2.2) Elektr tarmoqning normal holati EHMda hisoblanadi va hisoblash natijalari 8.1 va 8.2 –
jadvallarga kiritiladi. Umumiy isrof yozib olinadi.
8.3- jadval
Umumiy isrof:
S= . . . MVA.
3) Elektr tarmoqning iqtisodiy holati konturni ochish orqali ta’minlanadi. Buning uchun
3.1) Tarmoqning holati shoxobchalarning faqat aktiv qarshiliklarini e’tiborga olib (
x=0),
hisoblanadi va natijalar 5.3 va 5.4 kabi jadvallarga kiritiladi.
3.2) 3.1-punktda aniqlangan quvvat oqimlari bo’yicha oqimining bo’linish nuqtasi aniqlanib,
unda kontur ochiladi. Paydo bo’lgan
yangi tugunlar nomerlanib, ularga mos quvvat oqimlari
yuklama sifatida qo’yiladi.
3.3) Paydo bo’lgan ochiq tarmoqning normal holati shoxobchalarning to’la qarshiliklarini
e’tiborga olib hisoblanadi. Hisoblash natijalari 8.3 va 8.4 kabi jadvallarga kiritiladi.
Umumiy
isrof yozib olinadi.
Umumiy aktiv quvvat isrofi uning tarmoqni dastlabki normal holatini hisoblashda hosil bo’lgan
qiymatlari bilan solishtiriladi. Natijalar tahlil qilinadi
4) Elektr tarmoqning iqtisodiy holati liniya rostlagichi yordamida bo’ylama-ko’ndalang rostlash
orqali ta’minlanadi. Bunda hisobni takrorlamaslik maqsadida 3-punktda
olingan natijalardan
foydalanish tavsiya etiladi.
4.1) 3.3-punktni bajarish natijasida aniqlangan konturni ochishda paydo bo’lgan tugunlar
kuchlanishlarining nisbati sifatida liniya rostlagichning transformasiyalash
koeffisienti
aniqlanadi.
4.2) Konturning ochilgan joyiga aniqlangan transformasiyalash koeffisientiga ega bo’lgan liniya
rostlagich o’rnatilib, kontur yopiladi va paydo bo’lgan tarmoqning holati hisoblanadi. Hisoblash
natijalari 8.3 va 8.4 kabi jadvallarga kiritiladi. Umumiy isrof yozib olinadi.
Umumiy aktiv quvvat isrofi uning tarmoqni dastlabki normal holatida va iqtisodiy holatni
konturni ochish orqali ta’minlash natijasida hosil bo’lgan qiymatlari bilan solishtiriladi. Natijalar
tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: