afzalliklari



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə101/105
tarix28.11.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#168835
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash. fanidan o\'qitish materiallari

6.3. Energetika tizimining afzalliklari

Elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va ularni iste’mol qilishni samarali tashkil etish uchun energetika tizimini hosil qilish maqsadga muvofiqdir. Energetika tizimi quyidagi bir qator afzalliklarga ega.




Yuqori ishonchlilik. Tizimning biror elementi (generator, transformator, liniya va h.k.) shikastlansa, uning vazifasini boshqa – ishdan chiqmagan elementlar bajarishi natijasida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzluksizlik saqlab qolinadi. Shuningdek, mayyan hududda elektr energiya tanqisligi kuzitilgan holatda talab

95

etiluvchi qo‘shimcha quvvat alohida hududlardagi tizimlarni tutashtiruvchi uzatish liniyasi orqali yetkazib beriladi.


Yuklama maksimumlarining bir xil vaqtga to‘g‘ri kelmaganligidan foydalanish. Birlashgan energetika tizimining faoliyat ko‘rsatish masshtabi katta bo‘lgan hollarda turli hududlardagi iste’molchi yoki energetika tizimlari yuklamalarining maksimal qiymatga erishish vaqtlari turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda birlashgan energetika tizimining umumiy yuklama grafigi nisbatan tekislanishi natijasida qo‘shimcha samaraga erishiladi.
Quvvat zaxirasini kamaytirish. Quvvatni alohida hududlardagi energetika tizimlarini tutashtiruvchi liniyalar orqali bir energetika tizimidan boshqasiga uzatish mumkinligi sababli alohida energetika tizimlaridagi zaxira quvvatlarini minimumgacha kamaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi.


Energetika tizimi holatini optimallash imkoniyatlarining kengayishi. Energetika tizimi yuklamasini ko‘plab turli tavsiflarga ega bo‘lgan elektr stansiyalari o‘rtasida samarali taqsimlash, tizim elementlarining samarali yuklanishlarini ta’minlash imkoniyatlari ortadi.
Mohirona foydalanish mumkinligi. Elektr tarmoq elementlarini tez ulash yoki uzish va ularni ta’mirlash imkoniyatlari paydo bo‘ladi.



Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin