4-variant Vintli nasoslar O’qiy nasoslar


O`qiy va markazdan qochma nasoslarning qo’llanilish soxalari



Yüklə 107,92 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü107,92 Kb.
#166800
1   2   3   4   5
4-variant Vintli nasoslar O’qiy nasoslar-fayllar.org

O`qiy va markazdan qochma nasoslarning qo’llanilish soxalari
Markazdan qochma va o’qiy nasoslarning o’lchamlarini hamda aylanish sonini o’zgartirishi yo’li bilan ularning sarfi, bosimi va quvvatini juda keng chegaralarda o’zgartirishga erishish mumkin. Shuning uchun bunday nasoslarning qo’llanilish soxalarini xarakterlashni ularning barcha ko’rsatkichlarini umumlashtiruvchi yagona bir ko’rsatkichga keltirish orqali amalga oshirish mumkin. Kurakli nasoslar uchun bunday ko’rsatkichlar ichida eng ko’p qo’llaniladigani tezyurarlik koeffitsienti xisoblanadi. Tezyurarlik koeffitsienti, boshqacha aytganda solishtirma aylanish soni deb shunday aylanish soniga aytiladiki, u bosim bir metr (N – 1m) bo’lganda nasos berayotgan suyuqlikka bir ot kuchi (0,735 kVt) ga teng energiya berishga imkon beradi va ns xarfi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, tezyurarlik koeffitsientidan nasosning suyuqlikka bergan energiyasini baxolash uchun foydalaniladi va shu yo’l bilan turli nasoslarni bir – biriga taqqoslashga imkon beradi.
O’xshashlik nazariyasi yordamida tezyurarlik koeffitsientini hisoblash uchun quyidagi formula keltirib chiqarilgan:



Tezyurarlik koeffitsienti nasosning turini aniqlashga yordam beruvchi universal ko’rsatkich bo’lib, u bir yo’la uchta asosiy xarakteristika (aylanish soni, sarf va bosim) ni o’z ichiga oladi.
Bu koeffitsientning miqdoriga qarab nasos kuraklarining tuzilishi, konstruktsiyasi bir – biriga o’xshash bo’ladi.
Tezyurarlik koeffitsientining qiymatiga qarab nasoslar quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
Markazdan qochma nasosning turi
40 . . . 80 Sekinyurar
80 . . . 150 O’rtacha
150 . . . 300 Tezyurar
300 . . . 600 Vintli (diagonal’)
600 . . . 1200 O’qiy (parrakli)
Yuqoridan ko’rinib turibdiki, tezyurarlik koeffitsientiga qarab nasoslarning ish g`ildiragi va qanotlarining tuzilishini aniqlash mumkin. Tezyurarlik koeffitsientining kichik miqdorlariga sekinyurar, o’rtacha va tezyurar markazdan qochma nasoslar to’g’ri kelsa, uning katta qiymatlariga diagonal’ va o’qiy nasoslar to’g’ri keladi.
Tezyurarlik koeffitsienti kichik markazdan qochma nasoslar yuqori bosim xosil qila oladi. Lekin sarfi kichik bo’ladi. Shuning uchun katta sarf kerak bo’lib, bosimning yuqori bo’lishi shart bo’lmagan yerlarda katta tezyurarlik koeffitsientiga ega bo’lgan (o’qiy) nasoslar ao’llaniladi.
Suyuqlik ishtirokida harakat uzatadigan mexanizmlarga gidravlik uzatmalar deyiladi.
Qo’llanilish printsipiga qarab gidravlik uzatmalar hajmiy va gidrodinamik turlarga bo’linadi.
Hajmiy gidravlik uzatmalar Hajmiy nasoslar yordamida ishlaydi. Bunday uzatmalarda energiya boshqaruvchi valdan suyuqlik orqali statik bosim sifatida uzatilib, gidrodvigatelni ishga tushiradi.
Hajmiy gidravlik uzatmalarda boshqaruvchi valga energiya statik bosim ko’rinishida berilgani sababli uni ko’pincha gidrostatik uzatma ham deyiladi.
Gidrodinamik uzatmalar parrakli gidromashinalar yordamida ishlaydi. Bu erda ish g`ildiraklarining parraklari yordamida suyuqlikka berilgan dinamik bosim energiyasidan foydalaniladi. Gidrodinamik uzatmalar ba`zan turbouzatma deb xam ataladi. Bunga sabab ularda markazdan qochma nasos va gidravlik turbinalardan birgalikda foydalaniladi.
Gidrodinamik uzatmalar bir oqimli va ikki oqimli bo’lishi mumkin. Bir oqimli gidrodinamik uzatmalarda hamma quvvat gidravlik g`ildiraklar orqali uzatiladi. Ikki oqimli gidrodinamik uzatmalarda esa dvigatel’ quvvatining bir qismi gidravlik gildiraklar orkali, ikkinchi kismi esa mexanik yul bilan uzatiladi. Gidrodinamik uzatmaning xarakat printsipini quyidagi sodda sxemada tushuntiramiz.
Nasos g`ildiraklarni aylantirishi bilan suyuqlik oqimiga energiya beriladi. Qo’shimcha energiya olgan suyuqlik turbina g`ildiragiga o’tadi va olgan energiyasini turbinaga berib, ish suyuqligi nasosga qaytadi. Suyuqlikning bunday yopiq xarakati nasos va turbina g`ildiraklaridagi aylantiruvchi momentning uzatilishini ta`minlaydi.
Aylanish momentining uzatilish usuliga qarab gidrodinamik uzatmalar ikkiga bo’linadi:

  1. gidromuftalar


  2. gidrotransformatorlar


Mashinalarda gidromufta va gidrotransformatorlar aloxida va turli kombinatsiyalarda qo’llanilishi mumkin, ya`ni gidromufta va gidrotransformator, gidromufta xamda ikki yoki uchta gidrotransport va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.Gidrodinamik mufta yoki turbomufta ko’rsatilgan.


Nasos va turbina g’ildiraklari shtaplangan yarim shar shaklida tayyorlanadi. Nasos va turbina g’ildiraklaridagi kuraklar ko’pincha ikki sirtga radial joylashtirilgan bo’ladi.
Nasos g’ildiragining aylanishi natijasida markazdan qochma kuch suyuqlikni strelka yo’nalishida xarakat qilishga majbur qiladi. Suyuqlik turbina g`ildiraklariga o’tganidan so’ng uni xarakatga keltirish, kamaygan energiya bilan yana nasos g`ildiragiga qaytib keladi. Turbina g`ildiragining xarakati esa etaklanuvchi valga beriladi.
Gidromuftalar uzatish soni 1 ga teng bo’lgan gidrouzatmalarda ishlatiladi. Agar uzatish soni 1 dan farqli bo’lishi zarur bo’lsa, u xolda har xil o’lchamli nasos va turbina qo’llaniladi. Turbina va nasoslarning o’lchamlari xar xil bo’lgani sababli yo’naltiruvchi apparat qo’llash zarurati tug’iladi. Bunday qurilmaga gidrotransformator deyiladi.
Gidrotransfarmator dvigatel’ yordamida harakatga keltiriluvchi nasos g`ildiragi 1 ish suyuqligini turbina g`ildiragi 2 ga yo’naltiradi. energiyani turbinaga berib, suyuqlik qo’zgalmas kurak 3 li yo’naltiruvchi apparat orkali nasosga qaytadi. Yo’naltiruvchi apparatning qo’zgalmas kuraklari nasos va turbina orasidagi suyuqlikning harakat miqdori momentini o’zgartiradi. Natijada turbinaning aylanish momenti va burchak tezligi mos ravishda o’zgaradi.
Gidrodinamik uzatmalar katta energiya sig`imiga ega bo’lib, kinetik imkoniyatlari deyarli cheklanmaganligi tufayli ular mashinasozlik texnikasining turli soxalarida keng qo’llanilmoqda.
Bunda dvigatel’ bilan kuch uzatmasi orasida fikr bog`lanish yo’qligi sababli dvigatel’ va uzatma qismlari zarbga uchraydi. Gidravlik uzatmalar mashinani turgan joydan siljishida va tezlikni o’zgartirish natijasida hosil bo’ladigan keskin siljinishlarni keskin kamaytiradi, bu esa mashinaning chidamliligini oshiradi, xizmat qilish vaqtini uzaytiradi.
Hijmiy gidrouzatmalar hajmiy gidromashinalar yordamida mexanik energiyani uzatish va o’zgartirish uchun mo’ljallangan. Hajmiy nasos va gidrodvigateldan tuzilgan qurilma hajmiy gidrouzatmaning printsipial asosi xisoblanadi.
Hozirgi vaqtda metalga ishlov beradigan deyarli xamma zamonaviy stanoklar hajmiy gidrouzatma bilan ta`minlangan. Shuningdek, paxta zavodlarida tola toylovchi gidropresslar xam gidrouzatmalar yordamida harakatga keladi.
Porshenli gidrouzatmaning sxemasi – nasos porshen’ 1 ning ilgarilanma – qaytma xarakatini kuch tsilindridagi porshen’ 2 ning ilgarilanma – qaytma xarakatiga aylantiruvchi qurilmaning printsipial sxemasi ko’rsatilgan. Porshen’ 1 strelka a bilan ko’rsatilgan yo’nalishda harakat qilganda suyuqlik kanal 3 bo’ylab keladi va porshen’ 2 ni bosadi va uni v strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishda siljitadi. Porshen’ 2 ning boshqa tomonidagi tsilindrda bo’lgan suyuqlik kanal 4 dan chiqib ketadi. Porshen’ 1 strelka v yo’nalishi bo’ylab harakat qilganda porshen’ 2 va u bilan bog`lik bo’lgan stol teskari yo’nalish bo’yicha xarakat qiladi.
3. KUrakli nasoslar
9.1-rasmda markazdan qochma nasosning sxemasi keltirilgan bo'lib, u nasosning ishlash printsipini shartli ravishda ko'rsatadi.

Bunda surish trubasi orqali ta'minlovchi idishdan ko'tarilgan suyuqlik kameraning o'rtasiga kiradi, hsungra val 1 orqali harakatga keltiriluvchi ish gildiragi 2 ning kuraklari 3 orasidan o'tib, nasos kamerasi 4 ga tushadi.

Bu erda markazdan qochma kuch ta'sirida xosil bo'lgan bosim suyuqlikni xaydash trubasiga siqib chiqaradi. Suyuqlikni xaydash trubasida ma'lum miqdordagi tezlik bilan ta'minlanishi uchun o'tkazuvchi kamera, yo'naltiruvchi apparat 5 va diffuzor 6 kabi bir qancha maxsus moslamalardan foydalaniladi.


Yüklə 107,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin