somatik nerv sistemasining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekis
joylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum
qismlaridagina joylashgan.
Vegetativ nerv sistemasining tuzilishi. Vegetativ nerv siste¬masining markazlari orqa miyaning
birinchi ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va 2-4- dumg'aza segmentlarida hamda
bosh miyaning pastki qismJarida (uzunchoq va o'rta miyada)
joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o'z navbatida oraliq miyadagi gipotalamus, po'stloq
ostidagi targ'il tanahamdabosh miyaning po'stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali
boshqariladi. Vegetativ nerv tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog'onasi va ichki
a'zolar atrofida joylashgan nerv tugunlariga boradi.
Vegetativ nerv siqtemasi ikki qismga: simpatik va parasimpa¬tik nerv sistemasiga bo'linadi (11-
rasm). Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: