Ta’kidlash joizki, elektromagnit va mexanik tebranishlar turli tabiatga ega bo‘lsa-da, o‘xshash tenglamalar bilan ifodalanadi.
Ta’kidlash joizki, elektromagnit va mexanik tebranishlar turli tabiatga ega bo‘lsa-da, o‘xshash tenglamalar bilan ifodalanadi.
Xuddi elektr zaryadlari kabi tokli o‘tkazgichlar orasida ham o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud bo‘ladi. Buni amalda kuzatish uchun ikki elastik o‘tkazgich olib, ularni vertikal holatda tayanchga mahkamlaymiz. Agar o‘tkazgichlarning yuqori qismini sim orqali ulasak, o‘tkazgichlardan qarama-qarshi yo‘nalishda tok oqadi (1.13-a rasm). Natijada o‘tkazgichlar bir-biridan itarilib, orasidagi masofa uzoqlashadi. Agar o‘tkazgichlardan bir xil yo‘nalishda tok oqishini ta’minlasak, o‘tkazgichlar bir-biriga tortiladi (1.13-b rasm).
Amper qonunidan foydalanib, vakuumdagi cheksiz uzun parallel tokli o‘tkazgichlar orasida hosil bo‘ladigan o‘zaro ta’sir kuchining yo‘nalishi va son qiymatining kattaligini aniqlaylik.
Bir-biridan d masofada joylashgan, ikkita parallel o‘tkazgichlardan bir xil yo‘nalishda I 1 va I 2 tok o‘tayotgan bo‘lsin (1.14-rasm). O‘tkazgichlardan o‘tayotgan I 1 va I 2 toklarning magnit maydon induksiya vektorining chiziqlari konsentrik aylanadan iborat bo‘ladi. Agar I 1 tok pastdan yuqoriga oqayotgan bo‘lsa, ikkinchi o‘tkazgichda yotgan nuqtalarda B1 vektor (parma qoidasiga binoan) bizdan kitob tekisligi tomon yo‘nalgan bo‘ladi va ular o‘zaro tik joylashgan. Birinchi tokning magnit maydoni tomonidan ikkinchi tokka ko‘rsatiladigan F2 ta’sir kuchi kattalik jihatdan, Amper qonuniga muvofiq quyidagiga teng bo‘ladi: