Laboratoriya ishlarini bajarishbo‘yicha xavfsizlik qoidalari
«Elektr tarmoqlari va tizimlari» laboratoriyalaridagi laboratoriya dastgohlari harakatdagi
elektr qurilmalari bo‘lib undagi ayrim elementlar kuchlanish ostida bo‘ladi. SHuning uchun ma’lum
bir sharoitlarda, o‘rnatilgan qoidalarni buzish natijasida, laboratoriya dastgohlari insonni elektr toki
urishi mumkin bo‘lgan yoki turli ko‘rinishdagi jarohatlanishi mumkin bo‘lgan manbaga aylanadi.
Talabalarni yaqinlashtirishi, kirishi mumkin bo‘lgan asboblar mashinalar
va ishga tushirish
apparatlari tarkibiga kirgan laboratoriya jihozlarini montaj qilganda vaziyat yana ham jiddiylashib
laboratoriya ishlarini bajarishda yana ham xavf kuchayadi.
Inson badani elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligi sababli kuchlanish ostida bo‘lgan
ikkita, elektrdan izolyasiya qilinmagan elementga tegib ketish natijasida (shunday elementlardan
biri elektr mashinasining yoki transformatorning ustki qobig‘i bo‘lishi mumkin) inson badanidan
elektr toki o‘tadi. Tokning xavfli qiymatlarida bu narsa yoki kuchli qo‘yishga (elektr jarohat), yoki
inson organizmidagi (jismidagi) asab, yurak va nafas olish yo‘llarini lat eyishiga olib keladi (elektr
zarbasi). Elektr toki bilan shikastlanish oqibati yomon bo‘lib, ba’zan o‘lim bilan yakunlanishi ham
mumkin.
Talabalarni elektr mashinalari bilan ishlashining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi natijasida faqatgina elektr
toki bilangina shikastlanib
qolmay, balki, elektr mashinalarining tormozlash (to‘xtatish) qurilmalarining aylanuvchan qismlari
tomonidan mexanik zarbalarga ham uchrashlari mumkin. SHu narsani esda tutish kerakki,
kuchlanish ostida laboratoriya jihozlarini ko‘p elementlari tegib ketishi mumkin bo‘lgan masofada
joylashgan: aylanuvchi qismlar esa himoya qurilmalariga ega bo‘lishiga qaramay kiyim - kechakni
«ilib» tortib ketishi yoki qattiq tegib ketishi mumkin. SHuning uchun talabalar laboratoriyada o‘ta
ehtiyotkor bo‘lib, quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari darkor:
1) laboratoriyalarda bo‘lish paytlarida talabalar o‘ta ehtiyotkor, intizomli va hushyor
bo‘lishlari kerak; o‘qituvchi va laborantlarning barcha ko‘rsatmalarini og‘ishmay bajarishlari kerak;
faqat tekshirilayotgan laboratoriya dastgohi oldida bo‘lishlari kerak;
2) boshqa
qurilmalar va jihozlarga, taqsimlovchi punktlarga, pultlarga yaqinlashish va
ularni, o‘chirib-yoqish ishlarini o‘zboshimchalik bilan qilish qat’iy taqiqlanadi;
kuchlanish ostida
bo‘lgan sxemani uning izolyasiya qilinmagan tok o‘tkazuvchi qismiga kimdir tegib turgan bo‘lsa
ulash, sxema ulanishini almashtirish, elektr mashinalari ishlab turganda uni aylanuvchi qismlariga
tegish yoki ustiga yaqin masofada egilish, laboratoriya qurilmasini yoki
uning kuchlanish ostida
bo‘lgan ayrim asboblarini kuzatuvchisiz qoldirish mutlaqo mumkin emasdir;
3) Siljigichlar yoki ishga tushirish apparaturalarining dastagi jildirilganda albatta qo‘l
izolyasiya qilingan dastagiga tegib turganligiga ishonch hosil qilish kerak;
4) Talabalarning kiyimida bo‘yin va bosh ro‘mollarining, galstuklarning;
boshqa
narsalarning uchlari osilib turmasligi, sochning turmaklangani va bosh kiyimi sochning osilib
turmasligini ta’minlash joiz;
5) agar sxemada kondensator bo‘lsa, uni o‘chirilgandan so‘ng chiqish simlarini qisqa
tutashtirib, zaryadsizlantirib qo‘yish zarur;
6) laboratoriya qurilmasi bilan ishlaganda talabalar xar bir laboratoriya
qurilmasi yonida
bo‘lgan rezina gilamcha ustida turishi kerak;
7) qurilmaga taaluqli bo‘lgan xar bir nosozlik yoki texnika xavfsizligi qoidalarini buzilishi
to‘g‘risida xar bir talaba tezda o‘qituvchiga xabar berish kerak;
8) agar baxtsiz xodisa yuz bergan bo‘lsa, laboratoriya qurilmasini tezda o‘chirib,
jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatish va talabani xabardor qilish kerak.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulot maxsus jurnalda xar bir talabaning
imzosi bilan qayd etilishi lozim.