Elektr fenlarning tarixi


Elektr fenning tuzilishi va elementlari



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə2/4
tarix09.06.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#127768
1   2   3   4
21-дарс-электр-фен

21.4. Elektr fenning tuzilishi va elementlari

  1. – diffuzor nasadkasi;

  2. – asos;

  3. – tashqaridagi havoni so‘rib oluvchi teshikchalar;

  4. – dasta;

  5. – tarmoq simini himoyalovchi saqlagich;

  6. – sovuq havo rejim tugmasi;

  7. – havo harorati oqimini boshqaruvchi tugma;

  8. – havo oqimining tezligini boshqaruvchi tugma;

  9. – «Turbo» rejimi – o‘rtacha havo oqimi; 10 – fenni ilgich moslamasi.

Elektr fen qanday ishlaydi?
Elektr fenlar ikki qismdan iborat: qizdiruvchi element va elektr dvigatel. Ular ~220 volt 50 Hz tarmoq kuchlanishidan oziqlanadi. Qizdiruvchi element sifatida nixrom spiralidan foydalanilgan, spiral issiq havoni ta’minlab beradi. Elektrofenlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr dvigatellardan foydalanilgan. Spiral ma’lum qarshilikka ega, undan oqib o‘tayotgan tok boshlang‘ich kuchini yo‘qotadi va diod ko‘prigidan o‘tib o‘zgarmas tokka aylanadi hamda elektr dvigatelga uzatiladi. Elektrofenlardagi elektr dvigatellar 12 V, 24V va 36 voltda ishlaydi, kam holatlarda ~220 voltda ishlaydigan elektr dvigatellardan foydalaniladi. Elektr dvigatel parragi tashqaridagi havoni so‘rib spiralga yo‘naltiradi. Elektr fen chiqishida issiq havo olinadi. Elektr fenning quvvati spiralning qalinligi va elektr dvigatelning quvvatiga bog‘liq.
Elektr fenlarning chiqishidagi havo harorati darajasini spiralni qo‘shib yoki ajratib o‘zgartirish mumkin. Buning uchun elektr fenning dastasidagi harorat darajasi tugma rejimini o‘zgartirib amalga oshiriladi. Tugmalarni va havo bosimini elektr dvigatelning aylanish tezligini oshirib o‘zgartirish mumkin. Bu elektr fenning dastasidagi tugmani o‘zgartirib amalga oshiriladi.

Qizdiruvchi element (spiral) presslangan issiqqa bardosh qog‘ozning ustiga o‘raladi, spiral bir yoki ikki chulg‘amli bo‘ladi. U harorat darajasi dastadagi boshqaruvchi tugma yordamida boshqariladi. Undan elektr toki oqib o‘tganda elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantirib beradi. Spiral cho‘g‘lanmasligi uchun unga doimo elektr dvigatel parragidan sovuq havo oqimini purkab turadi.
Termostatning ikkita kontakti bir-biri bilan qo‘shilib turadi. Unga bimetall plastinka qotirilgan, termostat havo chiqish yo‘liga o‘rnatiladi. Unga doimo havo oqimi yo‘naltirilgan bo‘ladi. Havo oqimi kamaysa, spiral qizib havoning harorati keskin ortib ketadi. Bu issiq havo termostatdagi bimetall plastinkaga ta‘sir etib, plastinka bukiladi. Kontaktlarni ajratib yuboradi va shu tariqa elektr fenni himoyalaydi. Termostat soviganidan so‘ng bimetall plastinka o‘z holatiga qaytib kontaktlar qo‘shadi. Bunday nosozlik elektr dvigatelning aylanish chastotasi kamayib ketishi hisobiga yetarli darajada elektr dvigatel parragi spiralni sovitib bera olmayotganidan sodir bo‘ladi. Elektr fenlardagi elektr dvigatellar spiralini sovitish va tashqaridagi sovuq havo oqimini so‘rib olib spiralda hosil bo‘lgan issiq havoni tashqariga chiqarib berishdan iborat. Elektr fenlardagi elektr dvigatellar turli quvvatda, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda oziqlanadi. Ularning yakor o‘qiga parrak o‘rnatib havo ventilatsiyasi ta’minlanadi.
Termosaqlagichlar himoya elementi hisoblanadi. Ular issiqlik ta’sirida yoki elektr zanjiri qisqa tutashganda elektr zanjirni uzib qo‘yadi. Uni almashtirish yo‘li bilan nosozlikni bartaraf etib bo‘lmaydi, chunki elektr zanjirda qandaydir nosozlik bo‘lganligi uchun termosaqlagich elektr zanjirni uzgan, shu sabali nosozlikni ham bartaraf etish lozim.
Har qanday uy-ro‘zg‘or buyumi elektron boshqariladigan bo‘lsa, uning imkoniyatlari ortib boradi, bu foydalanuvchiga qulaylik yaratib beradi. Shuning uchun elektr fenning ham elektron boshqarilish sxemalari mavjud. U sochni quritish yoki turmaklash vaqtida havo bosimini ko‘paytirish va haroratini o‘zgartirish imkoniyatlari
mavjud. Foydalanuvchi bu imkoniyatlardan foydalanib sochni turmaklash, quritish ishlarini amalga oshiradi. Vaziyatlar bo‘yicha elektr dvigatelning tezligini oshirish, havo haroratini oshirish yoki kamaytirish elektr fenning dastasidagi kalitlar yordamida bajariladi. Elektr fenlarning dastagidagi qo‘shish va ajratish kalitlari spiralni qo‘shish-ajratish yoki elektr dvigatelni diod orqali, spiral orqali ulab harorat va shamol tezligini o‘zgartiradi.



Harorat vaziyatlar kaliti SW1 ning tarmoq oziqlanishi, XP1 orqali C1, R1 filtri F1, F2, himoya elementlari VD5 diodidan o‘tib, kuchlanishni kamaytiruvchi H1 spiralga uzatiladi, kuchlanish tushishi spiralda hosil bo‘lib, pasaytirilgan kuchlanish VD1–VD4 diodlari o‘zgarmas tokka aylanib elektr dvigatelni oziqlantiradi. L1, L2 induktivlik va C2, C3 kondensatorlari elektr dvigatel yakori aylanish vaqtida hosil bo‘lgan xalaqitlarni so‘ndirishni ta’minlaydi. SW1 kalitining 2 holatida DV5 diodi orqali N2 ga uzatadi, elektr dvigatel o‘rtacha tezlikda aylanib, N2 esa yuqori haroratda qiziydi, SW3holatida iste’mol qiladigan quvvati o‘rtacha bo‘lib, N2 spiraliga parallel H3 ulanadi. Elektr fen chiqishidan eng issiq haroratda ishlaydi. «Cool» tugmasida H2, N3 spirallar uzilib, faqat N1 spiral elektr dvigatelni oziqlantiradi. «Cool» tugmasi bosilgan holatda elektr fendan sovuq havo chiqadi. Vaziyatlar kalitining o‘zgarishi natijasida spirallarning ulanishi o‘zgarib, spiral hamda elektr dvigatelning oziqlanish kuchlanishi o‘zgarar ekan.
37-jadval

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin