1. Odam bosh miyasida qaysi
nerv markazi shikastlansa, tana muskullarining tarangligi pasayib, odamda ixtiyorsiz harakatlar paydo bo’ladi ?
A)
uzunchoq miya; B) targ'il tana; C) miyacha; D) oqimtir yadro.
2.Bosh miya yarimsharlari po'stlog'i tuzilishining qaysi xususiyatlari unda ko’p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi ?
1) pushta va egatlar sonining ortishi; 2) bosh miya og'irligining ortishi; 3) po’stloqda hujayralarning 6 qavat bo’lib joylashishi; 4) postloqda oliy nerv markazlari sonining ko’payishi.
A)1,3,4; B) 2,3,4; C) 1; D) 1,3.
3. Chap yarimsharlar po'stlog'ining oliy nerv markazlarini ko’rsating.
1)
hid bilish; 2) siypalash; 3) eshitish; 4) gapirish; 5) intonatsiya; 6) hisoblash;
7) mo’ljal olish: 8) o’qish; 9) geometrik shakllarni aniqlash; 10) ko’rish.
A) 1,2,3,4,6,8,10; B) 1,2,3,5,7,9,10; C) 1,2,3,6,8,9,10; D) 1,2,3,5,8,9,10.
4. O’ng va chap yarimsharlar uchun umumiy bo’lgan oliy nerv markazlarini ko’rsating.
1) hid bilish; 2) siypalash; 3) eshitish; 4) gapirish; 5) intonatsiya; 6) hisoblash;
7) mo’ljal olish; 8) o’qish; 9) geometrik shakllarni aniqlash; 10) ko’rish.
A) 1, 2, 3, 4, 10; B) 1, 2, 3, 4, 6, 7,10; C) 1,2, 3,10; D)1,3,5,8,9,10.
5. Ensefalit nima ?
A) bosh miya to’qimasining yallig’lanishi;
B) orqa miya segmentlarining yallig’lanishi;
C) muskul tolalari qisqarib, bo’shasha olmay qolishi;
D) harakatiantiruvchi nervtolasining yallig'lanishi.
6. Agar poliomiyelit virusi orqa miyaning bel qismini zararlasa, tananing qaysi qismida periferik shol (falajlik) yuzaga keladi ?
A) qo’lning tashqi yuzasi; B) oyoqning oldingi yuzasi;
C) 5-qovurg’adan qovuqqacha; D) qo’lning ichki yuzasi.
7.Uchlik nerv markazi qayerda joylashgan ?
1) uzunchoq miya; 2) miya ko’prigi; 3) miyacha; 4) o’rta miya; 5) oraliq miya; 6) ensa.
A) 4,1; B) 6,3; C) 5,1; D) 2.
8.Orqa miyaning kulrang moddasining ……….joylashgan
1) oldingi shoxlarida; 2) orqa shoxlarida.
a) sezuvchi nerv hujayralari; b) harakatlantiruvchi nerv hujayralari.
A) 1-a, 2-a,b; B) 1-b, 2-a,b; C) 1-b, 2-a; D) 1-a, 2-b.
9.Orqa miyaning ko’krak sigmentidagi nerv hujayralarining vazifasi ?
A) yuzni, qolni tashqi yuzasini va 5- qovurg’agacha bo’lgan to’qima va organlarning sezish va harakatlanish;
B) 5-qovurg’adan to qovuqqacha bo’lgan joylardagi ichki organlarni hamda qo’lni ichki yuzasini sezish va harakatlantirish;
C) qovuqdan to oyoqning uchigacha bo’lgan joylarni sezish harakatlantirish.
D) to’g’ javob yo’q.
10. Oqimtir yadro qanday markaz hisoblanadi ?
A) muvozanat va ko’rishni boshqaruvchi markaz;
B) tana muskullarini sezish va harakatini boshqaruvchi markaz ;
C) tana mukullarining tarangligi va harakatini boshqaruvchi markaz;
D) nafas olish va harakatlanishni boshqaruvchi markaz.
11.Bosh miya katta yarimsharlarini nima o’zaro birlashtirib turadi ?
A) targ’il tana; B) ko’ruv do’mbog’i; C) oraliq miya; D) qadoqsimon tana.
12.Orqa miyadan chiquvchi simpatik nerv tolalari necha qismdan iborat ?
A) 2; B) 3; C) 4; D) 1.
13. Qaysi nerv sistemasining markazlari o'rta va uzunchoq miya, orqa miyaning dumg'aza segmentida joylashgan ?
A) para
simpatik; B) simpatik; C) periferik; D) vegetativ.
14. Bosh miya to’qimasining yallig’lanishi kelib chiqadi ......
a) gripp oqibatida; b) suvchechak oqibatida; c) quloqning yiringli yallig’lanish kasalliklarida; d) qizamiq oqibatida; e) bosh miya pardalari yallig’lanishini vaqtida davolamaslik oqibatida.
A) e dan boshqa hammasi; B) hammasi; C) a,b,c; D) a,c,e.
15. Qaysi kasallik og’ir kechganda odamda tirishish belgilari paydo bo’ladi ?
A) paratgormon juda kamayib ketsa;
B) bosh miyani o’rab turuvchi pardalar yallig’langanda;
C) quloqning yiringli yallig’lanish kasalligi oqibatida kelib chiquvchi kasallikda;
D) A va B.
16. Talamus va gipotalamus qaysi miyaning tarkibiy qismlari hisoblanadi ?
A) O'rta miya; B) Uzunchoq miya; C) Oraliq miya; D) Varoliyev ko'prigi.
17. Miya ko'prigida joylashgan nerv markazlarini belgilang:
a) po'stloqosti ko'rish markazi; b) po'stloqosti eshitish markazi; c) ko'z soqqasini harakatlantiruvchi
nerv markazi; d) yuz muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazi; e) nafas olishni boshqaruvchi nerv markazi; f) uchlik nerv markazi.
A) c,d,f; B) a,b; C) a,c,e; D) c,d,e.
18. Orqa miyani o’rab turuvchi pardalar to’g’risidagi noto’g’ri malumotni toping.
A) Qattiq miya pardasi eng ustki xisoblanadi;
B) o’rgimchak to’rsimon parda va qattiq miya pardasi o’rtasida suyuqlik bo’ladi;
C) yumshoq miya pardasi va o’rgimchak to’rsimon parda o’rtasida suyuqlik bo’ladi; D) yumshoq miya pardasi eng ichki qavat hisoblanadi.
19. Refleks yoyining qismlarini ketma-ket joylashtiring.
1) retseptor; 2)
harakatlantiruvchi nerv tolasi; 3) sezuvchi nerv tolasi;
4) ishchi organ; 5) nerv markazi.
A) 1,2,3,4,5; B) 1,3,5,2,4; C) 1,3,2,4,5; D) 2,1,3,5,4.
20. Nerv sistemasi..... nerv sistemasidan iborat.
A) Periferik va Markaziy; B)
Simpatik va Parasimpatik;
C) Bosh va orqa miya; D) Somatik va Vegetativ.
21. Bajaradigan funksiyasiga ko'ra nerv sistemasiqanday qismlarga bo’lindai ?
A) Perifirik va Markaziy; B) Simpatik va Parasimpatik;
C) Bosh va orqa miya; D) Somatik va Vegetativ.
22. Markaziy nerv sistemasining qismlari qaysilar ?
A) Perifirik va Markaziy; B) Simpatik va Parasimpatik;
C) Bosh va orqa miya; D) Somatik va Vegetativ.
23. Orqa miyaning
A) og’irligi _________ B) uzunligi______________
C) Qayerdan boshlanishi va tugashi ________________________________;
D) segmentlarining soni__________; bo’yin______; ko’krak______; bel ______; dumg’aza______; dum ______.
24.Vegetativ nerv sistemsi qaysi qismlardan iborat ?
A) Perifitik va Markaziy; B) Simpatik va Parasimpatik;
C) Bosh va orqa miya; D) Somatik va Vegetativ.
25. Tizza refleksining ketma-ketligini ko’rsating.
1) retseptor; 2) harakatlantiruvchi nerv hujayrasi; 3) sezuvchi nerv tolasi; 4) harakatlantiruvchi nerv tolasi; 5) muskul; 6) sezuvchi nerv hujayrasi; 7) oraliq nerv hujayrasi.
A) 1,2,3,7,4,5,6; B) 1,3,6,7,2,4,5; C) 1,3,2,6,7,4,5; D) 1,6,4,5,3,2.
26.Orqa miyaning kulrang moddasi ____________, oq moddasi ________________.
27.Odam organizmidagi organ va to'qimalar funksiyasini zaruratga qarab qaysi nerv sistemasi tartibga soladi ?
A) markaziy; B) somatik; C) simpatik va parasimpatik; D) periferik.
28.Ohang, intonasiya berish markazi bosh miya yarimsharlar po’stlog’ining qaysi qismida joylashgan ?
A) chap yarimsharda; B) o’ng yarimsharda; C) miyachada; D) oraliq miyada.
