Bosim bilan haydash mashinalari va issiqlik yuritgichlari fanidan
2-oraliq nazorat ishi
4-variant
Vintli nasoslar
O’qiy nasoslar
Kurakli nasoslar
1. Vintli nasoslar. Vintli nasoslar suyuqlikni bir tekis tortishi bilan farq qiladi. Ular yuqori FIK iga ega, ixcham, ishga qulay, yuqori bosimda va katta aylanishlar sonida shovqinsiz ishlay oladi. Vintli nasoslar bir, ikki, uch va hokazo vintli bo’ladi. Bir vintli nasoslar hajmiy nasoslarning hamma afzalliklarini mujassamlashtirgan bo’lib, ular yuqori bosimda uzatilayotgan suyuqlikni juda kam aralashtiradi va katta so’rish balandligiga ega. Undan tashqari, plunjerli va porshenli nasoslardan xarakatlanadigan detallarning kamligi (1 ta vint), klapanlarning va murakkab o`tish joylarining yo`qligi bilan farqlanib, ular gidravlik qarshilikni kamaytiradi. Bir vintli nasoslarda tortish bir tekis bo`lgani uchun inertsiya ta`siri bo`lmaydi, natijada so`rish yaxshilanadi. Bu nasoslar ixcham, engil, sodda tuzilgandir. Sovet Ittifoqida bir vintli nasoslar ko`mir shaxtalaridan ifloslangan suvlarni tortib olishda, xavzalardan neftni so`rishda, quduqlardan suv tortishda va achitqilarni transportirovka qilishda ishlatiladi.
Bir vintli nasoslarning ishlash printsipi quyidagicha. Ichki tomoni vint shaklida profillangan tsilindrda vint aylanadi. TSilindr o`ziga xos profilli bo`lgani va vint aylanishi sababli suyuqlikning cheksiz xarakati vujudga keladi. TSilindrning ichki vintsimon yuzasi va vint yuzasi orasida yopiq bo’shliklar yoki xajm xosil bo`ladi. Bu bo`shliqlarning vaqt birligi ichidagi umumiy xajmiga mos ravishda nasosning sarfi oshadi. So`rish tomonidagi bo`shlik xajmi kattalashganda nasosning kirish qismida bosimlar ayirmasi xosil bo`ladi va bu bo`shliq suyuqlikka to`ladi. Biror vaqtda bo`shlik yopiladi va bu tsilindrning xaydash tomoniga xarakatlana boradi: xar bir bo`shlik ma`lum xajmdagi suyuqlikni olib chiqadi. Vintning bir to’lik aylanishidagi suyuqlik tsilindr bo`yicha bir qadam uzunlikka siljiydi va o`zgarmas kesimdan to`kiladi. Yopik bo’shliklarning siljishi natijasida bosim so’rish bosimi rs dan xaydash bosimi rx gacha oshadi.
Eng ko’p tarqalgan vintli nasoslarga uch vintli nasoslar kiradi. Vintli nasoslarda asosiy ish organi vintlar bo`lib, ular aylanma xarakat qiladi. Ish vinti vazifasini faqat etaklovchi vint bajaradi. Etaklanuvchi vintlar uzatilayotgan suyuqlikning bosimi ta`sirida aylanadi, shuning uchun ekspluatatsiya davrida vintlar tez ishdan chiqmaydi, eyilmaydi va ishonchli bo`ladi. Etaklanuvchi vintlar zichlagich rolini o`tab, uzatish kamerasidan so`rish kamerasiga suyuqlikning qaytib tushishiga to`skinlik qiladi. Etaklovchi vintning ichki diametri va etaklanuvchi vintning tashqi diametri o`zaro tengdir. Uchta vintning kesimlari ish vaqtida o`zaro tegib cheksiz yuza bo`limi xosil qiladi va suyuqlikni so’rish kamerasidan uzatish kamerasiga so’ruvchi porshen’ rolini bajaradi. Bo’lim yuzasi vintning xar bir qadamida takrorlanadi, qadamlar soni ish uzunligida ko’paygan sari bo`shliklar soni oshib boradi. Vint qadami chegarasidagi xar bir bo`shlik ko`p pogonali nasoslardagi ayrim pog`ona o`rnida bo`lib, vint uzunligi ko`payishi bilan yuqori xajmiy FIK li katta bosim hosil qiladi. Vintli nasos uchta asosiy qismdan iborat: stator, nasos korpusi va rotor (etaklovchi vint). Leningrad metall zavodida MVN 10 markali vintli nasosning printsipial sxemasi yaratilgan. Bu nasosda to`rtta vint bor: o`rtadagi ikkitasi etaklovchi va ikkitasi etaklanuvchi. Vintlarning kesik joylari stator ichida jips joylashgan bo`lib, podshipnikka o`xshab aylanadi. Statorni boshqacha qilib rubashka xam deyishadi, undagi vintlar uzunligi esa ish uzunligi deyiladi. Rubashka oxiriga so`rish va xaydash kameralari kelib birlashgan. Etaklovchi valning oxiri korpusdan chiqib turadi va mufta yordamida dvigatelga ulanadi. Uqiy bosimni muvozanatlash maqsadida nasos vintlarida yoki korpusda suyuqlik xaydash kamerasi tomondan so`rish kamerasi orqasidagi vint tagiga suyuqlik oqib tushadigan ariqchalar yasaladi.
Nasosni buzilishlardan saqlash uchun saqlagich klapanlar qo`yilgan. Uch vintli nasoslarning ishlash printsipi quyidagicha. Etaklovchi vint dvigateldan aylanma xarakatga keltiriladi, bunday vintlarning ajratish tekisligi so`rish kamerasining chuqurchalarida joylashgan bir xajm suyuqlikni kesib ajratib oladi. Keyin suyuqlik vint bo`ylab xaydash kamerasiga, undan xaydash trubasiga qarab xarakatlanadi. Shu paytda so`rish kamerasida siyraklanish bo`ladi, natijada so`rish trubasidagi suyuqlik so`rish kamerasiga tushib, vint chuqurchasini to`ldiradi; bu protsess cheksiz davom qiladi va nasos ishining uzluksizligini ta`minlaydi.
Suyuqlik kesimi yuzasi tomonidan ajratib olinmasdan oldin r = ra – r bosimi ostida xarakatlanayotgan bo`a, uning keyingi xarakati vintlarning kesimi yuzalarining bosimi ostida sodir bo`ladi (porshen o`xshab). Suyuqliknasosga uzluksiz berilgani sababli bir tekis so`rish ro`y beradi. Vintli nasoslar 4 – 7 kg/sm2 dan 20 kg/sm2 gacha bosimlar uchun tayyorlanadi. Chegara so`rish balandligi 8 … 9 m suv ustuniga teng. Vint ish uzunligidagi o`ramlar soni, asosan, past bosimli nasoslar uchun z = 5 h, o`rta bosimlar uchun z = 3 h va yuqori bosimlar uchun z = 5 h deb qabul qilingan (bunda h – vint qadami).