Nerv (asab) sistemsi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix03.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#86388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Odam miyasi xujayralaridagi RNK ni tahlil ( taxrirlash)

Refleks yoyi. Har bir refleksning rejleks yoyi bo'lib, u quyidagi qismJardan iborat: 1) retseptor - 
to'qima va organlarda joylashgan bo'lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul qilib qo'zg'aladi; 2) 
sezuvchi nerv tolasi - reseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi
3) nerv markazi miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan 
iborat; 4) harakatlantiruvchi nerv tolasi - nerv markazidagi qo'zg'alishni ishchi organga yetkazadi; 
5) ishchi a'zo - muskul, bez, qon tomirlari, ichki organlar va hokazo. 
Orqa miya reOekslari. Bosh miyasi olib tashlangan baqani keyingi oyoq panjasiga kislota yoki 
biron mexanik qitiqlagich ta'sir ettirilganda baqa ta'sirga javoban o'sha oyog'ini tortib oladi. Agar 
baqaning panjasi qattiqroq qisib olinsa, u nafaqat ta'sir etilgan oyog'ini, balki ikkinchisini ham tortib 
oladi. Chunki qattiq ta'sir ko'rsatilganda qo'zg'alish ta'sir benlgan to'qimaning nerv markazidan 
tashqari, uning atrofidagi boshqa markazlarga ham tarqaladi. Odamda orqa miyaning 
harakatlantiruvchi refleksini quyidagi tajribada kuzatish mumkin. Buning uchun tekshiriluvchi 
odam stulda oyoqlarini chalishtirib o'tiradi. Uning yuqorida turgan oyog'ining tizza payiga maxsus 
rezina bolg'acha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib ko'tariladi. Bu tizzaning harakat 
refleksini ko'rsatadi. 
(4- rasm). Tizza refleksi hosil bo'lishida quyidagi retleks yoyi ishtirok 
etadi. Tizza payiga bolg'acha bilan urilganda uning muskulida 
joylashgan retseptor qo'zg'aladi. Retseptorning qo'zg'alishidan hosil 
bo'lgan impuls sezuvchi nerv tolasi orqali orqa miyaning sezuvchi 


nerv hujayralariga borib, uni qo'zg'atadi. Uning qo'zg'alishioraliq nerv 
hujayrasiga o'tib, undan harakatlantiruvchi nerv hujayrasini 
qo'zg'atadi. Bu hujayradan impuls harakatlantiruvchi nerv tolasi orqali 
tizza muskulini qisqartirib, oyoqni harakatga keltiradi. Shunday qilib, 
tizza ret1eksi quyidagi ret1eks yoyi bo'yicha hosil bo'ladi: retseptor 
sezuvchi nerv tolasi - sezuvchi nerv hujayrasi, oraliq nerv hujayrasi, 
harakatlantiruvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv tolasi, 
muskul. Binobarin, refleks hosil bo'lishi uchun refleks yoyining barcha 
qismlari butun va sog'lom bo'lishi kerak. Ularning birortasi 
shikastlansa, refleks hosil bo'lmaydi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin