Mahalliy shamollar. Yer yuzining xususiy relef (shakl) sharoitlar (dengizlar, tog‘lar va h.) mahalliy shamollarni vujudga keltiradi.
Brizlar. Kunduzi va tunda temperatura o‘zgarishlar sababli dengiz sohilidan shamollar paydo bo‘ladi, ularga brizlar deb ataladi. Ularning tarqalish mintaqa - taxminan 40 km dengiz tomoniga va 40 km quruqlik tomoniga.
Mussonlar. Okean va katta dengizlar sohilidagi temperaturaning yillik o‘zgartirishlar, brizlarga o‘xshash, yillik davrlar bilan sirkulyatsiyani vujudga keltiradi.
Mintaqalardagi har xil hududlar bir biridan katta farqlanuvchi shamollar rejimlarga ega. Muayyan tumanidagi shamolning o‘rtacha yillik tezlik qiymati shamol dvigateldan foydalanish maqbuligi va agregatning samaradorligi haqida taxminan xulosa chiqarish uchun imkoniyatini beradi.
O‘rnatish joyni va SHEQning maqbul konstruksiyani tanlash bo‘yicha aniq texnik qarorni qabul qilish uchun turli xil yilning oylardagi turli xil joyining ko‘p nuqtalardan va turli xildagi tepaliklardan mufassal kuzatishlar zarur. Bunday kuzatishlarning natijalari meteorologiya xizmati bo‘yicha olinadigan standart meteoma’lumotlar (shamolning yo‘nalishi va tezligi) bilan taqoslanadi.
Meteorologiya xizmati bo‘yicha shamol tezligi (vizual kuzatuvlarga asoslangan) Bofort shkala asosida tasniflanadi (9.1-jadval).
Shamolning yo‘nalishi qaysi dunyo tomonidan shamol yesayotgani bilan aniqlanadi. Shamol yo‘nalishi haqida meteoma’lumotlar shamollar guli shaklda beriladi (9.2-rasm), unda turli xil yo‘nalishda shamolning o‘rtacha tezligi ko‘rsatiladi. Shamollar gulida o‘rtacha tezligi o‘rniga har xil yo‘nalishidagi tezliklar bo‘yicha shamolning taqsimlanishni kursatish mumkin (9.2,-b rsm).
9.2. Rasm Shamollar guli: a – shamol yo‘nalishi; b – shamol yo‘nalishi va tezligi
Shamol yo‘nalishi va tezligidan tashqari, shamol balandligi va unig vaqt bo‘yicha o‘zgarishlar ham muhim ahamiyatga ega. Turli xil balandliklarda shamol tezligi har xil bo‘ladi, shuning uchun turli xil balandliklardagi SHEQning shamol g‘ildirakka shamol ta’siri ham har xil bo‘ladi.
Amaliy masalalarda SHEQ bir yilga ishlab chiqaradigan umumiy energiyaning miqdori emas, balki doimo ta’minlaydigan quvvatni bilish ahamiyatiga egadir. Shamol tezligi 12 m/s-dan kattaroq bo‘lganda SHEQ yetarli darajada elektr energiyani ishlab chiqaradi, ayrim hollarda bu energiyani chiqarish yoki g‘amlash zarur.
Energiyani ishlab chiqarish qiyinchiliklar tinch yoki kuchsiz shamol davrlarda sodir bo‘ladi. Shuning uchun, shamol energetikasi uchun shamol tezligi 5 m/s-dan kichik bo‘lsa – shu xuddudlar yaroqsiz, tezligi 8 m/s-dan ortiq bo‘lsa – xuddudlar juda yaxshi deb qonun bo‘lib hisoblanadi.
Shunga qaramasdan, barcha hollarda mahalliy meteosharoitlarga mos bo‘lgan SHEQning tavsiflarni sinchiqlab tanlash zarur.
Dostları ilə paylaş: |