kulrang modda bilan qoplangan bo'lib, u kichik egat va pushtalarga bo'lingan. Kulrang modda nerv
hujayralari to'plamidan tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgari bo'lib, u
nerv tolalaridan iborat.Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, miyachaning tuzilishi va shakli bosh
miya yarim sharlariga o'xshash bo'ladi. U uch juft: yuqorigi, o'rta va pastki oyoqcha yordamida orqa
miya, uzunchoq
miya, miya ko'prigi, o'rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog'lanadi (7- rasm). Miyacha
oyoqchalaridagi nerv tolalari orqali orqa miyadan muntazam ravishda impuls olib turadi. U odam
tanasidagi barcha muskullarning tarangligini va harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda
bo'lishini ta'minlaydi. Agar miyacha
shikastIansa yoki kasallansa, tana muskullari bo'shashadi va
odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga
o'xshab gandiraklab harakat qiladi.
Po'stloq osti Derv markazlari. Bosh miya yarim sharlari oq moddasining orasida, oraliq miyaning
ustki qismida kulrang modda to'plami bo'lib, u ikki qismdan iborat: oqimtir yadro va targ'l tana.
Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini bl shqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U
o'zidan pastida joylashgan oraliq va o'rta miya funksiyalarini boshqarad Oqimtir
yadro zararlansa,
tana muskullarining tarangligi ortib qo'l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz musklla"ininj
tarangligi ortib, go'yo yuzga niqob kiygandek bo'ladi, ya'n, odamning har xii emotsional (xafa,
xursand) holatlarini aniqlab bo'lmaydi.
Targ'il tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ'iI tana kasallansa oqimtir
yadroning ishi
kuchayib ketadi va tana mus¬kullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo'ladi. Bu
nerv sistemasining revmatizm kasalligida sodir bo'ladi. Bu kasallik xoreya
deb atalib, u ko'proq
bolalarda uchraydi. Bunda bemorning qo'l-oyog'i vaqt-vaqti bilan o'z-o'zidan ixtiyorsiz silkinib
qimirlaydi, ko'zi ixtiyorsiz yumilib¬ochiladi. Ba'zida tilini ixtiyorsiz chiqaradi. Odam qo'li
qaltiragani uchun xat yozishi buziladi. Ba'zi tushunmagan ota-onalar, hatto o'qituvchilar
bunday
kasal bolaga tanbeh berishadi. Vaholanki, bu tartibsiz harakatlar uning ixtiyoriga bog'liq emas. O'z
vaqtida shifokorga
murojaat qilib davolansa, bemor tez orada tuzaladi.
Dostları ilə paylaş: