Elektr nimstansiya elektr kurilmalar to‘plami bo‘lib, unda elektr energiyaning kuchlanishi, tokining turi o‘zgarmas yo o‘zgaruvchan, chastotasi bo‘yicha o‘zgartirilib, iste’molchilar fiderlarlariga bo‘lib taqsimlanadi
Elektr nimstansiya elektr kurilmalar to‘plami bo‘lib, unda elektr energiyaning kuchlanishi, tokining turi o‘zgarmas yo o‘zgaruvchan, chastotasi bo‘yicha o‘zgartirilib, iste’molchilar fiderlarlariga bo‘lib taqsimlanadi
Kirish. Tortuvchi nimstansiyalarining ta’minlovchi sxemalari, asosiy anjomlari
Elektr qurilma - bu shunday qurilmaki, unda elektr energiya ishlab chiqarilidi, yoki elektr energiyani bir turdan - o‘zgaruvchan tokdan ikkinchi turga - o‘zgarmas tokka yoki teskariga aylantiriladi, kuchlanishi yo chastotasini o‘zgartiriladi, yoki elektr energiya taksimlanadi yoki iste’mol qilinadi. Elektr kurilmaning ishlash tartibi va vazifasini uning elektr sxemasi belgilaydi.
Taqsimlovchi qurilmalar RU (raspredelitelnыe ustroystva) elektr kurilmalar safiga kirib, nominal kuchlanishli elektr energiyani qabul qilish va taqsimLash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibiga kommutatsiya apparatlari, yordamchi kurilmalar hamda shinali tok o‘tkazgichlari kiradi. Taqsimlovchi kurilmalar atmosfera havosida ishlovchi ochiq qurilma ORU (otkrыtoe raspredelitelnoe ustroystvo) va qisilgan havo yoki elegaz to‘ldirilgan metall qobiqda ishlovchi yopiq qurilma ZRU (zakrыtoe raspredelitelnoe ustroystvo) turida baja- riladi. YOpuq kurilma topщi havo kira olmaydigan germetik zich qilib berkitilgan holda bajarilgan bo‘lsa, u GRU (germeticheskoe raspredelitelnoe ustroystvo) deb ataladi.
Elektr nimstansiya elektr kurilmalar to‘plami bo‘lib, unda elektr energiyaning kuchlanishi, tokining turi - o‘zgarmas yo o‘zgaruvchan, chastotasi bo‘yicha o‘zgartirilib, iste’molchilar fiderlarlariga bo‘lib taqsimlanadi. Nimstansiya tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: elektr energiyaning kuchlanishini o‘zgartirish uchun uchun xizmat qiladigan kuch transformatorlari; elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi o‘zgartgich kurilmalar PU (preobrozovatelnыe ustroystva); elektr energiyani taqsimlash qurilmalari RU; boshqarish qurilmalari; himoya apparatlari ZU (zaщitnыe ustroystva) va o‘lchash asboblari IU (izmeritelnыe ustroystva) hamda yordamchi inshootlardan. Nimstansiyalarning tashqi elektr ta’mi- noti kuchlanishi 500 kV, 220 kV, 110 kV, 35 kV havo elektr uzatuvchi yo‘llar orqali amalga oshiriladi. Elektr transporti tizimida nimstansiyalar, xizmat burchiga qarab, tortish va pasaytirish yoki birlashgan tortish- pasaytirish guruhlariga ajratiladi. Ular er osti yoki er ustida joylanishi mumkin.
Tortuvchi nimstansiya TP (tyagovaya podstansiya) bu elektr energiyaning iste’molchi nimstansiyasi bo‘lib, u elektrlashgan temir yo‘l transporti va metropoliten, trolleybus, tramvaylarning kontakt tarmog‘ini yuqori sifatli elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlab turishga mo‘ljallangan. Tortuvchi nimstansiyalardan notortuvchi boshqa istmolchilar ham elektr energiya bilan ta’min- lanadilar. Tortuvchi nimstansiya kontakt tarmog‘i orqali transport vositalarining elektr tortish tizimlarini elektr energiya bilan ta’minlashni amalga oshiruvchi nimstansiyadir.
Tortuvchi nimstansiyalar quyidagi sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi va bo‘linadi:
- tashqi energiya ta’minoti tizimiga ulanishi bilan: tayanch (opornыe TP), oraliq - tranzit (promejutochnыe ili tranzitnыe TP), shahobcha yoki ulama (otvetvlennыe ili otpaechnыe TP) va chekka yoki boshi berk (kotsevыe ili tupikovыe TP) tortuvchi nimstansiyalarga;
elektr tortishga xizmat ko‘rsatuvchi amaldagi elektr energiya tizimlari bilan: 1) 27,5 kV yuqori kuchlanishli 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok tizimi; 2) 2x27,5 kV yuqori kuchlanishli 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok tizimi; 3) 3,3 kV yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tok tizimi; 4) o‘zgaruvchan tok va o‘zgarmas tok to‘qnashuvchi oraliq tizimiga ega tortuvchi nimstansiyalarga; 5) kich raytirilgan chastotali o‘zgaruchan tokli tortuvchi nim- stansiyalarga;
- tok o‘zgartirgich (preobrazovatel) turlari bilan: o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi to‘g‘ri- lagichli (vыpryamitelnыe TP) va to‘g‘rilagich ham inven- torli (vыpryamitelno - inventornыe TP) tortuvchi nim- standiyalarga;
- trasformatsiyalash usuli bilan: bir pog‘onalik va ikki pogonalik tortuvchi nimstansiyalarga;
- tortuvchi nimstansiyalarga kirib keluvchi tarmoq kuchlanishi bilan: (6)10 kV, 35 kV 110 kV, 220 kV nimstansiyalarga;
- boshkarish sxemasi bilan: masofadan teleboshqari- luvli va mikroprotsessor boshqaruvli nimstansiya; tele- boshqaruvsiz, ya’ni ko‘lda boshqariluvi (s ruchnыm upravleniem), nimstansiyaga;
- xizmat ko‘rsatish usuli bilan: navbatchi xizmatchisi yo‘q nimstansiyaga; navbatchilikni uyda bajaradigan xiz- matchili nimstansiya; muayyyan navbatchi xizmatchili nimstansiyaga;
- harakat turi bilan: turgun nimstansiya va harakat- lanuvchi nimstansiyaga.
Tortuvchi nimstansiyalarga 35 kV kuchlanish kirib kelsa, o‘zgartgichga qarab 1,52÷3,79 kV kuchlanish beradigan bir pogonali transformator o‘rnatiladi. Agar uning shina- larga 110 kV kuchlanish kirib kelsa, uni maxsus transformator yordamida avvalo 10 kV yoki 35 kVga pasaytirib beriladi.
Tayanch tortuvchi nimstansiya (opornaya TP) elektr energiyani tashqi elektr taqsimoti tarmogidan soni ikki va undan ortiq bo‘lgan 35 kV, 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatuvchi yo‘llardan oladi hamda tranzit, shahabcha va tupiksimon tortuvchi nimstan- siyalarning elektr ta’minoti tarmog‘ini elektr energiya bilan ta’minlaydi.
Tranzit - oraliq tortuvchi nimstansiya (promejutochnaya TP) tayanch nimstansiyalar elektr ta’minotining ikki tarmogidan elektr energiyani olib, kontakt tarmogining tayanch stansiyalari oraligini energiya bilan ta’minlaydi.
SHoxobcha tortuvchi nimstansiya (otvetvlennaya TP) yopiq shoxobchalangan bo‘lib, tayanch nimstansiyalar elektr ta’minotining ikki tarmogidan elektr energiyani olib, kontakt tarmogining tranzit tortuvchi nimstansiyalari oraligini energiya bilan ta’minlaydi.
Tupiksimon - boshi berk tortuvchi nimstansiya (tupikovaya TP) boshqa tortuvchi nimstansiyalar elektr ta’minotining ikki tarmogidan elektr energiyani olib, kontakt tarmogining mazkur nimstansiyasiyagacha bo‘lgan oraligini energiya bilan ta’minlaydi.
Pasaytirgich nimstansiya SSB (signalizatsiya, sentralizatsiya i blakirovka) tizimi kurilmalarining elektr ta’minotiga va notortuvchi elektr iste’molchilarga mo‘l- jallangandir. Temir yo‘l bo‘ylab qaerga joylashganiga qarab bekat xo‘jaliklari, tonnel, depo xojatlarini qon- dirish uchun 10 kV li yuqori kuchlanishni 400 V va 230/133 V kuchlanishga aylantirib beradi. Bunday kuchlanish yori- tish yuklamalarida ham ishlatiladi.
Ba’zi hollarda tortuvchi nimstansiya boshka elektr ta’minoti qurilmalari bilan birlashtirib uygunlash- tiriladi: jumladan, rayon nimstansiyasi bilan, yoki kontakt tarmogi distansiyasi bilan, yo ularning navbat- chilik punktlari bilan. Bunday nimstansiya birlashgan tortuvchi nimstansiya deb ham yuritiladi. Elektr energiyadan keng foydalanishining asosiy saba- bi uning boshqa energiyalarga nisbatan quyidagi afzalik- laridir:
- elektr energiya ishlab chiqarish uchun ko‘pchilik tabiiy energiya manbalaridan, birinchi navbatda, yoqilg‘i, suv va atom energiya manbalaridan foydalanish imkoni;
- elektr energiyani uncha ko‘p mablag‘ sarflamasdan uzoq masofaga sifatli uzatish imkoni;
- elektr energiyani joylashishi va quvvati turlicha bo‘l- gan iste’omolchilar orasida bemalol taqsimlash imkoni;
- elektr energiyani boshka xil energiyaga: issikdik, mexanik, yoruglik, yuqori chastota, magnit impulsi, gidroimpuls, kimyoviy va boshqa energiyaga aylantirishning osonligi va yuqori samaradorligi.
Elektr energiya elektr stansiyalarda sinxron genera- torlar yordamida ishlab chiqariladi. Elektr stansiya- larining asosiy vazifasi mexanik, issiqlik, atom, suv oqimi, yorug‘lik, shamol va boshqa energiyalarni elektr energiyaga aylantirib beriщsir. Elektr stansiyalarning ko‘pchiligi faqat elektr energiyani ishlab chiqarsa, ba’zilarida elektr energiya hamda issiqlik energiyani ishlab chiqaradi. Elektr stansiyalarida qo‘llanilgan generatorlarining turiga karab 6÷20 kV yuqori kuchlanishli elektr energiya ishlab chihariladi. Bu kuchlanish kuch transformatorlari yordamida 35÷750 kV yuqori kuchlanishga aylantiriladi hamda havo elektr uzatuvchi yo‘llar orqali iste’molchilarga etkazib beriladi.
Elektr energiya iste’mol qilinayotganida, u ko‘pincha boshqa turdagi energiyalarga qayta o‘giriladi: elektr dvigatelda u mexanik energiyaga; cho‘g‘lanma lampalarda dastlab, issikdik energiyaga, so‘ngra esa yoruglik energiyaga; temir yo‘lda - poezdning kinetik energiyasiga aylanadi. Energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishida albatta ma’lum miqsorda isrof bo‘ladi. Isroflar miqdori shu energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi quril- malarning mukammaligiga bog‘liqdir. Elektr energiyaning isrofi elektr stansiyadan iste’mol kilish joyiga uzatish jarayonida ham sodir bo‘ladi.
Natijada, elektr energiyaning kichik qismi turli mashina, mexanizm va qurilmalarda bo‘ladigan energiya isrofiga, katta qismi esa foydali ish bajarishga sarf kilinadi. Energiya isrofi qancha kam bo‘lsa, elektr qurilmalarning (ayrim generatorlar, tortuvchi va notortuvchi elektr dviga- tellari, havo va kabel elektr yo‘llari va boshqalarning) foydali ish koeffitsienta FIKi shuncha yuqori bo‘ladi. Qurilmaning FIKi qancha yuqori bo‘lsa, u shuncha tejamkor hisobladi.
Havo elektr uzatuvchi yo‘llar tok o‘tkazuchi ko‘p tomirli alyuminiy - po‘lat simlardan; osma izolyatorlar va izolyator girlyandalari yoki tayanch izolyatorlaridan; yog‘och, beton yoki metall konstruksiyali tayanch ustunlardan; izolyatorlarni tutib turuvchi konstruksiyalardan; yashindan himolagich troslardan tashkil topgan bo‘ladi. Havo elektr uzatuvchi yo‘llar bir yoki ikki zanjirli bo‘lib, tuman, aholi punktlari, iste’molchi hududlarida joylashadi.
Elektr sxemalar blok sxema, prinsipial sxema va montaj sxemalarga bo‘linadi, hamda birlamchi va ikkilamchi ulamalar orqali ifodalaydi.
Komplekt transformator nimstansiyasi KTP ichki yoki tashqi qurilmalar turida bajarib, uch fazali sanoat chastotali o‘zgaruvchan tokni qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat kil ad i. KTP shaklan ichiga kommutatsiya apparatlari, himoya, avtomatika va telemexanika hamda o‘lchov asboblari va qo‘shimcha qurilmalar joylashtarilgan shkaf dan tuzilgan.
Komplekt taqsimlovchi qurilmalar 10 kV yoki 6 kV kuchlanishli KRU (kompleks raspredelitelnыx ustroystv) iboratdir.
Ikkilamchi kuchlanishi 400 V gacha bo‘lgan sanoat va shahar tarmoqlaridagi transformatorli kichik taqsimlash nimstansiyalari transformator punktlari deyiladi.
Elektr energiya iste’molchisining turli quvvatga talabi va har xil uzoqlikda joylashganligi sababli elektr energiyaning ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash uchun turli kuchlanishlardan foydalanishni taqozo etadi. Iste’- molchining quvvati qancha katta bo‘lsa, unga elektr ener- giyasini shuncha yuqori kuchlanishda uzatish samaralirokdir.
Elektr energiya odatda biron kuchlanishda ishlab chiqa- rilib, so‘ngra bir necha marta yuqoriroq kuchlanishli energiyaga o‘zgartiriladi, hamda elektr tarmog‘i orqali iste’molchiga etkazib beriladi. Amalda uch fazali 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Har qanday elektr kurilmaning asosiy ko‘rsatgichi uning nominal kuchlanishi bo‘lib, shu kuchlanishda uning rejadagidek yaxshi ishlashi ta’minlangan bo‘ladi.
Nominal kuchlanish - bu standart bo‘yicha andozalangan kuchlanishlar qiymatining 1-jadvalda keltirilgan qato- ridan olinadi va bazaviy kuchlanishni tashkil qiladi.
Nominal kuchlanish tarmoq va elektr jihozlar izolya- siyalari darajasini aniqlaydi. Tizimning har xil nuqta- laridagi kuchlanish nominal qiymatidan biroz farq- lanishi mumkin. Elektrlashgan temir yo‘llarning turg‘un holatda ishlaydigan kuch elektr qurilmalari va tortish tarmog‘i uchun qabul qilingan standartlangan nominal kuchlanish yuqoridagi jadvalda keltirilgan.
Xo‘jaliklarda eng ko‘p qo‘llanadigan 3 fazali kuchla- nishning qiymati 380/220 V ga teng. Bunga sabab 380/220 V
kuchlanishda kuch qurilmalari bilan birga yoritish vosita- larini ham bir vaktda ta’minlash mumkinligidadir.
Agar qurilmaning kuchlanipsh 1 kV dan ortiq bo‘lishi kerak bo‘lsa, elektr qurilmaning quvvati va elektr ta’mi- noti sxemasini hisobga olgan holda kuchlanish tanlanadi. 6 kV va 10 kV li kuchlanishlDr, aksariyat, kichik, ya’ni 1ch-5 MVt, quvvatli korxonalarda va elektr ta’minoti tizi- midagi ichki taqsimlagichlarda qo‘llaniladi. Zamonoviy qurilmalarda kuchlanish 6 kV o‘rniga 10 kV qo‘llanishi tavsiya etil ad i.
3 kV yuqori kuchlanishli tarmoqlar asosan elektr stan- siyalarining xususiy hojatlari uchuy qo‘llaniladi. 15 kV; 20 kV; 24 kV kuchlanishli elektr energiyalar katta elektr stansiyalarda ishlab chiqariladi. Bosh taqsimlagich nim- stansiyalari bilan tortuvchi nimstansiyalar orasida 35 kV, 110kV, 220kV kuchlanishli havo elektr uzatuvchi yo‘llar qo‘llaniladi.
Uzbekistondagi elektrlashtirilgan magistral temir yo‘lning elektr tortish tizimida fakat 25(27,5) kV o‘zga- ruvchan tokli tortish tarmog‘i mavjud. 1,5(1,6) kV va 3(3,3) kV kuchlanishli o‘zgarmas tokli tortish tarmog‘i faqat korxona temir yo‘lining elektr tortish tizimida: Murun- tog‘ oltin konida va Angren ochiq kumir konida qo‘llanadi.
Temir yo‘l transporti elektr ta’minoti distansiyalari hamda ishlab chiqarish korxonalar elektr ta’minoti kuyi- dagi funksional qismlardan iborat:
- energetika tizimidan ta’minlanuvchi qurilmalar - bosh pasaytirgich nimstansiya GPP (glavnaya ponijayuщaya podstansiya); elektr energiya, korxona kudrati va quvvatiga qarab 10 kV dan 220 kV gacha kuchlanishda energiya qabul qiladi va u ni o‘ziga qulay bo‘lgan kuchlanish 10 kV, ba’zan 6 kV, tortish tizimida 27,5 kV kuchlanishga transformatsiya qiladi (ya’ni o‘giradi. Agar energiya bitta kuchlanishning o‘zida kabul qilinib, taqsimlanadigan bo‘lsa, unda GPP o‘rniga bosh taksimlagich puykt quriladi. U biron nim- stansiyasidan elektr energiya olishi mumkin);
- yuqori kuchlanishli YUK taqsimlovchi tarmoq; bunday tarmoqning nominal kuchlanish (6)10 kV, 27,5 kV bo‘ladi, gohida boshha qiymatdagi nominal kuchlanish qo‘llashi ham uchrab turadi, bu tarmoq tarkibiga YUK ning taqsimlovchi qurilmasilari kirishi mumkin;
- taqsimlovchi tarmoqqa ulanuvchi sex transformator- lari va o‘zgartgich nimstansiyalari;
- taqsimlovchi tarmoqqa ulanuvchi mahalliy faol-aktiv va nofaol-reaktiv quvvat manbalari: turg‘un va harakatchang elektr stansiyalar; zaxiraviy, pikaviy va boshqa generator qurilmalari; yuqori kuchlanishlili kondensator batareya- lari va boshqalar;
- kuchlanishi 380 V bo‘lgan past kuchlanish PK tarmog‘i. Unga baquvvat (silovыe) iste’molchilar, avtomatika, maso- fadan bonщaruv va SSB (Signalizsiya, sentralizatsiya, blakirovka) qurilmalari ulanadilar;
sex tarmogiga ulanuvchi mahalliy aktiv va reaktiv energiya manbalari: zaxira generator qurilmalari, akkumulyator batareyalari va boshqalar.
Elektr ta’minoti va energiya tizimi oralarida xizmat ko‘rsatish chegarasi mavjud bo‘lib, ta’minlovchi elektr yo‘lining bosh pasaytirgich nimstansiyasi yoki korxonaning asosiy taqsimlagich qurilma ulangan joyi chegara bo‘ladi. U tulaligicha korxona bilan energiya tizim orasida «Elektr energiyadan foydalanish koidalari»ga asosan tuzilgan shartnomada qayd etilishi shart bo‘ladi.
Nimstansiyalarida yopiq, ya’ni tashqi muhitdan ajra- tilgan va ochiq, yani atmosfera havosida ishlaydigan, elektr kurilmalari ko‘llanadi: bularga birinchi navbatda transformatorlar va taqsimlash kurilmalari kiradi. Variant tanlovi texnik-iktisodiy hisoblar orqali har bir variantning yaxtpi tomonlari va kamchiliklarini xisobga olingan holda aniqlanadi.
YOpiq kurilmaning afzalligi sifatida uning arzonligi qayd etildi. Ichki muxitni xisobga olgan holdagi appa- ratlar qulay, ekspluatatsiyaga kam xarj talab qilishi, katta ishlash puxtaligi, o‘lchamlari kichikligi, kam joy talab qilishi, hajmining kichikligi va boshqalari ularga katta afzalliklar berdi.
Ochiq turdagi qurilmalar afzalligi: ularni kurish va yigishning osonligida; transport vositalarining kulay yakinlashish imkoniyatida; yongin xavfsizligi yuqoriligida; transfortmator va uskunaning boshqa elementlarida hosil bo‘luvchi issikliklarni haydash imkoniyati yaxshiligida; tashqi havo elektr uzatuvchi yo‘llarni olib kelishlikning kulayligidadir.
Hozirgi vaktda nimstansiyalarning ochik va yopik kiem- lari yukori darajada butlanganlik bilan ajralib turadi. Komplektlangan taqsimlovchi kurilmalar KRU (komplektnoe raspredelitelnoe ustroystvo), komplektlangan xajm- li kurilish bloklari, komplektlangan yordamchi kurilmalar va ularni ta’minlovchi manbalar, keng qo‘llanishga egayaar. Komplektlangan bo‘laklardan tashkil topgan quril- ma komplektlangan transformator nimstansiyasi deb ham yuritiladi.
Taqsimlovchi kurilmalar na fakat nimstansiya bo‘la- gigina bo‘lmay, ular mustaqil ravishda tarmoq tuguni xam hisoblanadilar. Bu xolda ularni taksimlovchi punkt RP (raspredelitelnыy punkt) deb ataladi. Agarda korxona xo‘jaligi taksimlagichdan chikkan kuchlanish bilan ta’min- lansa, bosh pasaytiruvchi nimstansiya GPP o‘rniga tizim- ning markaziy tuguni asosiy taksimlovchi punkt bo‘lib qoladi.
Taksimlovchi punktlarga va kam o‘lchamli butlangan tar- moq taksimlagich tugunlariga taksimlovchi shiglar, ulagich va saqlagichli metall yashchiklar va boshqalar kiradi. Aktiv kuvvatlarga ehtiyoj markazlangan elektr manba- lari tomonidan qoplansa, elektr energiya isroflarini tar- moqlarda kamaytirish uchun reaktiv ku vvatlarga ehtiyoj esa maxalliy manbalar tomonidan koplanadi.
Ratsional quvvatni tanlash va manbalarni, asosan kondensator batareyalarini, har xil erlarda joylashtirish temir yo‘l elektr ta’minotini bajarishda katta texnik- iqtisodiy axamiyat kasb etadi.
Temir yo‘l elektr taminoti kurilmalarini kommutatsiya, rezonans va yashin o‘ta kuchlanishlari ta’siridan asrash uchun yashin qaytargich tizimlari, kuch reaktorlari hamda turli razryadniklar qo‘llaniladi.