29.Oqimtir yadro zararlansa qanday belgilar paydo bo’ladi ?
A) Targ’il tananing ishi oshib ketadi;
B) tana muskullarining tarangligi oshib ketmaydi;
C) yuz muskullarining tarangligi ortib ketadi;
D) odamda ixtiyorsiz harakatlar paydo bo’ladi.
30.Orqa miyaning bo’yin sigmentidagi nerv hujayralarining vazifasini aniqlang.
A) tananing bosh qismini, qolni tashqi yuzasini va 5- qovurg’agacha bo’lgan joylarni sezish, xarakatlanish.
B) 5-qovurg’adan to qovuqqacha bo’lgan joylardagi ichki organlarni hamda qo’lni ichki yuzasini
sezish harakatlantirish
C) qovuqdan to oyoqning uchigacha bo’lgan joylarni sezish harakatlantirish
D) t. j. y.
31.Bosh miya necha qismdan iborat ?
A) 2; B) 3; C) 4; D) 5.
32.Orqa miyaning ko’ndalang kesimida oq va kulrang moddalar farqlanadi. Oq modda(1) va kulrang modda(2) nimadan tashkil topgan?
a- nerv hujayralaridan; b- nerv tolalaridan; c- neyrogliyadan; d- retseprorlardan;
A) 1- a,c; 2- b; B) 1- c,d; 2- a,b; C) 1- b; 2- a; D) 1- c; 2- a;
33. Bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining mikroskopik tuzilishida hujayralar qanday ketma-ketlikda joylashadi ?
a) donador hujayralar; b) nerv hujayralarining kalta o’simtalari;
c) piramidasimon hujayralar; d) duksimon hujayralar; e) yulduzsimon hujayralar; f) pramidasimon yirik hujayralar.
A) b, c, a, d, f, e; B) b, a, c, e, f, d; C) a, b, c, d, e, f; D) b, a, c, f, e, d.
34. Periferik nerv sistemasiga kiradi....
1) bosh miyadan chiquvchi 12 juft nervlar; 2) orqa miyadan chiquvchi 31 juft nerv hujayralari; 3) bosh
miya atrofidagi nerv tugunlari; 4) bosh miyadan chiquvchi 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari; 5) umurtqa pog’onasi atrofidagi nerv tugunlari; 6) a’zolar orasidagi nerv hujayralari;
7) orqa miyadan chiquvchi 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari;
8) ichki organlarda joylashgan nerv tugunlari.
A) 1, 2, 5, 6; B) 1, 3, 4, 8; C) 1, 5, 7, 8; D) 1, 3 ,5 ,7.
35. Miya ko’prigi bosh miyaning qaysi qismlari bilan tutashib turadi ?
A) miyacha va o’rta miya bilan; B) oraliq miya va katta yarimsharlar bilan;
C) uzunchoq miya bilan; D) A va C.
36. Miya po’stlog’ining ensa qismida (a), chakka qismida (b), peshona qismining ostki ichkarigi sohasida (c), tepa qismning orqa markaziy pushtasida (d), oldingi markaziy pushtasida (e) qanday markazlar joylashgan ?
1) ko’rish; 2) eshitish; 3) hid bilish; 4) sezgi; 5) harakat.
A) a-1, b-2, c-3, 4-d, 5-e; B) a-1, b-2, c-3, 4-e, 5-d;
C) a-1, b-2, c-d, 4-c, 5-e; D) a-2, b-1, c-3, 4-d, 5-e.
37. Qachon ko’z qorachiqlari torayadi ?
A) periferik nerv sistemasi qo’zg’alganda;
B) simpatik nerv sistemasi qo’zg’alganda;
C) parasimpatik nerv sistemasi qo’zg’alganda;
D) somatik nerv sistemasi qo’zg’alganda.
38. Qaysi kasallik shamollash, o’pkaning zotiljam kasalligi,
turli xil yuqumli kasalliklar, ya’ni gripp, ichburug’, ich terlama kasalliklarning asorati sifatida yuzaga keladi ?
A) ganglionit; B) nevrit; C) nevralgiya; D) meningit.
39.Bu kasallik shamollash, gripp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning asorati tufayli sodir bo’ladi. Qaysi kasallik haqida gap boryapti ?
A) nevralgiya; B) nevrit; C) meningit; D) ensefalit.
40. Bu kasallikning belgisi shundan iboratki, kasallangan nerv bilan ta’minlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi. Bu qaysi kasallik ?
A) nevralgiya; B) nevrit; C) meningit; D) ensefalit.