yulduzsimon hujayralar; V - piramidasimon yirik hujaylar; VI-
duksimon hujayrakar.
10-rasm. Bosh miya yarim
sharlari po'stlog'ida oliy
Derv markazlariniDg
joylashuvi:
1- hid bilish; 2- yozuv (o'ng
qo'l); 3- siypalash (o'ng
qo'I); 4-eshitish; 5-
gapirish; 6-hisoblash; 7-
o'qish; 8- ko'rish; 9-
siypalash (chap qo'l); 10-
ohang, intonatsiya; 11-
oriyentirlash (o'zi
turganjoyni aniqlash); 12-
geometrik shakllami
aniqlash markazi.
bir-biri bilan bog'laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish a'zolaridan
kelgan ta'sirni analiz va sintez qiIadi.
Bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismi odam oliy nerv
faoliyatining flziologik asosi hisoblanadi. Odamning flkrlashi, ongi,
o'zlashtirishi, eslab qolishi, boshqalar
bilan muomala qilishi,
madaniyati, bilim olishi, hunar o'rganishi, murakkab harakatlarni
bajarishi miya po'stlog'ining faoliyatidir.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida har xil funksiyalarni boshqaruvchi
nerv markazlari joylashgan. Chunonchi, po'stloqning ensa qismida
ko'rish, chakka
qismida eshitish, peshana qismining ostki ichkari
sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida
harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari
joylashgan (10- rasm). Miya po'stlog'i markazlaridaginerv hujayralari
bosh miyaning pastki qismi va orqa miyadagi nerv markazlari bilan
maxsus nerv yo'llari orqali bog'langan. Bu nerv markazlari esa o'z
navbatida ishchi a'zolar (ko'z, quloq, muskullar va hokazo)
bilan nerv
tolalari orqali bog'langan. Shuni ta'kidlash kerakki, har bir a'zo nerv
markazining miya po'stlog'ida egallagan o'rni uning ish faoliyati
muhimJigiga qarab har xil bo'ladi. Masalan, odamning kundalik
hayotida uning qo'l panjalari juda ko'p vazifani bajaradi. Shuning
uchun ularning harakatini boshqaruvchi nerv markazi miya
po'stlog'ida, hatto ko'krak, qorin, yelka qismlarining markaziga
nisbatan ham kattaroq joyni egallaydi.
Yarim sharlar po'stlog'idagi nerv hujayralarini orqa miya bilan tutashtiruvchi nerv yo'llari bosh
miyaning quyi qismida kesishadi. Buning natijasida chap yarim shardagi nerv markazlari odam
tanasining o'ng tomonidagi to'qima va a'zolar, o'ng yarim shardagi nerv markazlari esa tananing
chap tomonidagi to'qima va a'zolar ishini boshqaradi.
Bosh miya yarim sharlarining ichki (po'stloq osti) qismi oq moddadan iborat bo'lib, u miya
po'stlog'idagi nerv hujayralarining o'simtalaridan tashkil topgan. Ular miya po'stlog'ining turli
qismlaridagi hujayralarni, ya'ni nerv markazlarini bir-biri bilan va bosh miyaning quyi qismidagi
(miya stvolidagi) markazlar bilan bog'laydi.
Ma'lumki, gapirish qobiliyati barcha tirik mavjudotlar ichida odamda rivojlangan. Shuning uchun
ham gapirish markazining joylashishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy gapirish markazi chap
yarim shar po'stlog'ining chakka qismida joylashgan. Bu joydagi miya to'qimasi zararlansa, odam
gapirish qobiliyatini yo'qotadi. O'ng yarim shar po'stlog'ining chakka
qismida gapga ohang,
intonatsiya berish markazi joylashgan. Bu markaz zararlansa, chap yarim shardagi gapirish markazi
orqali odamning gapirish qobiliyati saqlanaveradi, lekin gapining ohangi, intonatsiyasi bo'lmaydi,
ya'ni gap qo'pol bo'ladi. Bunday odam oldin eshitgan musiqalarni unutib qo'yadi, ya'ni musiqa
ohangi farqini bir¬biridan ajrata olmaydi.
Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan oliy nerv markazlari odam
tanasining barcha to'qima va a'zolari ishini boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: