Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash


O‘zRda elektr energiyani ishlab chiqarish va iste’moli balansining ssenariysi (MVt.soat)



Yüklə 293,92 Kb.
səhifə6/7
tarix18.10.2022
ölçüsü293,92 Kb.
#65351
1   2   3   4   5   6   7
1b-EE 1-mustaqil ish

O‘zRda elektr energiyani ishlab chiqarish va iste’moli balansining ssenariysi (MVt.soat)

1.3-jadval


Balansning tashkil etuvchisi

2010 y., amalda

2015 y.

2020 y.

1. EE iste’moli

50747,0

56000,0

64900,0

2. EE eksporti

1164,0

900,0

1800,0

3. EE ishlab chiqarish shu jumladan:

51911,0

56900,0

66700,0

3.1. «O‘zbekenergo» DAK
shu jumladan
3.1.1. IES
3.1.2. GES
3.1.3. NQTE

50057,0
43508,0
6549,0
-

52315,0
46568,0
5746,0
-

62115,0
53442,0
8352,0
321,0

3.2. Blokstansiyalar

1834,0

4585,0

4585,0

Elektr energiya balansini ushbu jadvalda keltirilgan darajada bo‘lishini ta’minlash elektr stansiyalarida qo‘shimcha, samarali bloklarni o‘rnatib, ishga tushirish, mavjudlarini modernizatsiyalash, qo‘shimcha elektr tarmoqlarini qurishni nazarda tutadi.


2015-yilgacha bo‘lgan vaqt davomida issiqlik energetikasi sohasida Navoiy IESni 478 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ)ni o‘rnatish hisobiga kengaytirish, Toshkent issiqlik elektr markazini 3 ta 27 MVt quvvatli gaz-turbina qurilmasi (GTQ)ni o‘rnatish hisobiga modernizatsiyalash, Tollimarjon IESni 2 ta 450 MVt quvvatli BGQni o‘rnatish hisobiga kengaytirish, Toshkent IESni 370 MVt quvvatli BGQni o‘rnatish hisobiga modernizatsiyalash, Angren ko‘mir havzasini modernizatsiyalash orqali Yangi-Angren IESning 1-5 bloklarini butun sutka davomida ko‘mir yoqishga o‘tkazish bo‘yicha investitsiya loyihalarining bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Gidroenergetika sohasida esa, ushbu vaqt davomida modernizatsiyalash ishlarini amalga oshirish hisobiga Chorvoq GESning quvvatini 45 MVtga, Toshkent GESlari kaskadining quvvatini 8,3 MVtga, Quyi Bo‘zsuv GESlarining quvvatini 2,5 MVtga oshirishga oid investitsiya loyihalari bajariladi.
Elektr tarmoqlarini takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalari bir qator magistral elektr uzatish liniyalari va podstansiyalarining qurilishini ko‘zda tutadi. Jumladan, ushbu muddatlarda qurilishi rejalashtirilgan 500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va podstansiyalari haqida ma’lumotlar 1.4- jadvalda keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida elektr energetikasini taraqqiy ettirishning 2011–2015-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishish rejalashtirilgan:

  • 2393 MVt generatsiyalanuvchi quvvat, 1004 km uzunlikdagi 110-500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, umumiy quvvati 2118 MVA bo‘lgan transformatorlar ishga tushiriladi;

  • energetik ishlab chiqarishning samaradorligini oshishi hisobiga har yili 1010 mln.kub.m. gaz iqtisod qilinadi;

  • elektr energiyani uzatishdagi isroflar 437 mln.kVt.soatga kamayadi;

  • yoqilg‘i-energetika balansida ko‘mirning ulushi 3,6% dan 10-

11% gacha ortadi;

  • maishiy sektorda 4,5 millionta elektr energiya sarfini hisobga olish asboblarini o‘rnatish bilan modernizatsiyalash orqali elektr energiya isrofi 1,8 mlrd.kVt.soatga kamayadi.


Yüklə 293,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin