Kirish
Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi.
Qadimda ham nasos yaratishga urinilganasos Masalan, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishganasos Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi nasosni ixtiro qilganasos 18-asr boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilganasos Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin nasos egallay boshladi. 18-asr oxirlarida porshenli nasos tarraqiyoti jadallashdi. 19-asr oʻrtalarida porshenli bug nasoslari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli nasos ham paydo boʻddi. 20-asr 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli nasos oʻrniga markazdan qochma, rotorli nasoslar ishlatila boshladi.
Nasoslar taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) nasos yaratilishidan boshlanadi. 17-asr boshida yaratilgan ikki rotorli nasos hozirgi tishli gʻildirakli nasosga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli nasosning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920-yil markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma nasosni taklif qildi.
Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-asrda Leonardo da Vinchi ilgari surganasos 17-asr boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma nasosni yasaganasos Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma nasos kengroq qoʻllanila boshladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida parrakli va burilma kurakli nasoslar yaratildi.
Suyuklikni bosim ostida haydashning uchinchi yoʻialishi — nasos-apparatlar yaratishdan iborat boʻladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv bugʻi yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilganasos Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish gʻoyasi 20-asrda amalga oshirilganasos Nasos-apparatlarning xillaridan biri — suv oqimli nasos; uni ingliz olimi D. Tompson 1852-yilda taklif qilganasos U suv va havoni soʻrish uchun ishlatilganasos Keyinchalik suvli ejektor, bug-suvli ejektor va boshqa tarzidagi nasoslar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif kilindi. 20-asr boshlarida magnitgidrodinamik nasoslarning yaratilishi nasos-appratlarni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqi-yoti munosabati bilan 20-asr 50—60-yillaridagina bunday nasoslar keng qoʻllanila boshladi.
Nasos, asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlarga boʻlinadi. Parrakli nasos dvigateli gʻildirakni aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga taʼsir qiladi va uni harakatlantiradi. Parrakli nasosning markazdan qochma, diagonal va oʻqaviy (oʻq boʻylab haydaydigan) xillari bor. Bular suyuklikni soʻrish xususiyatiga ega boʻlmagani uchun ularni yurgizib yuborishda soʻrish trubasi va gʻildirakka suyuqlik quyiladi. Parrakli nasos 1 – 2500 m suv ustuniga tent bosim kerak boʻlgan joylarda ishlatiladi. Nasos koyfiseti — 90 — 92%. Uyurma nasosda dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuklikni ilashtirib, harakatlanishga majbur qiladi. Uyurma nasos qovushoqligi kam suyuqliklarni haydash uchun quvvati bir necha kilovatdan oshmaydigan statsionar va koʻchma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli nasosga qaraganda 2—10-marta ortiq, foydali ish koyfisenti 25 - 50%.
Hajmiy nasosda suyuqlik nasosning berk boʻshligʻidan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va boshqa taʼsirida oʻtkaziladi. Nasosga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy nasosning porshenli (plunjerli), membranali, rotorli va boshqa xillari bor. Proshenli nasosda suyuqlik ish kameralari hajmining oʻzgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli nasos shesternyali, plastinkali va boshqa xillarga boʻlinadi. Nasoslar suv taʼminoti tizimlarida, neft chiqarish, neft mahsulotlari va gazlarni haydashda, kema va gidropress qurilmalarida, avtomobillarda, binolarni shamollatishda hamda texnikaning boshqa sohalarida keng qoʻllaniladi. Nasos stansiyasi - suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. Nasosga boshqarish apparatlari, elektr nasos yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish podstansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va boshqalar) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovodi va zulfindan iborat boʻladi. Meliorativ (sugʻorish) nasosning qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi nasos yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va boshqa uchun yirik nasos qoʻllaniladi. Vodoprovod nasos suvni manbadan suv taʼminoti joyiga koʻtaruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmogʻiga uzatuvchi koʻtarish styalaridan iborat. Kanalizatsiya nasos panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va boshqalardan iborat. Bunday nasos yer ustiga va yer ostiga oʻrnatiladi. Xalq xoʻjaligida nasosning ahamiyati katta. Ayniqsa, baland joylarga suv chiqarishda nasos juda qoʻl keladi.
Dostları ilə paylaş: |