«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org
5.2. Po‘lat o‘zakli induksion pechlar Po‘lat o‘zakli (kanalsimon) induksion pechlari tuzilishiga ko‘ra ikki chulg‘amli kuch tranformatorini eslatib, ko‘p qatlamli po‘lat o‘zakka o‘ralgan birlamchi chulg‘am (induktor) va shu o‘zakka o‘rnatilgan ikkilamchi chulg‘am vazifasini bajaruvchi kanal ko‘rinishdagi moslama ichiga metall to‘ldirilgan va qisqa tutashgan «g‘altak» dan iborat. Ikkilamchi chulg‘am (kanaldagi metall) da pech iste’mol qilayotgan energiyaning 90 - 95 foizi o‘zlashtiriladi. 3 - rasmda induksion kanal pechlarining prinsipial sxemasi tasvirlangan. Tarqalish oqimi - Fs ning miqdorini kamaytirish maqsadida birlamchi W1va ikkilamchi W2 (g‘altak) chulg‘amlarning ikkalasi ham asosiy magnit oqimi F1 oqib o‘tayotgan magnit o‘tkazgichi M (po‘lat o‘zak) ning bitta sterjeniga o‘rnatilgan.
3-rasm 3 - rasmda induksion kanal pechlarining prinsipial sxemasi tasvirlangan.
Induktor elektr manbasiga ulangach, magnit o‘tkazgichdan magnit yurituvchi kuchga to‘g‘ri va o‘zakning magnit qarshiligi Rm ga teskari proporsional bo‘lgan o‘zgaruvchan F1 magnit oqimi hosil bo‘lib, elektromagnit induksiyasi qonuniga binoan ikkilamchi chulg‘am W2 dan o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuch ni hosil qiladi:
(1)
Ushbu EYUK ning amaldagi qiymati :
[V] (2)
bu erda
F1 - o‘zgaruvchan magnit oqimi;
W2 - ikkilamchi chulg‘amdagi o‘ramlar soni ( W2 q 1);
- tok chastotasi ;
Metall to‘ldirilgan kanal o‘zidan o‘ramlar soni birga teng bo‘lgan g‘altakni ifoda etishi munosabati bilan e.yu.k. e2 ta’sirida kanaldagi metallda tok hosil bo‘ladi. Djoul - Lens qonuniga ko‘ra ushbu tok ta’sirida ajralib chiqqan issiqlik energiyasi miqdori:
[kal] (3)
bu erda :
I2 - kanaldagi metalldan oqayotgan tok. [A];
R2 - kanaldagi metall qarshiligi [Om];
- tokning oqib o‘tish vaqti [sek].
IKP lar kuch transformatorlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi :
1. Bir vaqtning o‘zida, ikkilamchi chulg‘am, o‘zidan elektr tokiga yuklamani ifodalab, uning balandligi birlamchi chulg‘am balandligiga nisbatan kichik bo‘ladi:
2. Induksion kanal pechlarning ikkilamchi chulg‘ami o‘ramlarining soni 1ga teng;
3. Pech futerovka qilinganligi munosabati bilan tarqalish oqimi katta qiymatga ega, shu munosabat bilan induksion kanal pechlarning quvvat koeffitsienti kichik qiymatga ega.
Tarqalish oqimi Fs asosiy magnit oqimi F1 ning 25 - 30 foizini tashkil qiladi. SHuning uchun (- transformatsiyalash koeffitsienti; ; induksion kanal pechlar uchun q 1).