Mavzu: Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil (
taxrirlash)
REJA:
KIRISH
I.bob Nerv sistemasining tuzilishi
1.1 Orqa
miyaning funksiyasi
1.2 Orqa miyaning o'tkazuvchilik funksiyasi.
II.bob Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha.
2.1 Po'stloq osti Derv markazlari.
2.2 Vegetativ nerv sistemasi
III.bob Periferik nerv sistemasi hujayralari.
1.1 Boshqa nerv hujayralarining opsiqlari
1.2 Uzunchoq miyada nerv hujayralarining topplamid
Xulosa
Foydalangan afabiyotlar
KIRISH
Vegetetiv
nerv
sistema
ikki
neyronli
bo’lishi
bilan
somatik
nerv
sistemasidan farq qiladi. Vegetativ nerv sistemasining tolalari nerv markazlaridan
chiqqach, organga uzilib, gangliy hosil qiladi. Gangliydan chiqqan nerv tolalari organga
Yetib boradi. Nerv sistemasi simpatik qismining markazlari orqa miya ko’krak-bel
qismlarining yon tarmoqlarida joylashgan. Orqa miya
oldidan ikkinchi neyron
boshlanib, uning tanasi joylashgan qism umurtqa pog’onasi oldi simpatik tugunlar hosil
qiladi. har ikki tomondagi simpatik stvolda 3 ta bo’yin, 10-12 ko’krak, 5 bel, 4 ta
dumg’aza va 1 ta dum tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan chiqqan nerv tolalari yurak,
qizilo’ngach, bronxlar, o’pka, va boshqa ichki organlarni nervlar bilan taminlaydi.
Nerv sistemasi parasimpatik qismining markazlari orqa miyaning yuqorigi dumg’aza
qismida, uzunchoq o’rta miyada joylashagan. Uzunchoq miyadan chiqqan adashgan
nerv tolalari qalqonsimon bez, yurak, bronxlar, o’pka, qizilungach, oshqozon, ichaklar,
me`da
osti bezi, jigar va buyraklarni ta`minlaydi. Yorta miyadan chiqqan parasimpatik
nerv tolalari ko’z qorachig’ini toraytiruvchi muskullarni va ko’zning kipriksimon
muskullarini ta`minlaydi. Vegetetiv nerv sistemasining funktsiyalari.
Simpatik va parasimpatik nerv sistemasi turli xil funktsional xossalarga ega. Ular
turli organ funktsiyalariga nisbatan qarama-qarshi ta`sir etadi. Masalan, simpatik nerv
sistemasi ta`sirlanganda yurak
qisqarish soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi,
oshqozon-ichak traktining
harakat funktsiyalari susayadi, ko’z qorachig’i kengayadi,
moddalar almashinuvi ortadi. Parasimpatik nerv sistemasi ta`sirlanganda yurak faoliyati
tormozlanadi, ba`zi
qon tomirlari kengayadi, oshqozon ichak traktining harakat
funktsiyalari ortadi va ko’z qorachig’i torayadi.
Vegetativ nerv sistemasining’ funkiiyalari bosh miyaning
turli qismlari va bosh
miya katta yarim sharlar po’stlog’i bilan boshqarilib turiladi. Vegetetiv nerv sistemasi
ham o’z navbatida bosh miya faoliyatiga ta`sir etadi. Turli yoshdagi bolalarda vegetativ
norv sistemasining rivojlaniish xususiyatliri yaxshi o’rganilmagan. Yangi tug’ilgan
chaqaloqda yurak minutiga 120-140 marta qisqaradi va bolaning yoshi ortishi bilan
qisqarishning soni kamayib boradi. Bu protsess bolada
yurakka parasimpatik nerv
sistemasi ta`siri ortib borishi bilan boqliq.
Vogetativ nerv sistemasi funktsiyalari rivojlanishi bolaning harakat funktsiyalari
rivojlanishi
bilan bogliq, chunki skelet muskullarinnng qisqarishi reflektor ravishda
yurak faoliyatiga ovqat hazm qilishga, nafas olishga, siydik ayirishga, qon bosimi va
boshqa funktsiyalarni ortishiga sabab bo’ladi, veg’etativ nerv sistemasi funktsiyalarini
I.P.Pavlov, L.A.Orbeli, A.G. Genetsinskiy, I.M.Bikov va A.A. Arshavskiy va boshqa
ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan.
Ekstrimal
(favqulodda)
sharoitlarda
vegetativ
nerv
sistemasi
tashqi ta`sirlarga
javob berib, ayniqsa, turli emotsional reaktsiyalarda qon
aylanish, nafas, hazm, ayiruv, ichki sekretsiya organlarining funktsional holatini
o’zgartirib yuborish xususiyatiga eg’a. Bunda yurak ritmi, nafas tezlashadi, ter ajralib
chiqishi, almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.