Bajaradigan funksiyasiga ko'ra, nerv sistemasi ikki qismga bo'linadi:
somatik va vegetativ nerv sistemasi.
Somatik nerv sistemasi odam
tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini
boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon
aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va hokazo) hamda
ichki sekretsiya
bezlari ishini boshqaradi.
Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pog'onasi
kanalida joylashgan bo'lib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, massasi
30-40 g bo'ladi (2- rasm). Orqa miyada 13 mln dan ko'proq nerv
hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi,
lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi.
Orqa miya uch qavat parda bilan o'ralgan. Tashqi qavati qattiq, o'rta
qavati o'rgimchak to'rsimon va ichki qavati yumshoq parda bo'ladi.
O'rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo'ladi. Orqa
miyaning yuqori qismi birinchi bo'yin umurtqasiga to'g'ri keladi va
bosh miyaning pastki qismi bo'lgan uzunchoq miyaga
tutashadi, pastki
qismi 1-2- Bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan
pastga
ip shaklida davom etadi,
ipning yuqori
qismida nerv hujayralari bo'lib, ipning uchi umurtqa pog'ona sining
dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shulaming 8 tasi bo'yin
qismida, 12 tasi ko'krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg'aza va 1-3 tasi dum
qismida bo'ladi. Orqa miya ko'ndalangiga kesilsa, u ikki xil
moddadan: tashqi qismi
oq odda, ichki qismi
kulrang
moddadan tuzilganligi ko'rinadi (4 - rasm). Kulrang modda
kapalak
yoki H harfiga o'xshash bo'lib, u nerv hujayralaridan tashkil
topgan.Orqa miyaning oq moddasi nerv tolalaridan tashkil topgan
bo'lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-
biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi.
nervva tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-
Dostları ilə paylaş: