Ish joyini tashkil eting. Elektr fenning tarmoq simi, tarmoq kaliti, termostat, spiralini multitesterda tekshiring.
2.
Elektr fen biroz ishlab
tarmoqdan uzilib qolmoqda.
Insulatsiya-testerda tarmoq simi insulatsiya qarshiligi va elementlar termostat, tarmoq kalitini tekshiring.
3.
Elektr fen spirallari cho‘g‘lanib ishlamoqda.
Elektr dvigatelning aylanish chastotasi kam. Uning yakor o‘qiga soch o‘ralib qolgan yoki elektr dvigatel ishdan chiqqan. Elektr dvigatelni almashtiring.
4.
Elektr fendan sovuq havo chiqmoqda.
Elektr fenning H2, H3 spirallari qarshiligini ommetrda tekshiring, uzilgan spiralni ulang yoki almashtiring.
Mavzuga oid test savollari
1. Elektr fendan sovuq havo chiqmoqda, iliq havo esa chiqmayapti. Nosozlikni toping. Elektr dvigatel tez aylanyapti
Parrak singan
Spiral chala kuygan
Termostat ishdan chiqqan
2. Elektr fenning spirali cho‘g‘lanib ketmoqda. Nosozlikni toping. Spiral ishdan chiqqan
Termostat kontaktlari kirlangan
D. Vaziyatlar kaliti kontaktlari ishdan chiqqan E. Elektr dvigatelning aylanish chastotasi kam
3. Elektr fendan chiqayotgan havo harorati me’yoridan yuqori. Nosozlikni toping. Diod ko‘prigi ishdan chiqqan
Bitta spiral uzilgan
Elektr dvigatel va parrak oralig‘iga soch o‘ralib, aylanish chastotasini kamaytirib yuborgan
Vaziyatlar kalitidagi to‘g‘irlagichli diod kuygan
4. Uy-ro‘zg‘or buyumlaridagi elektr montaj holati qanday asbob bilan tekshiriladi? A. Ampermetr
B. Multi-tester
Voltmetr
Insulatsiya-tester
5. Elektr fenlarda elektr dvigateli aylanmay qolsa spiral qanday himoyalanadi? Saqlagich kuyishi bilan
Termostat qizib ajralishi bilan
Kalit orqali
Diod kuyishi bilan
6. Elektr dvigatelli uy-ro‘zg‘or buyumlarining 220 volt kirishiga parallel kondensator o‘rnatilgan, bu kondensatorning vazifasi nimalardan iborat? Buyum ishlaganda elektr dvigateldan chiqadigan xalaqit signallarning tarmoqqa chiqarmasligi uchun
Buyum ishlaganda elektr dvigateldan chiqadigan xalaqit signallarni so‘ndirish uchun
Kirish va chiqishga xalaqit signallarini o‘tkazmaslik uchun
Kirishdagi xalaqit signallarini o‘tkazmaslik uchun