Elektr qurilmalarning tok va kuchlanish
tizimlari «Tortuvchi nimstansiyalar» fanni o‘rganish hamda tegishli adabiyotlar va internet materiallardan samarali foydalanish uchun quyidagi asosiy tushunchalarni bilish kerak.
Ishlash rejimining umumiyligi hamda elektr va issiqlik energiyasini ishldb chiqarish va taqsimlashning uzluksizligi bilan bir butun bo‘lib bog‘langan elektr stansiyalar, nimstansiyalar, xavo elektr uzatuvchi yo‘llar va issiqlik tarmoqlari to‘plami energetika tizimini tashkil etadi.
Energetika tizimining elektr kismi - elektr tizimi deb atalib, unta: elektr stansiyalar, ya’ni ularning sinxron generatorlari, taqsimlovchi elektr uskunalari, kuchlanish ko‘taruvchi kuch transformatorlari; xavo elektr uzatuvchi yo‘llar; elektr nimstansiyalar; elektr tarmoqlari va iste’molchilari kiradi.
Elektr tarmogi elektr tizimining bir qismi bo‘lib, elektr energiyani uzatish va taqsimlash vazifasini baja- ruvchi nimstansiyalar va xavo elektr uzatu vchi yo‘llardan tashkil topadi. Elektr tarmok ma’lum bir xududda nimstansiyalar, elektr uzatuvchilar va elektr taqsim- lagichlarni hamda ularni boshqarish va himoyalash apparat- larini o‘zida mujassamlashtirgan elektr qurilmalar to‘plamidir. U taqsimlagich nimstansiyalar va birlashti- ruvchi havo va kabel elektr uzatuvchi yo‘llaridan tashkil topadi.
http://fayllar.org