Bosh miya o'ng va chap yarim shardan iborat bo'lib, ular qadoqsimon
tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Qadoqsimon tana nerv
tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular o'ng va
chap yarim sharlaming
bir-biri bilan aloqasini ta'minlaydi. Bosh miya yarim sharlari ikki
qavatdan iborat: I) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq
qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
Bosh miya yarim sharlari po'stloq qavatining qalinligi 25-30 mm
bo'ladi. Po'stloq tekis bo'lmasdan pushta va egatlardan iborat (8-
rasm). Miya po'stlog'ining bunday tuzilishi unda nihoyatda ko'p
miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon beradi. Binobarin, miya
po'stlog'ida 14-16 mlrd atrofida nerv hujayralari joylashgan. Qizig'i
shundaki, miya po'stlog'i pushtalarining soni barcha odamda
deyarli
bir xii, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo'l kafti
chiziqlari singari
xilma-xil bo'ladi. Agar miya po'stlog'ining pushta va
egatlari yozib
tekislansa,
uning umumiy sathi 1468-1670 sm' ni tashkil qiIadi. Miya yarim
sharlari peshana, chakka, tepa, ensa qismlarga bo'linadi.
Miya po'stlog'i mikroskopda tek¬shirilganda, undagi nerv hujayralari
olti qavat bo'lib joylashganligi aniqlangan (9- rasm):
8-rasm. Bosh miyaning
tashqi ko`rinishi:
1-uzunchoq miya; 2-
miyacha; 3-bosh miya
yarim sharlarining
ko`rinishi.
birinchi, ya'ni miya po'stlog'ining eng ustki qavati nerv
hujayralarining kalta o'simtalaridan tashkil topgan;
- ikkinchi qavatida donasimon nerv hujayralari joylashgan;
- uchinchi qavatda piramidasimon hujayralar bo'ladi;
- to'rtinchi qavat yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralaridan
iborat;
- beshinchi qavatni yirik piramidasimon hujayralar
tashkil
qiIadi; - eng pastki, ya'ni oltinchi qavatda duksimon nerv
hujayralari
joylashgan.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida
joylashgan nerv
hujayralarining po'stloq sathi funksiyasiga ko'ra
uchta zonaga
bo'linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam
tanasining barcha sezgi a'zolarining oliy markazi hisoblanadi.
Bu markazlar teri, ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish kabi sezgi
a'zolari retseptorlaridan impuls qabul qiladi.
Miya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari
to'plami muskullar, paylar, bo'g'imlar, suyaklarning
retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha
qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini
bajaradi.
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining
to'qima va a'zolari bilan nerv yo'liari orqali bog'lanmagan, ular
miya po'stlog'ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv
markazlarini)
Dostları ilə paylaş: