Elektr kattaliklar, ulani o‘lchash usullari va asboblari. Asosiy elektr kattaliklar (zaryad miqddori, elektr maydoni kuchlanganligi, potentsial, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o’zaro munosabatlari


Musbat zaryadlar ham tok kuchini tashiydimi?



Yüklə 18,57 Kb.
səhifə4/6
tarix15.04.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#98572
1   2   3   4   5   6
Elektr kattaliklar, ulani o‘lchash usullari va asboblari. Asosiy-fayllar.org

Musbat zaryadlar ham tok kuchini tashiydimi? Ha. Bunga juda ham koʻp misollar bor. Masalan, shoʻr suvda tok ham musbat, ham manfiy zaryadlar yordamida hosil qilinadi. Agar biz odatiy osh tuzini suvga solsak, u juda ham yaxshi oʻtkazgichga aylanadi. Osh tuzi – bu natriy xlorid, NaCl. Tuz suvda parchalanadi va Na^++start superscript, plus, end superscript va Cl^-−start superscript, minus, end superscript ionlariga ajraladi. Ikkala ionga ham elektr maydon taʼsir qiladi va ular eritma boʻylab qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi. Bunday holatda tok kuchi erkin elektronlar bilan emas, harakatlanayotgan atomlar, yaʼni musbat va manfiy ionlar yordamida hosil qilinadi. Bizning tanamizda ham musbat, ham manfiy ionlar tok kuchini olib oʻtadi. Tok kuchining taʼrifi bu yerda ham oʻrinli: u vaqt birligida oqib oʻtgan zaryad miqdoriga teng.
Tok kuchi paydo boʻlishiga nima sabab boʻladi? Zaryadli zarralar elektr va magnit kuchlar taʼsirida harakatlanadi. Bu kuchlar elektr va magnit maydonlar sababli yuzaga keladi. Maydonlarni esa oʻz navbatida zaryadlarning harakati va joylashgan oʻrni hosil qiladi.
Tok kuchining tezligi qancha? Biz odatda tok kuchining tezligi haqida fikr yuritmaymiz. “Tok qanchalik tez oqyapti?” degan savolga javob topish murakkab fizik hodisalarni tushunishni talab qiladi. Tok kuchining tezligi odatdagidek metr taqsim sekund emas, balki zaryad taqsim sekundga teng. Koʻpincha biz “Qancha tok oqib oʻtyapti?” degan savolga javob beramiz.
Biz tok kuchi haqida qanday fikr yuritamiz? Tok kuchi muhokama qilinayotgandaorqali va boʻylab soʻzlari koʻp narsani hal qiladi. Tok qarshilik orqali oqmoqda; tok sim boʻylab oqmoqda. Agar siz “tok ichida...” degan gʻalati gapni eshitsangiz, bilingki, bu absurd tushunchadir.
Elektr maydonini ikki nuqtasi orasidagi potensiallar ayirmasi elektr kuchlanish deb ataladi
Elektr kuchlanish qiymati jihatdan birlik zaryadni maydonning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga ko'chirishda sarflangan ishga teng.
Kuchlanish - vektor kattalik bo'lib, uning musbat yo'nalishi potensiali yuqori bo'lgan nuqtadan potensiali past bo'lgan nuqtaga tomon olinadi, qiymati esa o'zi aniqlanayotgan nuqtalar holatiga bog'liq va zaryad ko'chayotgan yo'lga bog'liq emas. Аgar q zaryadli zarracha elektr maydonida biror masofa boʼylab koʼchirilsa, u holda unga taʼsir etuvchi kuchlar ish bajaradi. Bu ish-ning koʼchirilayotgan zaryadga nisbati elektr kuchlanishi deb atal-mish, fizik qiymatga teng boʼladi. Zarracha q ning dl masofaga koʼchirilishini koʼraylik, bunda maydon kuchlari quyidagi ishni bajaradi:
Magnit maydonini o'zgarishi natijasida elektr maydoni va aksincha elektr maydonini o'zgarishi natijasida magnit maydoni hosil bo'lishi bu ikki maydonning o'zaro bog'liqligini bildiradi.
Elektr maydoni - elektr zaryadlari va oʼzgarayotgan magnit maydoni yordamida hosil boʼladi. Magnit maydoni esa harakatlanayotgan zaryadlangan zarrachalar va oʼzgarayotgan elektr maydoni yordamida hosil boʼladi. Elektr maydoni deb, elektr zaryadlangan zarrachaga boʼlgan taʼsiri zarrachaning zaryadiga proportsional va uning tezligiga bogʼliq boʼlmagan kuch bilan xarakterlanadigan elektromagnit maydonining ikki holatlaridan biriga aytiladi. Elektr maydoni fazoda uzluksiz taqsimlanganligi sababli, fazoning har bir nuqtasida va vaqtning har bir onida zaryadlan-gan sinov jism maʼlum qiymatga ega va maʼlum yoʼnalishda boʼlgan mexanik kuch taʼsirida boʼladi.
Magnit maydoni
Elektr toki (I), o'tkazgichdan o'tib, o'tkazgich atrofida magnit maydon (B) hosil qiladi.

Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin