DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
|
VAQTI
|
1
|
Tashkiliy qism
|
___daqiqa
|
2
|
O’qituvchining kirish so’zi
|
___daqiqa
|
3
|
O’quvchilarning bilimini tekshirish
|
___daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuning bayoni
|
___daqiqa
|
5
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
___daqiqa
|
6
|
Darsning yakuni
|
___daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa
|
___daqiqa
|
Jami
|
80 daqiqa
|
MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
I. Kirish:
(15 minut)
|
1.1. Mavzu nomi, mаqsadi, o’quv mashg’ulotining natijalari e’lon qilinadi.
1.2. Mavzu rejasi bilan tanishtiriladi.
|
Eshitiladi.
Yozib oladilar.
|
II. Asosiy bosqich:
(55 minut)
|
2.1. Tezkor so’rov texnikasidan foydalanib, o’tilgan mavzu eslatiladi, talabalar
faollashtiriladi.
2.2. Yangi mavzuga tushuncha beriladi.
2.3. Yangi mavzuning maqsadi va vazifalari tushuntirildi.
2.4. Faollashtirish maqsadida savollar beriladi.
2.5. Yаngi mavzuning tarkibiy qismlariga ta’rif beriladi.
|
Savol-javobda faol qatnashadilar.
Eshitiladi.
Savolga-javob beradilar
Mustaqil fikrlaydilar.
Yozib oladilar.
|
III. Yakuniy bosqich:
(10 minut)
|
3.1. Mavzuni reja asosida xulosa qilib, eng muhim mashg’ulotlarga talablar diqqatini jalb qiladi.
3.2. Muhokamada faol qatnashgan talabalarni rag’batlantiradi, baholaydi, yozib oladi.
3.3. Mavzuning qolgan ikkita rejasini mustaqil keyingi darsga o’rganib kelishlari aytiladi.
|
Eshitiladi.
Yozib oladilar.
|
3-Mavzu: Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari
Reja:
Issiqlik elektr stansiyalarida energiyaning o‘zgartirilishi.
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasining (KES) issiqlik balansi
Issiqlik elektr markazlari
Bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalari
Atom elektr stansiyalari
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari (KES) organik yoqilg‘ining energiyasini avvalo mexanik, so‘ngra elektr energiyasiga aylantiradi. Valning aylanishdagi mexanik energiyasi bug‘ yoki gaz molekulalari harakatini o‘zgartirish (aylantirish) orqali hosil qilinadi.
Barcha issiqlik motorlari foydalanuvchi ishchi massaning turi bo‘yicha bug‘ va gaz, issiqlik energiyani mexanik energiyaga aylantirish
usuli bo‘yicha porshenli va rotorli turlarga bo‘linadi. Porshenli usulda energiyani o‘zgartirishda ishchi massani qizdirish natijasida paydo bo‘luvchi potensial energiyadan foydalaniladi. Rotorli usulda o‘zgartirishda esa, katta tezlikda harakatlanuvchi ishchi massa zarrachalarining kinetik energiyasidan foydalaniladi.
XVIII va XIX asrlarda bug‘ mashinasi sanoat va transportda foydalaniluvchi yagona motor turi hisoblangan. Hozirgi davrda u amalda uchramaydi, o‘tmishda keng qo‘llanilgan paravoz va paraxodlar ishlab chiqarishdan deyarli to‘liq olib tashlangan.
Hozirgi davrda, asosan avtomobil transportida qo‘llaniluvchi, ichki yonuv motorlari keng tarqalgan. Statsionar energetikada ichki yonuv motorlari cheklangan miqdorda qo‘llaniladi.
Hozirgi davrda mamlakatimizdagi KESlarda bug‘ turbinalaridan foydalaniladi. Uch fazali elektr generatorlarini aylantirish uchun xizmat qiluvchi birinchi bug‘ turbina 1899-yilda Elberfeld elektr stansiyasida o‘rnatilgan. Shu davrdan katta quvvatdagi bug‘ turbinali elektr stansiyalari taraqqiyoti boshlandi.
KESlarda issiqlik motorlari sifatida gaz turbinalaridan ham foydalaniladi.
Issiqlik motorlari samaradorligini oshirish uchun ishchi massaning harorati va bosimini, konstruktiv materiallarning mexanik mastahkamligini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, maksimal darajagacha oshirishga harakat qilinadi.
Energetikaning asosini tashkil etuvchi zamonaviy bug‘ qurilmalarida harorati 6000C gacha va bosimi 30 MPa gacha bo‘lgan bug‘dan foydalaniladi. Ishchi massaning haroratini pasaytirish uchun sovuq suvdan foydalaniladi va bunda harorat 30-400C gacha pasayadi. Natijada bug‘ bosimi juda tez kamayadi. 2.3-rasmda organik yoqilg‘ining birlamchi energiyasini elektr energiyasiga aylantirish bosqichlari sxematik tarzda ifodalangan.
Y oqilg‘i
|
Issiqlik
|
Mexanik
|
Elektr
|
|
energiya
|
energiya
|
|
|
|
|
3.1--rasm. Issiqlik elektr stansiyalarida energiyaning o‘zgartirilish sxemasi.
Yuqorida qayd etilganidek, bug‘ qurilmalarida issiqlik siklining asosiy jarayonlari quyidagi elementlarda yuz beradi: bug‘ generatorida – issiqlik uzatish, turbinada – bug‘ning kengayishi, kondensatorda – issiqlikni olish (sovitish). Yuqori bosim nasoslari yordamida kondensat bug‘ generatoriga haydaladi.
Yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanuvchi KESning mukammal sxemasi 2.4-rasmda tasvirlangan. Gaz taqsimlash punktidan yonish kamerasiga uzatiladi. Uning yonishida paydo bo‘lgan issiqlik quvurlardagi suvni isitib, bug‘ga aylantirish uchun foydalaniladi. Suv regeneratsion isitkichlarga nasos yordamida haydaladi. Regeneratsion isitkichlarda qizdirilgan suv qozonga kirib boradi. U yerda suv bug‘ga aylantirilib, yuqori darajada qizdiriladi.
Qozondan chiqqan yuqori harorat va bosimdagi bug‘ ketma-ket tarzda turbinaning yuqori, o‘rta va past bosim silindrlariga kirib borib, uni harakatga keltiradi. Turbinada bug‘ energiyasi generator rotori aylanishining mexanik energiyasiga o‘zgartiriladi. Turbinaning yuqori o‘rtacha bosim silindrlaridan chiquvchi bug‘ning bir qismi yuqori bosimli regeneratsion bug‘ isitkich va past bosimli regeneratsion suv isitkichlarda foydalaniladi. Uning past bosim silindridan chiqqan bug‘ kondensatorga kirib keladi va u yerda sovitilib, suvga aylanadi. Paydo bo‘lgan suv nasos yordamida past bosimli regeneratsion suv isitkich va yuqori bosimli regeneratsion bug‘ isitkichlarda qizdirilib qayta qozonga haydaladi. So‘ngra sikl takrorlanadi. Bug‘ni kondensatorda sovitish havzadan (hovuz, daryo, kanal) ta’minlovchi nasos vositasida olinuvchi suv yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘mirning yonishida paydo bo‘luvchi chiqindilar tozalovchi inshootlar orqali o‘tadi. Bu yerda kul va ko‘mirning yonmay qolgan qattiq zarrachalari ajratib olinadi, gazlar esa 26 quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Elektr generatori statoridan olinuvchi elektr energiyasi chiquqlar orqali elektr sistemasiga beriladi.
2.5-rasmda ko‘mirda ishlovchi kondensatsion IESda issiqlikni olish va uni elektr energiyasiga aylantirish texnologik jarayonining umumiy sxemasi keltirilgan.
22
EUYuЭУЛ
Transformator
Turboagregat
Qo‘shni
qozondan
Gaz
Boshqa stansiyalarga
СовитишSovitishtiziminingтизиминингинингsuv
ta’minoti
ссууввтаъминотииноти
2.4-rasm. Gazda ishlovchi kondensatsion issiqlik elektr stansiyasining prinsipial sxemasi:
1 – gazni taqsimlash punkti; 2 – gorelkalar; 3 – past bosimli regeneratsion isitkichlar; 4 – regeneratsion isitkich; 5 - deaerator; 6 – kondensat nasos; 7 – ta’minlovchi nasos;
8 – deaerator; 9 – sirkulatsiyalovchi nasos; 10 – avankamera; 11 – gradirnya; 12 – kondensator-issiqlik almashtirshich; 13 – generatorning qo‘zg‘atkichi ; 14 – elektr generatori; 15 – past bosim silindri; 16 – o‘rtacha bosim silindri; 17 – yuqori bosim silindri; 18 – yuqori bosimli regeneratsion bug‘ isitkichlar; 19 – ta’minlovchi suv quvurlari; 20 – shift bug‘ isitkichlari; 21 – shirmoviy bug‘ni o‘ta isitkichlar; 22 – konveksion bug‘ni o‘ta isitkichlar; 23 – oraliq bug‘ni o‘ta isitkichlar; 24 – ekonomayzer; 25 – havo isitkich; 26 – tutun quvuri; 27 – tutun so‘rgich; 28 – haydovchi ventilator; 29 – qayta sirkulatsiyalovchi ventilator; 30 – zaxira yoqilg‘isi (mazut) ombori; 31 – temir yo‘l vagon-sesternyasi; 32 – zaxira yoqilg‘isini uzatish tizimi; 33 – zaxira yoqilg‘isi filtri; 34 – zaxira yoqilg‘isini isitkichlari.
Ko‘mir
Ko‘mir
ombori
Tegirmon
Bug‘
Qozon Havo agregati
Turbina
Generatorо
|
|
|
|
|
|
|
|
Tutun
|
|
|
|
|
|
|
Zola
|
|
Tutun
|
|
|
|
|
|
|
|
quvuri
|
|
|
|
|
|
|
tutkich
|
|
so‘rgich
|
|
|
Chiqindilar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3.5-rasm. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi texnologik jarayonining sxemasi.
Dostları ilə paylaş: |