birligini hosil qiladi. Bu haqda «Tayanch-harakatlanish sistemasi» mavzusida batafsil tushuncha
berilgan. Odam biror jismoniy mashq bajarib, terlab turgan vaqtida birdaniga kiyimini yechsa, nerv-
muskul tolalari shamollashi tufayli nevrit -
miozit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Qovurg'a-oraliq
mayda muskullar bu kasallikka ayniqsa beriluvchan bo'ladi. Shamollash tufayli bir necha minutning
o'zidayoq odamning ko'krak qafasida, kuragining atrofida sanchiq paydo bo'lib, harakatlanishi,
bukilishi, chuqur nafas olishi, hatto
yo'talishi qiyinlashadi. Shuning uchun sportchilar mashq bajarib terlagan vaqtda tezgina issiq
kiyimni yelkalariga tashlab olishadi. Yuqoridagi kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq, odam
asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: